ILOVALAR
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA
FAKUL’TETI
PEDAGOGIKA KAFEDRASI
-
Ro’yхаtga olindi:
№____________
2021- yil “_____” ______
|
“TАSDIQLАYMАN”
O`quv ishlari bo`yicha prorektor
_________ A.Xolmurodov
“_____” ________2021-yil
|
UMUMIY PEDAGOGIKA FANINING
ISHCHI O’QUV DASTURI
(2-kurs )
Bilim sohasi:
Ta'lim sohasi:
Bakalavriat yo`nalishi:
|
100000 –
110000 –
5111600 –
|
Gumanitar
Pеdagogika
Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari
|
Umumiy soat
|
O’quv semestri
|
Ma'ruza
|
Amaliy mashg’ulot
|
Seminar mashg’ulot
|
Mustaqil ta’lim
|
|
120
|
3
|
28
|
10
|
22
|
60
|
|
120
|
4
|
26
|
10
|
24
|
60
|
|
Qarshi - 2021 yil
Ushbu fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 2020-yil 14.08 dagi qarori bilan tasdiqlangan va 2020-yil 14.08 bilan tasdiqlangan BD -5110100-2.02 raqam bilan ro’yxatga olingan “Umumiy pedagogika” fan dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: G.Berdiyeva
Taqrizchi: dotsent v.b. N.Ochilova
Fanning ishchi o`quv dasturi “Pedagogika” kafedrasining 2021-yil, __-maydagi 10–son yig`ilishida muhokamadan o`tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: dots. A.Soxibov
Dastur Pedagogika fakulteti uslubiy komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan
Fakultet UK raisi:_________ ___________________________
Fanning ishchi o`quv dasturi Pedagogika fakulteti kengashining 2021 yil 27-maydagi 10 -sonli yig‘ilishi muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan.
Fakultet kengashi raisi : I.Yuldoshev
“Kelishildi”
O‘quv–uslubiy boshqarma boshlig‘i: P.Qurbonov
Fan/modul kodi
UmPedM10012
|
O‘quv yili
2021-2022
|
Semestr
3-4
|
YECTS - Kreditlar
12
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Umumiy pedagogika
|
120
|
120
|
240
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogika fanining nazariy-tarixiy asoslari va o‘qituvchi mahoratiga doir bilimlar bilan qurollantirish, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Konunida belgilangan talablar asosida ta’lim- tarbiya jarayonini oqilona tashkil etish, pedagogik merosdan samarali foydalanish, real ta’lim amaliyotida yuksak pedagogik madaniyat va texnikani namoyon eta olishga o‘rgatish.
Fanning asosiy vazifalari - talabalarni milliy va innovatsion pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga o‘rgatish;
o‘quv-tarbiya jarayonini samarali boshqarish, o‘quv-meyoriy xujjatlar bilan ishlash hamda ta’lim olganlikni tashxis etish qonuniyat va tamoyillari bilan tanishtirish;
—o‘quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ish yo‘nalishlari hamda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni uqitish va rivojlantirish mazmunini uzlashtirish;
-milliy va jaxon pedagogik fikrlari tarakkiyoti bilan tanishtirish hamda pedagogik merosdan samarali foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
-global doirada ta’lim tizimi rivojlanishining holati, asosiy yo‘nalishlari va qonuniyatlarini tahlil etish, milliy va hududiy o‘ziga xosliklardagi umumiy ko‘rinishlarni ochib berish, halkaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari, milliy pedagogik madaniyatni boyitish shakl va metodlarini aniklashtirish;
—talabalarni o‘qituvchi faoliyatida kasbiy maxoratning tutgan o‘rni, mazmun-mohiyatiga doir nazariy bilimlar hamda pedagogik faoliyatning turli ko‘rinishlarida o‘qituvchining muomala madaniyati, o‘quvchilar bilan aloqa urnatish va muloqotga kirisha olish metodikasini to‘liq o‘zlashtirishlariga erishish.
|
“Umumiy pedagogika” fanidan 3-4- semestr uchun mashg‘ulotlarning mavzu va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |