Amaliy bilimlar zahirasi bilan bir qatorda aqliy rivojlanishning tuzilishida ta’lim olganlik o‘z aksini topadi. Ta’lim olganlik - bu aql sifatini shakllantiruvchi shaxs intellektual xususiyatlarining tizimi.
Aqlning teranligi inson yangi materialni egallashda
mavhumlashtira olishi mumkin bo‘lgan belgilaming muhimligi va ulami umumlashganligi darajasida namoyon bo‘ladi.
Aqlning sustligi qarama-qarshilikda: bir qoliplikka, fikrlashdagi odatiylikka moyillikda, bir harakatdar tizimidan boshqasiga o‘tishdagi qiyinchilikda namoyon bo‘ladi.
Fikrning moslashuvchanligi maqsadga muvofiq o‘zgamvchanlikni talab etadi.
Aqlning barqarorligi insonga vazifalami fikriy hal etish, ulaming butun belgilarini xotirada eslab qolishga imkon beradi. Bu sifat tasniflashga oid biror vazifani hal etishda aniq ko‘rinadi.
Fikriy faoliyatning anglanganligi - uning mahsuli sifatida so‘zda ifoda etish imkoniyatida aks etadigan aqlning sifati.
Aqlning mustaqilligi - yangi bilimlami, vazifalami hal etishning yangi yo‘llarini faol izlashda namoyon bo'ladi.
Fikrning tejamkorligi - kam vaqt sarflab yetarlicha bilimlami egallay olishda aks etadi.
Fuqaro - fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo‘lgan shaxs. Fuqarolik - insonning Vatan, xalq oldidagi huquq va vazifalari, ijtimoiy va axloq me’yorlariga bo‘ysunishi, ijtimoiy faolligi hamda ma’naviy yetukligidir. Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy- huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:
Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo'lgan axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o‘rgatib borish.
0‘quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish.
0‘quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, ar~nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish.
0‘quvchilarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish, ulardan g‘ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish.
Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o‘z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyghmlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish.
Yosh avlodga turli fanlar asoslarini chuqur o'zlashtirish ulaming tafakkuri va dunyoqarashini boyitishga, shuningdek, fuqaro sifatida o‘z majburiyatlarini to‘laqonli anglashlari uchun imkoniyat
yaratishini tushuntirib borish maqsadga muvofiqdir. Fidoiylik, intiluvehanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, qat’iyat, matonat, uyushqoqlik kabi xislatlar o‘quvchilarda fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida tarbiyalanadi.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart- sharoitlaming mavjudligi taqozo etiladi:
o‘quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak;
fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining saviyasiga bogiiq;
tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bodishiga erishish;
oila, maktab va mahalla o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi;
o‘quvchilaming axloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga qat’iy rioya etishga o‘rgatish, zimmasidagi burchni todaqonli ado etishlariga e’tibomi qaratish.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma’ruza. bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollariga javoblar olish kutilgan natijani qo‘lga kiritishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |