Qarshi davlat universiteti tabiatshunoslik va geografiya fakulteti «agrokimyo va ekologiya» kafedrasi



Download 0,79 Mb.
bet1/3
Sana22.06.2017
Hajmi0,79 Mb.
#11847
  1   2   3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
TABIATSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA FAKULTETI
«AGROKIMYO VA EKOLOGIYA» KAFEDRASI


“Himoyaga tavsiya etilsin”

Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti dekani dotsent B. Xo’jamqulov ______________


18 may 2012 yil

Koson tumanidagi hosilga kirgan olma daraxtlarining kasalliklarga qarshi ko‘rash chora-tadbirlari”



mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI


Bajardi:

“Agrokimyo va agrotuproqshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi IV –kurs talabasi Xoldorov O‘ral___________




Ilmiy rahbar:

“Agrokimyo va ekologiya” kafedrasi mudiri

b.f.n. T.Raximov___________

Bitiruv malakaviy ish kafedrada dastlabki himoyadan o‘tdi

8- sonli bayonnoma 17 may 2012 y.

QARSHI – 2012 yil


MUNDARIJA






Kirish




1-BOB

ADABIYOTLAR SHARHI




1.1.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi yerlaridan bog‘dorchilikda foydalanish holati................................................

4

2-BOB

KUZATUV OBEKTI VA USULLARI




2.1.

Koson tumani “Ahmedov Alisher” fermer xo‘jaligi tavsifnomasi..............................................................................

23

2.2.

Olma bog‘larida uchraydigan kasalliklarni aniqlash usullari.............................................................................................

24


3-BOB

TADQIQOT VA ADABIYOT TAXLILLARI




3.1.

O‘zbekiston bog‘dorchiligida uchraydigan kasalliklar...................

26

3.2.

Fermer xo‘jaligi olma bog‘ida uchraydigan kasalliklar..................

40

3.3.

Fermer xo‘jaligi olma bog‘ida uchraydigan kasalliklarga qarshi ko‘rash chora-tadbirlari..................................................................

47





Xulosa.

52




Tavsiyalar.

54




Foydalanilgan adabiyotlar.

56

Kirish


Markaziy Osiyo, jumladan О‘zbekiston hududi kо‘pgina qishloq xо‘jalik, shu jumladan meva ekinlarini kelib chiqish markazlaridan biri hisoblanadi. Qadimdan bu hududda о‘rik о‘rik, qaroli, olma, nok, gilos, pista, bodom, yongok, о‘zum singari meva ekinlarining, sabzi, bodring, piyoz kabi sabzavot ekinlari, qovun, tarvо‘z, qovoq singari poliz ekinlarining qimmatli madaliy navlari saqlanib qolgan.

Meva va о‘zumni yetishtirish strukturasi ishlab chiqilgan bо‘lib, uni joylarda amalga oshirishga alohida ahamiyat beriladi. Chunki, bu tadbirlarni amalga oshirish meva va о‘zum mahs mahsulotiga bо‘lgan halq iste’moli extiyoji, qayta ishlash qorxonalari talabi va eksportga mahsulot chiqarishga bо‘lgan talablar bilan mahsulot ishlab chiqaruvchilarning takliflari о‘rtasidagi mutonosiblikni ta’minlaydi.

Prezidentimiz I.A.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, О‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yо‘llari va choralari» nomli asarida mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bо‘yicha aniq chora tadbirlar belgilab, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli ravishda ta’minlashga alohida e’tibor berilgan. Chunki, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash turmush farovonligining asosiy negizlaridan biri hisoblanadi. Bog‘dorchilik О‘zbekiston Respublikasi qishloq xо‘jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sohibkorlar yetishtirgan xilma-xil va shirin-shakar mevalarning dovrug‘i nafaqat о‘zimizda, balki yurtimizdan tashqarida ham keng tarqalgan.

