Tayanch-harakat apparati buzilgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va Yuzaga kelish sabablari. Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat apparati funksiyalarining buzilishi tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Tayanch-harakat apparati patologiyasi quyidagi turlarga ajratiladi:
1) nerv tizimining kasallanishi (bolalar serebral paralichi (BSP), poliomiyelit);
2) tayanch-harakat apparatining tug‘ma patologiyasi; sonning tug‘ma chiqqanligi; bo‘yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa nuqsonlari; umurtqa pog‘onasi rivojlanishidagi nuqsonlar (skolioz); qo‘l yoki oyoqlarning rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo‘li barmoqlarining anomal rivojlanishi; artrogripoz (tug‘ma mayiblik);
3) orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat apparatining zararlanishi; orqa miya, bosh miya va qo‘l-oyoqlarning travmatik jarohatlanishi; poliatrit; skelet kasalliklari (tuberkulez, suyaklardagi shishlar, osteomiyelit), skelet tizimi kasalliklari (raxit, xondodistrofiya).
Tayanch-harakat apparati patologiyasi bo‘lgan bolalarda asosiy buzilish harakatlanishdagi nuqson hisoblanadi. Bunday nuqsonlarga ega bolalarning 89 % ini serebral paralichli bolalar tashkil etadilar. Ularda harakat buzilishi psixik va nutqiy buzilishlar bilan birga namoyon bo‘ladi. Shu bois bu kabi bolalar nafaqat davolash va ijtimoiy yordamga, balki psixologik-pedagogik va logopedik korrektsiyaga ham muhtoj bo‘ladilar.
Harakatlanish buzilishlari o‘rtacha darajada bo‘lgan bolalar Yurishni o‘rganib olsalarda, biroq, shonch bilan Yura olmaydilar, ular uchun maxsus moslamalar zarur. Harakatlanish buzilishining yengil shaklida bolalar uyda va ko‘chada mustaqil, qo‘rqmay Yura oladilar, o‘zlariga to‘la xizmat ko‘rsatadilar.
Bolaning aqliy jihatdan tez va nuqsonlarsiz rivojlanish uchun qo‘llaniladigan ullaridan na’munalar:
К o‘pgina tortishuv va muhokamalarga sabab bo‘lgan usullardan biri bo‘lib, o‘tgan asrning 40 yillarida o‘z ibtidosini boshlagan, harbiy shifokor, amerikalik Glen Doman tomonidan ishlab chiqilgan. Glen Doman urush yillarida og‘ir miya jarohati olgan bolalarni davolaydi. Bemor bolalarga katta katta qizil harfli so‘zlar yozilgan kartochkalar ko‘rsatilardi va bir vaqtning o‘zida unda yozilgan so‘zlar talaffuz qilinardi. Darslar juda qisqa bo‘lib, 5-10 soniya davom etar, ammo kun davomida bir necha marotaba takrorlanardi. Bu shaklda mashg‘ulotlarda ishtirok etgan falaj holatida yotgan bolalar sekin-asta harakat qila boshlaydi, keyinchalik emaklash, yurish va hatto sog‘lom bolalar kabi yugurish qobiliyatlari ham tiklanadi. Shu sababli, Glen Doman bir vaqtni o‘zida ham oddiy hamda genial xulosaga keladi: ko‘zni doimiy ravishda stimulyatsiya qilish miya faoliyatining umumiy faollashishiga sabab bo‘ladi. Shundan so‘ngra Domen bu usulni sog‘lom bolalarda ham sinab ko‘radi. Bola tug‘ilgandan e’tiboran, unga bu kabi kartochkalar ko‘rsatiladi. Kartochkadagi so‘zlar turli tuman bo‘lishi mumkin: nuqtalardan iborat sonlar, qizil rang bilan yozilgan harflar, hayvonlar rasmi, arboblar rasmi, tabiat hodisalari va hokazo… Bunday kartochkalarni Doman: ma’lumot bitlari (binary digit), deb atardi. Kartochkalar kun davomida bolaga bir necha marta, bir necha soniyaga ko‘rsatilardi. Doman o‘z usulini qo‘llash natijasida daholarni tarbiya qilishiga ishonardi. Bu fikrni ko‘pgina pedagog va psixologlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun qarash natijasida yuzaga kelgan taassurotlar muhim ekanligini tan olishlari ham tasdiqlaydi.
Ammo bu usulning o‘ziga yarasha kamchiliklari bor: u bolalarga to‘la va mukammal rivojlanish bermaydi. Ayniqsa, bola dunyosi talab qilgan faollikni bu usulda mavjud emas, dars davomida bolaning ko‘zi va ko‘rish qobiliyatigina ishtirok etadi. Bola esa o‘z tabiatidan kelib chiqib, uni qiziqtirgan narsani ushlab ko‘rishni, “mazasini ta’tish”ni ma’qul ko‘radi. Tili chiqa boshlagan bola esa albatta o‘zini qiziqtirgan mavzu borasida savollar yog‘diradi, ammo Domen usuli esa boladan qimirlamay o‘tirishni, diqqatini kartochkalarga qaratishni va talaffuz qilinganlarni eshitishi talab qilinadi. Doman inson miyasini kompyuterga o‘xshatadi, uning fikricha miya muvafaqqiyatli faoliyat yuritishi uchun ma’lumotlar bazasini to‘ldirib olishi lozim. Ammo bola kompyuter emas, balki tirik mavjudot, uni faqat turli sonlar va faktlar bilan to‘ldirishning o‘zi yyetarli bo‘lmaydi, u olgan ma’lumotlarini mantiqan to‘g‘ri qo‘llab, foydalana olishi lozim. Kichkina bola tajriba, ijodiy mashg‘ulotlar, suhbatlashish, o‘yin va sevgiga muhtoj. Shu sababli, Doman usuli daholarni yyetishtirish uchun yyetarli emas hamda ko‘p mehnat talab qiladi. Faqatgina matematika bilan kuniga eng kam 6 marotaba shug‘ullanish lozim. Natijada ota-ona aksar vaqtini bu darslar bilan o‘tkazadi, kechki soatlarda esa yangi darslar uchun kartochka tayyorlanish lozim. Ammo, bu usuldan umuman bosh tortish ham to‘g‘ri emas, balki aksincha uning samarali tomonlaridan foydalanish mumkin: masalan, bolaning sevimli kitobini o‘qish bilan birgalikda unga turli kartochkalarni ko‘rsatsangiz bo‘ladi.
B u ta’lim usuli olim va pedagog R.Shtayner falsafasiga asoslangan bo‘lib, uning mohiyatida shaxsiyatning ruhiy va estetik rivojlanishiga qaratilgan, bolaning aql-zakovati esa unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Shu sababli, usul – tabiat, ijod va kasb hunarlarni kuzatishni o‘z ichiga olgan. Valdorf ta’limi markazlarida o‘quvchilar ganchkorlik, turli musiqa asboblarini chalish, xalq hunarmandchiligi, turli sahna ko‘rinishlarida ishtirok etish (aktyorlik mahorati) kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadilar. O‘qish uchun mashg‘ulotlarni esa bola 12 yoshga kirgandan so‘ngra boshlash tavsiya qilinadi. Ta’lim vaqtida bolaning asosiy bilim manbai va yo‘naltiruvchisi o‘qituvchidir. Dars o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi suhbat tarzida o‘tkaziladi. O‘qituvchi darsni hikoya qilib bergach, o‘quvchi o‘z tushunganlarini hissiyotini so‘zlash va ko‘rsatish bilan namoyish qilishi lozim.
Albatta, Valdorf usulining ham o‘ziga yarasha kamchiliklari bor. Ba’zilarning fikriga ko‘ra, bu usul real hayotdan uzoq bo‘lgan vaziyat yaratishi ehtimoli katta. Undan tashqari, bolaning normal rivojlanishida asossiz to‘sqinlik yuzaga keladi, 12 yoshda o‘qishni o‘rgana boshlash bola uchun juda kech. Bu usulda asos qilib olingan estetik tarbiya esa mantiq va tafakkur rivojlanishini cheklanishiga olib keladi. Valdorf usuli giperaktiv, asabiy, agressiv, o‘ziga ishonchi yo‘q va e’tibori past bo‘lgan bolalar uchun foydali.
Ammo ishingiz sababli vaqtingiz kam bo‘lsa, bu usul sizga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Chunki farzandingiz bilan birgalikda chevarlik, ganchkorlik kabi hunarlarni birga qilishingiz lozim. Dars davomida butun e’tibor bolaga qaratiladi, ota-onalar esa vaziyatga moslashadi va faqat yordamchi vazifasini bajaradi. Valdorf pedagogikasi bolaning sog‘lom o‘sishiga negativ ta’sirining oldini olish uchun ta’lim tizimida hech qanday shoshilishga yo‘l qo‘ymaydi.
М ariya Montessorining usuli bolalarga o‘yin shaklida ta’lim berish, mashqlarni esa mustaqil ravishda bajarishiga asoslangan. Har bir bolaga uning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondoshiladi. Bola o‘zi mustaqil ravishda materiallarni tanlaydi va dars vaqtini belgilaydi, ya’ni individual tarzda shakllanib boradi. Bu usulning asosiy maqsadi, bolaga o‘z individual qobiliyatlarini namoyon qilish istagini uyg‘otishdir. Montessorining usuli boshqa erta ta’lim usullaridan tubdan farq qiladi. U bolaga o‘z qilgan xatolarini topib ularni to‘g‘irlash huquqini beradi. O‘qituvchining vazifasi esa bolani mustaqil harakatlanishga undash, o‘qitish emas. Usul yordamida bolaning mantiq va ijodiy tafakkuri ortadi, diqqat–e’tibori, xotira, nutq, tasavvur etish, motorikasi rivojlanadi. Undan tashqari, Montessori uslubi kollektiv bilan o‘yin va mashg‘ulotlarga ham alohida e’tibor qaratadi, bu esa bolada boshqalar bilan o‘zaro munosabatga kirishish, maishiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish va shu bilan birga o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lish layoqatini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |