Suyultirish usuli ning mohiyati ham tekshiriluvchi va standart eritmalar rang intensivligini tenglashga asoslangan, faqat bunda ikkala etirmadan biri, - rangi kuchlirog‘ining rangi, ikkinchisiga tenglashguncha suyultiriladi.
Bu usulda yorug‘lik yutilishini asosiy qonuni bajarilishi shart emas.
Usulning aniqligi katta emas yuqoridagi kabi xatolik 5-10% ni tashkil etadi.
Fotokolorimetriya – tekshiriluvchi eritmadan, monoxromatik bo‘lmagan yorug‘lik oqimini fotokolorimetr va fotoelektrokolorimetrdagi fotoelement vositasida o‘lchashga asoslangan. Yorug‘lik manbai (odatda cho‘lg‘am lampasi)dan chiqqan yorug‘lik oqimi, muayyan oraliqdagi to‘lqin uzunliklarga ega bo‘lgan nurlarnigina o‘tkazuvchi nursuzgich (svetafiltr)dan o‘tgach tekshiriluvchi eritma quyilgan kyuvetadan o‘tadi va yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi fotoelementga tushadi. Tekshiriluvchi eritmada yorug‘likni so‘nishi qanchali kuchli (ya’ni optik zichligi qanchalik katta) bo‘lsa, fotoelementga tushgan yorug‘lik energiyasi shunchalik kam bo‘ladi.
Fotokolorimetrlar, har xil to‘lqin uzunliklardagi yorug‘likni maksimal o‘tkazuvchi turli nursuzgichlar bilan jixozlangan.
Yaqin UB va (ko‘proq) ko‘rinadigan soxa nurlarida ishlovchi turli tuzilishdagi fotoelektrokolorimetrlar ishlab chiqilgan.Nursuzgichlar odatda, turli tarkib va rangdagi shishalar bo‘lib, bir necha o‘n nm, taqriban 20dan 50 nm gacha oraliqdagi nurlarni o‘tkazadi.
Bir yoki ikkita fotoelementlik fotokolorimetrlar ko‘p tarqalgan. Bitta nur tizimida ishlatiladigan fotoelektrokolorimetrlarda bitta fotoelement bo‘ladi. Ikkita foto-elementlik fotoelektrokolorimetrlar ikkita yorug‘lik oqimi energiyalarini o‘lchaydi. Yorug‘lik oqimidan biri solishtirma eritmadan, ikkinchisi tekshiruvchi eritmadan o‘tadi.
Fotoelektrokolorimetrda optik zichlik yoki yorug‘lik o‘tkazuvchanlikni faqat bir necha nursuzgichlardagina o‘lchash imkoni borligi sababli ularda uzluksiz spektrni yozib bo‘lmaydi.
Tahlil etiluvchi eritma konsentratsiyasi – muayyan nursuzgich va qatlam qalinlikda yorug‘likni yutilish qonuniga muvofiq yoki darajalash chizmasi usulida amalga oshiriladi.
Keyingi usulda yorug‘lik yutilish qonunini qat’iyan bajarilishi shart emas.
Konsentratsiyani fotokolorimetrik aniqlash xatoligi ±3% dan oshmaydi.
Usulni sezgirligi nisbatan yuqori va optik zichlik, (o‘tkazuvchinlik) natijalarini takroriyligi va selektivligi yaxshi, qo‘llanadigan uskuna ham sodda. Ammo eritmadan o‘tayotgan yorug‘lik oqimini monoxromatik emasligi analitik o‘lchovlar aniqligi va takroriyligini pasaytiradi.
Fotokolorimetriya kimyoviy tahlil amaliyotida keng qo‘llanadi. Masalan, dietilstil-bestrel, levomitsetin, mentol, novokain, pilokarpingidraxlaridi, rutin, streptomitsin, etakridin laktat va qator dori preparatlar tahlili ana shu usulda bajariladi.
Spektorfotometriya – molekulyar absorbsion tahlil usullarining ichida mukammal-rog‘i bo‘lib – boshqa usullarga nisbatan ko‘proq qo‘llanadi. Bu usul yorug‘lik oqimini keng ~ 185 nm dan ~ 1100 nm oralig‘ida ya’ni: ultrabinafsha (UB), ko‘rinaligin (K) va yaqin infra-qizil soxa yorug‘lik oqimlarini qayd etuvchi, spektrofotometrda bajariladi. Yorug‘likni monoxromatlanish darajasi yuqori bo‘lib, ~0,2-5 nm ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |