Yuqori temperaturali quritgich pechkasi KSL-1157-1
Ishning borish tartibi 1) Tajriba namunasini kameraga joylashtiring.
2) Elektr tarmog‘iga ulang.
3) Termoregulyator yordamida kerakli temperaturani belgilang.
4) Elektr tarmog‘ini o‘chiring.
5) Namunani olishda maxsus qo‘lqoplardan foydalaning.
Ishning bajarish tartibi Misol tariqasida temir (III) oksidini olishni ko‘rib chiqamiz. Buning uchun temir (III) xloridga natriy gidroksid eritmasidan ko‘shing. Qizil –jigar rang iviq cho‘kma Fe(OH)3 hosil bo‘ladi. Cho‘kma ajratib olinadi va chinni tigelga solinadi. Tajriba namunalarini kameraga joylashtiring. Elektr tarmog‘iga ulang. Termoregulyator yordamida (0-10000С) temperaturani belgilang. Chinni tigel qo‘lqop va qisqich yordamida olib eksikatorda sovitiladi va analitik tarozida tortiladi. Bu ish chinni tigelni massasi o‘zgarmay qolguncha davom ettiriladi