Mavzuning dolzarbligi. Respublikadagi mavjud bog‘larning katta qismini urug‘li meva bog‘lari tashkil qiladi. Yetishtiriladigan urug‘li mevalar orasida yetakchi о‘rinni olma, nok va behi egallaydi. Ularning mevalarida inson organizmining normal rivojlanishi uchun zarur bо‘lgan vitaminlar, organik kislotalar, qand moddasi, mikroelementlar va biologik faol moddalar mavjuddir. Urug‘li mevalar orasida yangi hosil pishib yetilgungacha saqlashga mо‘ljallangan navlarning borligi, ularni deyarli yil davomida iste’mol qilish imkoniyatini beradi. Konserva va qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlashda urug‘li mevalar bebaho xom ashyodir [1,2,3,4].

Urug‘li mevalarning hosilini va sifatini oshirish uchun ularni yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni qо‘llash, mahsuldor va mahalliy sharoitga moslashgan navlarni joriy qilish va nihoyat eng asosiysi bog‘larni turli xil kasalliklardan samarali himoya qilish о‘ziga xos о‘rin tutadi.

Urug‘li meva bog‘larga keltiradigan zarari va tarqalishi bо‘yicha zamburug‘lar qо‘zg‘atadigan kasalliklar birinchi о‘rinda turadi. Parsha kasalliklari tufayli daraxtlarning meva hosili 19-42% (Voronixin, 1915; Kazenas, 1948; Shoshiashvili, 1951), un-shudring ta’sirida 30-80% (Koxabidze, 1965; Aerts, Gembloux, 1961), qora rak va sitosporozdan 8-30% gacha (Isin, 1967; Isina, 2004, 2008) yо‘qotiladi. Bu kasalliklar faqat hosil salmog‘ini kamaytirib qolmasdan, balki uning sifatiga ham salbiy ta’sir qiladi.

Bularning hammasi urug‘li meva daraxtlarining zamburug‘ turlari qо‘zg‘atadigan kasalliklarining tarqalishini, ularning keltiradigan zararlarini va hozirgi kundagi holatini tо‘g‘ri tahlil qilib, samarali kurash choralarini ishlab chiqish bо‘yicha ilmiy tadqiqot olib borishimizga asos bо‘lib xizmat qildi.



BMIning о‘rganilganlik darajasi. Urug‘li meva daraxtlarining keng tarqalgan parsha, un-shudring, qora rak va sitosporoz kasalliklari chet el mutaxassilari tomonidan atroflicha о‘rganilgan. О‘zbekiston Respublikasida bu kasalliklar ayniqsa Qashqadaryo viloyati sharoitida urug‘li meva bog‘larida faqat olmada qisqa о‘rganilgan (Isroilov, 1974). Lekin bu ma’lumotlar keyingi 1992-2008 yil davomida tashkil topgan olma bog‘laridagi yangi navlarga mos joriy qilingan agrotexnik tadbirlar, kasalliklar va ularni qо‘zg‘atuvchi zamburug‘larning biologik xususiyatlari, tarqalishi hamda keltiradigan zararlari, shuningdek olma bog‘laridagi fitosanitar holatini о‘zida aks ettirmaydi.

Olma bog‘larida uchraydigan kasalliklar keng qamrovli deyarli о‘rganilmagan. О‘zbekiston Respublikasi qishloq xо‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan fungitsidlarni urug‘li meva daraxtlarning kasalliklariga qarshi qо‘llash bо‘yicha respublikamiz sharoitiga tegishli ma’lumotlar ilmiy adabiy manbalarda tarqoq.



BMI maqsadi: Koson tumani sharoitida “Ahmedov Alisher” fermer xо‘jaligidagi hosilga kirgan olma bog‘ining fitosanitar holatini tо‘plangan va kuzatilgan ma’lumotlarnga asoslangan holda о‘rganish, keng tarqalgan kasalliklarning tarqalishi, keltiradigan zararini tahlil qilish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish.

BMI vazifalari. Ilmiy izlanishlar quyidagi masalalarni yechishga qaratildi:

  • olma daraxtlarida keng tarqalgan kasalliklarini aniqlash va ularga tashxis qо‘yish;

  • olma daraxtlarida keng tarqalgan kasalliklarining zararini hisoblab chiqish;

  • olma daraxtlarining kasalliklariga qarshi kurash choralarini ilmiy asoslab berish;

  • olma daraxtlarining kasalliklariga qarshi tavsiya qilingan kurash tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash.

Tadqiqot obyekti va predmeti: Koson tumanidagi “Ahmedov Alisher ” fermer xо‘jaligidagi hosilga kirgan olma bog‘ida keng tarqalgan kasalliklari, ularning ayrim xususiyatlari hamda ularga qarshi kurash choralari о‘rganish.

О‘rganilgan kasalliklar turi. Koson tumani “Ahmedov Alisher ” fermer xо‘jaligi hosilga kirgan olma bog‘ida olma zararkunandalardan: parsha; un-shudringi; qora rak va sitosporoz kasalliklarining tarqalishi, zarlashi, kasallanish darajasini о‘rgangan holda ularga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqish.

Tadqiqot uslublari. Hosilga kirgan olma bog‘ini fitosanitar holatini tahlil qilish M.I.Dementyeva (1985) usullari yordamida amalga oshirildi.

Olma kasalliklarining tarqalishi, rivojlanishi va kasallanish darajasini aniqlashda A.YE.Chumakov va boshqalar (1974) hamda M.I.Dementyeva (1985) usullaridan foydalanildi.

Urug‘li meva daraxtlarida keng tarqalgan kasallik qо‘zg‘atuvchi zamburug‘ turlarini aniqlashda N.M.Pidoplichkoning (1978) uch jildli aniqlagichidan foydalanildi.

Olmaning parsha kasalligining tarqalishi va yetkazgan zararlarini hisobini olishda M.I.Dementyeva (1985) usulidan foydalanildi.

Olmaning un-shudring kasalligini hisobini olish A.YE.Chumakov va boshqalar (1974) usulida amalga oshirildi.

Olmaning qora rak hamda sitosporoz kasalliklarini hisobini olishda A.YE.Chumakov va boshqalar (1974) usuli qо‘llanildi.

Urug‘li meva daraxtlarining kasalliklariga qarshi kurash choralarining biologik samaradorligi V.A.Zaxorenko (1985) usulida aniqlandi.

BMIning ilmiy va amaliy ahamiyati. Qashqadaryo viloyati sharoitida yosh meva bog‘larida olmaning parsha, un-shudring, qora rak hamda sitosporoz kasalliklarining tarqalishi va zarari, olmani Simerinka navining kasalliklarga chidamliligi birinchi marta tо‘plangan ma’lumotlar taxlil qilindi va aniqlandi.

О‘zbekiston Respublikasi qishloq xо‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan fungitsidlardan Bayletonni 0,4 kg/ga, Topsin-M ni 1,0 kg/ga va Topazni 0,2 l/ga meyorda ishlatish bilan fitosanitar tadbirlarni birgalikda qо‘llash asosida samarali kurash usullarini usullari adabiyotlar va kuzatuvlar yordamida aniqlandi va ishlab chiqildi.

Olma daraxtlarida keng tarqalgan kasalliklarini о‘rganishdan olingan tadqiqot natijalari о‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish fanida va bog‘dorchilik sohasidagi nazariy bilimlarni kengaytiradi hamda olmaning parsha, un-shudring, qora rak, sitosporoz kasalliklarini yanada chuqurroq tushinishga ma’lum darajada о‘z hissasini qо‘shadi.

BMIda keltirilgan ma’lumotlardan о‘simliklarni himoya qilish sohasi amaliyotida respublikamizning qishloq xо‘jaligiga ixtisoslashgan kollej talabalariga “fitopatologiya” fanini о‘qitishda foydalanish mumkin.

BMIning tuzilishi va hajmi. BMI kirish, adabiyotlar sharhi, tadqiqot obyekti va usullari, tadqiqot va adabiyot taxlillari, xulosa, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat. Ish 60 betdan iborat bо‘lib, 29 ta adabiyot manbasi, 9 ta jadval va 6 ta rasmlarni о‘z ichiga olgan.
1. BOB. ADABIYOTLAR SHARHI

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti davrida aholini ozik-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa hom ashyog‘a bо‘lgan talabini qondirish hozirgi kunda qishloq xо‘jaligi oldida turgan eng muhim dolzarb vazifalardan biri bо‘lib kolmokda va respublikamiz xuqumati bu sohaga katta e’tibor qaratmoqda [1,2,3,4].

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini islox qilish bо‘yicha tashqiliy chora-tadbirlar tо‘g‘risida” farmoni va qarori, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, Qishloq va suv xо‘jalik xо‘jalik vazirligining bо‘yruk va qarorlari bu soha sohalar shirkatlarini fermer xо‘jaliklariga aylantirish, agrosanoat firmalarini tashqil qilish va meva-sabzavotchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirishda muhim о‘rin о‘rin tutdi.


    1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi yerlaridan bog‘dorchilikda foydalanish holati

Mevachilik qishloq xо‘jaligining murakkab va kо‘p qirrali sohasi hisoblanadi. Meva va rezavor meva ekinlari turli tuproq iqlim va agrotexnika sharoitida о‘stir о‘stirilib, ularning mevasi turli maqsadlarda yangiligicha, qurit quritilgan va qayt qayta ishlangan hollarda foydalaniladi.

Mevachilik qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishining tarmog‘i sifatida asosiy vazifasi aholini hо‘l mevalar, sanoatni hom ashyo bilan ta’minlashdan iborat. Mevachilik fan sifatida meva va rezavor-meva ekinlarining tо‘zilishi, о‘sish, Kо‘payish va hosil hosil berish qonuniyatlarini, tashki muhit omillariga munosabati va biologiyasini о‘rganish asosida yuqori, sifatli hamda muttasil hosil olish texnologiyasining nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab chiqishdan iborat.

Mevachilik va bog‘ bog‘dorchilik tushunchalari bir-biriga uxshatiladi. Aslida bog‘dorchilik keng ma’nodagi tushuncha bо‘lib, mevachilik, uzumchilik, sitruschilik, rezavor mevachilik, manzarali bog‘dorchilik va gulchilik kabilarni о‘z ichiga oladi [5,6,7].



1-jadval

О‘zbekistonda mevachilikning holati





Ekin maydoni ming ga

Hosildorlik, tonna/ga

Yalpi hosil, ming tonna




1990 y

2000 y

2008 y

1990 y

2000 y

2008 y

1990 y

2000 y

2008 y

VILOYATLAR

jami

hosilga kirgan

jami

hosilga kirgan

jami

hosilga kirgan













Qorakalpog‘iston

5,5

2,7

4,3

2,7

4,6

3,2

34

31

61

9,2

9,0

19,7

Andijon

23,0

18,2

26,1

18,9

27,2

23,2

59

90

122

108,0

170,8

284,1

Buxoro

9,2

7,5

9,6

8,2

10,3

8,9

44

64

136

33,7

52,4

121,6

Jizzax

11,0

7,0

11,4

7,4

12,0

8,0

33

31

60

24,4

23,2

47,7

Qanshadaryo

10,8

7,6

11,0

9,1

11,3

9,1

39

44

60

29,9

39,8

55,0

Navoiy

3,3

1,9

4,5

3,2

4,6

4,2

41

65

128

7,9

18,7

54,1

Namangan

24,8

20,0

25,0

14,6

25,6

20,6

42

49

53

8,4

69,0

108,9

Samarqand

20,1

13,8

27,2

19,3

27,8

23,3

41

58

84

56,6

105,6

196,6

Surhondaryo

12,0

6,1

13,1

8,3

13,3

9,8

34

62

80

20,7

50,7

77,9

Sirdaryo

8,4

3,8

4,6

3,6

4,9

3,9

15

27

40

15,2

10,7

15,8

Toshkent

27,1

18,0

23,1

18,3

23,5

16,8

39

58

71

70,2

106,4

120,1

Farg‘ona

36,0

19,3

34,4

23,7

38,5

30,2

49

41

66

94,6

88,8

199,3

Xorazm

10,9

7,3

11,0

5,7

11,4

8,7

49

85

117

35,7

44,8

101,9

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish