I. Yaxshi o‘qiydigan bolalar savodxonlik mashg‘ulotlariga erta qatnashgan. 2016-yilgi PIRLS natijalari bolalarda erta o‘qish savodxonligini shakllantirishning ikkita asosiy yo‘lini ko‘rsatadi:
1. Ota-onalar farzandlarini savodxonlik mashg‘ulotlariga erta jalb qilishi
2. Bolalarining maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnashishi
Ota-onalar bolalarning birinchi o‘qituvchisi bo‘lishadi. 39 foiz o‘quvchilarning ota-onalari farzandlari bilan o‘qish, suhbatlashish yoki qo‘shiq aytish, shuningdek ularga ertak va hikoyalar aytib berish va alifbo harflarini yozishga o‘rgatish kabi mashg‘ulotlar olib borishganini bildirishdi. Ushbu o‘quvchilarning o‘qish qobiliyati ota-onalari savodxonlik mashg‘ulotlari bilan erta shug‘ullamagan o‘quvchilarga qaraganda yuqori darajani ko‘rsatdi [4].
Ota-onalarining ma’lumot berishicha, PIRLS o‘quvchilarining 59 foizi uch yil va undan ortiq muddat davomida farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalariga berishgan. Maktabgacha ta’lim muassasada ko‘proq ta’lim olgan o‘quvchilar o‘qish savodxonligi bo‘yicha yuqoriroq natijalar ko‘rsatishgan. Taktabgacha va oliy o‘quv yurtlarida o‘qigan.
Ota-onalarning fikriga ko‘ra yuqoridagi yo‘llardan birida yoki har ikkala yo‘l orqali savodxonlik mashg‘ulotlari bilan erta shug‘ulllangan o‘quvchilarning 29 foizi boshlang‘ich ta’limda qiyinchilikka uchrashmagan.
II. Yaxshi o‘qiydigan bolalar o‘quv materiallari yetarli darajada ta’minlangan maktablarda o‘qishgan.
Turli mamlakatlarda o‘quvchilar yuqori o‘qish savodxonligini ko‘rsatishgan agar ular o‘qiyotgan maktablarda:
• Iqtisodiy nochor oilalarga qaraganda o‘ziga to‘q oiladan chiqqan o‘quvchilari ko‘p bo‘lsa
• Birinchi sinfga kirganlar orasida erta o‘qish va yozish qobiliyatini shakllantirgan o‘quvchilar ko‘p bo‘lsa
• О’quv materiallari yetishmovchiligi muammo bo‘lmasa
Qiziqarli tomoni shundaki, maktab direktorlari va o‘qituvchilar maktab o‘quvchilarga yuqori talab qo‘yishlari borasida bir xil fikr bildirishdi. O‘rtacha hisobda, o‘quvchilarning 8 foiz juda yuqori talab qo‘yilgan maktablarda, 55-54 foizi yuqori talab qo‘yilgan maktablarda va 38-37 foizi o‘rtacha talab qo‘yilgan maktablarda ta’lim olishgan.
Yuqori talab qo‘yilgan maktab o‘quvchilari yuqori savodxonlik darajasini ko‘rsatishgan. Shuni ham ta’kidlash lozimki, deyarli barcha 4-sinf o‘quvchilari maktabga qatnayotganliklaridan mamnun bo‘lishgan. O‘qish savodxonligi yuqoriroq talabalarda mamnuniyat hissi ham yuqori bo‘lgan.