Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo’ladi



Download 5,29 Mb.
bet98/208
Sana01.04.2022
Hajmi5,29 Mb.
#522866
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   208
Bog'liq
Бердиева.мажмуа миллий гоя(1)

Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo’ladi:

  • Vatanga bodgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.

  • 0‘zi mansub bodgan millat o‘tmishi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga sodiqlik.

  • Vatan va millat tarixidan g‘ururlanish.

  • Yurtning moddiy, shunitigdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarini asrash, ulami ko‘paytirish borasida g‘amxurlik qilish.

• Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish.
• Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish.
• Vatan va millat obro‘i, sha’ni, or-nomusini himoya qilish.
• Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo‘lishi.
Baynalminallik («inter» - orasida, o‘rtasida, aro, «natio» - xalq) o‘zga millat va elatlaming haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ulaming manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlardan biridir.
0‘quvchilar o'rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi ularga oid mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konfernsiyasi, viktorina, uchrashuv, ko‘rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, o‘quvchilami Respublika Baynalminal markazi yoki joylardagi Milliy-madaniy Markazlaming faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ayni vaqtda respublika hududida turli millat va elat vakillarini birlashtiruvchi 138 ta Milliy-madaiy markazlar faolivat yuritayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar berib, ular tomonidan uyushtirilayotgan tadbirlarga o‘quvchilami faol jalb etish ham ijobiy natijalami beradi.
Huquqiy ta’lim-tarbiya uzluksiz jarayon bo‘lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar oilada, maktabgacha ta’lim muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo‘lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur. Shuning uchun 2000-yildan boshlab 0‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan boshlab, barcha ta’lim turlarida bosqichma- bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o'zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko'nikma va malakalami hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlami qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoning muhim bosqichidir.
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:

  • o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy- huquqiy munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to‘g‘risidama’lumotlar betish;

  • o'quvchilarda huquqiy bilimlami egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;

  • o'quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko'nikma va malakalami hosil qilish;

  • ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasawur, huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy mas’ullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyatjning qaror topishini ta’minlash;

  • o'quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me’yorlar, qonunlaming ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to‘g‘ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy bo'lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko'rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etishjni shakllantirish.

Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e’tiqodlar, tasavvurlar, baholar, his-tuyg‘ular va ma’naviyatning boshqa tarkibiy qismlari tizimidir. Boshqacha aytganda, huquqiy ong muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasawur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo'lib, ijtimoiy- psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega. Ma’lumki, huquqiy ong ikki tarkibiy qismdan, ya’ni huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatdan iborat. Huquqiy mafkura huquqning mohiyati, ahamiyati va talablari to'g'risidagi g'oyalar, qadriyatlarni o‘z ichiga
olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, ya’ni huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog‘liq.
Huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlardir. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi navbatda, yuridik normalami amalga oshirishning, huquq amal qilishining natijasidir. Aynan huquqiy munosabatlar orqali huquq «yashaydi», amal qiladi.
Huquqiy faoliyat - huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og‘ishmay amal qilish, qonunlami hurmat qilish, ulami shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo‘naltirilgan amaliy xatti-harakatlar majmui.
Huquqiy madaniyat - bu kishilaming huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo‘lib, u eng avvalo, huquqiy ongning muayyan darajasi, ya’ni huquqiy voqelikni ongli ravishda tushunib, o‘zlashtirishni; umumiy madaniy asoslar, yuksak madaniylik darajasi, rnilliy negizlari va manbalar, tarixiy xotira, urf-odatlar va an’analami; aholi tomonidan qonunlami bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori darajasini, ular nufuzini; huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, huquqni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining samarali usuliarini hamda fuqarolar va mansabdor shaxslaming qonunga itoatkorligini talab etadi.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Dunyoqarash deb nimaga aytiladi?

  2. Dunyoqarashning qanday turlari mavjud?

  3. Ilmiy dunyoqarash dunyoqarashning boshqa turlaridan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

  4. E’tiqodning shakllanishi qanday bosqichlarda amalga oshadi?

  5. 0‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vositalariga nimalar kiradi?

  6. Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalarini izohlang.

  7. Fikrlash va uning turlarini tahlil eting.

  1. Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.

  2. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda qanday shart-sharoitlami hisobga olish lozim?

  3. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishning shakl, metod va vositalariga nimalar kiradi?

  4. Vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda nimalarga alohida e’tibor qaratish zarur?


Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish