17
zamonaviy kompyuterlarning multimedia va
Internet imkoniyatlaridan
foydalanish;
darslikda bilimlar nazorati tizimining ishlab turishi;
glossariy mavjudligi (avtonom qo‘shimcha ma’lumotlar) va ularga tayanish.
Glossariylar kurslar uchun alohida, bir necha kurs uchun alohida modullar uchun ishlab
chiqariladi;
darsliklarda tasviriy manbalar, elektron kutubxonalar va Internetdagi
manbalarning ko‘rsatilishi;
qulayligi- tizimga tez kirish;
o‘qituvchi bilan samarali aloqada bo‘lish (elektron pochta, ...) aniq vaqt
birligida Internet orqali gapira olish;
Ta’lim axborotlari ta’lim texnologiyalari orqali uzatiladi.
Ta’lim texnologiyasi
– bu ta’lim axborotlarini manbadan iste’molchiga uzatishda
qo‘llaniladigan didaktik uslublar majmuasidir. Masofaviy o‘qitish
tizimida tasviriy
fikrlashni faollashtirishga alohida e’tibor berilishi kerak, ya’ni o‘qituvchi fikrini tasviriy
obrazlar ko‘rinishida taqdim etishi kerak. Masofaviy o‘qitish tizimi ta’lim
texnologiyalarida fikr, axborot, bilimni vizuallashtirish, katta ahamiyatga ega.
Masofaviy o‘qitish tizimida kuyidagi ta’lim texnologiyalarini ishlatish mumkin:
video-ma’ruzalar; multimedia-ma’ruzalar va laboratoriya amaliyotlari; elektron va
multimedia-darsliklari;
kompyuter test tizimlar; imitatsiya modellari va kompyuter
trenajyorlar; telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi maslaxatlar va testlar;
videokonferensiyalar.
Axborotlarni saqlash,
qayta ishlatish, tinglovchiga yetkazish, o‘qituvchi va
tinglovchi o‘rtasidagi interfaol muloqot, hisoblash texnikani qo‘llashga
tayangan
apparat-dasturlar vositasida amalga oshiriladi. Bular –
axborot texnologiyalaridir
.
Masofaviy o‘qitish tizim texnologiyalari pedagogik texnologiyalar asosida
ishlangan bo‘lib, kuyidagi qo‘shimcha talablarga javob berishi kerak:
Adaptatsiya
– ta’lim jarayonini o‘quvchi shaxsiga, turar joyi sharoiti, moliyaviy
sharoiti, psixologik va fiziologik xususiyatlariga moslashtirish. Bu tinglovchining yakka
18
holda, kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim olish
jarayonida juda muhimdir.
Iqtisodiy muvofiqlik –
bu talabga rioya etish ta’lim
tizimining moliyalash
mablag‘lari chegaralanganligidan kelib chiqadi.
O‘zgaruvchanlik
– ta’lim sifati va mazmunini tezkor va uzluksiz yangilab borish,
o‘quv materiallarini modernizatsiyasini amalga oshirishga imkoniyat ta’minlab berish.
Ushbu zaruriyat ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi talablariga ko‘ra paydo bo‘ladi.
Nazorat
– o‘qitishning barcha bosqichlarida natijalarni sifatli nazorat qilish,
tinglovchi shaxsini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: