Ishni bajarish tartibi:Temir (III) ionining sulfosalisil kislota bilan sariq rangli kompleks hosil qilishiga asoslangan bo’lib, eritma rangining quyuqligi suvdagi temirning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Aniqlash Dyuboks kolorimetri bilan bajariladi. Analiz o’tkazish uchun sulfosalisil kislotaning 10% li eritmasi va ammiakning 10% li eritmasi kerak buladi.
Standart eritma tayyorlash. 0,8636g ammoniy-temir(III) sulfatkristallogidrati NH4Fe(S04)2*12H20 1 litr distillangan suvda eritiladi. Bu eritmadan pipetka bilan 10 ml olib 100 ml hajmli o’lchov kolbasiga solinib, distillangan suv qo’shib eritma hajmi kolba belgisigacha yetkaziladi. Standart ishchi eritma analiz o’tkaziladigan kuni tayyorlanadi. 1 ml standart eritma 0,01 mg Fe(III) saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |