Ishni bajarish tartibi.
Trilon B ning taxminan 0,05 N eritmasidan 500 ml tayyorlash.Trilon B (C10H14O8N2Na2-2H2O) ning ekvivalenti:
asosida 500 ml 0,05 N eritma tayyorlash uchun kerak bo’ladigan m(Na2[H2Tr]) =186,1- 0,05-0,5=4,6525 g trilon B o’lchab olinadi. Tortim 500 ml xajmli o’lchov kolbasiga solinadi va kolba distillangan suv bilan belgisiga yetguncha to’ldirilib eritiladi. Trilon B ning anik konsentratsiyali eritmasini aniq tortim buyicha tayyorlash qiyin, shuning uchun amalda taxminiy konsentratsiyali eritmasi tayyorlanadi, so’ngra uning titri magniy sulfat yoki kalsiy nitratning standart eritmasi yordamida aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |