pH метр KSL-1100-1
Asbobdan foydalanish maqsadi. Asbob yordamida berilgan kimyoviy birikma yoki moddaning bir necha tomonlama ko‘rsatilgan ma’lumotlarini aniqlash mumkin. Buning uchun moddaning tarkibi, xossasi va qaysi moddalar guruhiga kirishini aniq bilish zarur. Buning natijasida tegishli moddaning muhiti aniqlanadi (ishqoriy, neytral yoki kislotali). Tajribani aniq bajarish uchun berilgan shartlarni to‘liq bajarish zarur.
Elektr mufel pechkasi KSL-1075-1
Ishning borish tartibi Kristallizatsiya suvini aniqlash. Pechka eshigini oching. Pechka ichiga aniq o‘lchab olingan chinni kosachani joylashtiring. Pechka eshigini berkitib elektr tarmog‘iga ulang. Regulyator yordamida kerakli temperaturani belgilang. Ma’lum vaqt o‘tgach chinni kosacha ko‘lqop hamda uzunroq tutqichdan foydalanib eksikatorga olib joylanadi. Sovugandan so‘ng analitik tarozida 0,001 gramm aniqlikda tortiladi. Va bu ish chinni kosachani massasi o‘zgarmay qolguncha davom ettiriladi. So‘ngra tarozida 1 gramm mis kuporosi xuddi shu aniqlikda tortib olinadi. Mis kuporosini suvsizlantirish chinni kosachani quritish kabi massasi o‘zgarmay qolguncha bir necha bor davom ettiriladi. Regulyator yordamida kerakli temperatura belgilab nazorat qilinadi(0-10000С). Tajribadan olingan natijadan foydalanib mis kuporosini tarkibidagi suvni % miqdori yoki formulasini aniqlash mumkin.
1. Chinni kosacha massasi (a) [1,049 g].
2. Mis kuporosi massasi (v) [1,051 g].
3. Chinni kosacha va mis kuporosi massasi (a+v) [2,1 g].
4. Chinni kosacha va suvsiz mis kuporosi massasi(a+s) [1,723 g].
1). [(а+в) -(а+с)] 2,1 + 1,723 q 0,377 g suv.
0,377
2). С% q ---------------- 100 q 35,87 %
1,051
3). 1,051 g mis kuporosi –0,377 suv q0,677 g. CuSO4.
0,674 0,377
4). Х : У q ---------- : ----------- q 0,004 g : 0.0209 q 1 : 4.98 yoki 1: (CuSO45 H2O) 160 18
Moddaning namligini aniqlash: Analitik tarozquritilgan byuksga 5 g atrofida tekshirilayotgan modda tortib olinadi va quritgich shkafida 100-1050С da doimiy og‘irlikgacha quritiladi. Doimiy og‘irlik deb, ikki marta quritilib, ikki marta tortish orasidagi farq 0,1%dan kichik bo‘lgan og‘irlik qabul qilinadi. Birinchi marta tortish 2 soat quritilgandan keyin, keyingi tortishlar har bir soatdan keyin olib boriladi.
Moddaning namligi (%da) quyidagi formula bilan hisoblanadi:
(Р1-Р2) 100
Х q ------------------------ ;
Р
Bu yerda: Р1 - byuksning modda bilan quritguncha og‘irligi, g.
Р2 - byuksning modda bilan quritilgandan keyingi og‘irligi, g;
Р - namligini aniqlash uchun olingan modda og‘irligi, g.
Parallel o‘tkazilgan tajribalar orasidagi farq 0,20% dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |