Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Download 5,29 Mb.
bet130/208
Sana01.04.2022
Hajmi5,29 Mb.
#522866
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   208
Bog'liq
Бердиева.мажмуа миллий гоя(1)

Aqli zaif shaxslar rivojlanish va nuqson darajasiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
Ona qorinidaligi miyasi shikastlangan bolalar.
Tug‘ilishi paytida yoki tug‘ilgandan keyin uch yil davomida miyasi shikastlangan bolalar.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ) 1994 yilda aqli zaiflikning quyidagi to‘rt darajasini e’tirof etgan:



  • sezilmas (kam),

  • o‘rtacha,

  • og‘ir va

  • chuqur darajalar.

Kam darajadagi aqli zaiflik o‘quvchilar maktabni bitirish davrida o‘zlarining psixometrik va klinik namoyon bo‘lishi bilan normal rivojlanayotgan odamlardan kam farq qiladilar hamda muvaffaqiyat bilan ishga joylashadilar.
Aqli zaiflik tuzatib bo‘lmaydigan hodisa sifatida e’tirof etilsa ham, uni korrektsiya qilib bo‘lmaydi degan ma’noni anglatmaydi. Aksariyat tadqqiqotlarda maxsus (Korreksion) ta’lim muassasalarida metodik jihatdan to‘g‘ri yo‘l tutilishi aqli zaif bolalarning rivojlanishida ijobiy natijaga erishish mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Aqli zaif bola bilan korreksion ishlarni erta boshlash nuqsonni maksimal darajada tuzatish va ikkilamchi chetlanishlarning olidini olishga imkon beradi. Aqliy qoloqlikni psixologik-pedagogik diagnostika qilishni o‘z vaqtida o‘tkazish juda muhimdir.


Aqli zaif bolalar oila yoki sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli maxsus yaslilarida tarbiyalanadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan Korreksion ishlar aqli zaif bolalar uchun maxsus bolalar bog‘chalarida amalga oshiriladi. Aqli zaif bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalar ommaviy bolalar bog‘chalaridagi maxsus guruhlarga qabul qilinishlari mumkin. Ularda o‘qitish maxsus bolalar bog‘chasidagi kabi maxsus dastur bo‘yicha olib boriladi.
Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar maxsus (korreksion) maktablarda o‘qitiladilar, bu yerda o‘qitish davlat ta’lim standarti asosida maxsus dastur bo‘yicha olib boriladi. Bunday maktablarda umumiy o‘rta ta’lim fanlari (ona tili, o‘qish, matematika, geografiya, tarix, tabiat, fizkultura, rasm, musiqa, chizmachilik) bilan birga maxsus korreksion fanlarni ham o‘qitiladi. Maxsus maktablarda mehnat ta’limi muhim o‘rin egallaydi. Mehnat ta’limi IV sinfdayoq professional xususiyatga ega bo‘lib, bolalar o‘zlari bajara oladigan kasbni o‘zlashtiradilar. Tarbiyaviy ishlar ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, asosiy maqsad tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish, bolalarda ijobiy sifatlarini tarbiyalash, atrofdagilar va o‘zlariga to‘g‘ri baho berishga o‘rgatiladilar. Ayni vaqtda respublikada aqli zaif bolalar uchun maxsus maktablarning 90 % ini maktab-internatlari tashkil etadi.
Goho aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolaning ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktabiga jaob etilish holati ko‘zga tashlanadi. Bunday holatda bolaning taqdiri, uni o‘qitish va tarbiyalash mas’uliyatini ota-onalar o‘qituvchi-defektologlar bilan kelishib olishlari zarur. Normal rivojlanuvchi bolalar bilan bir sinfda o‘qiydigan aqli zaif bola alohida munosabatni talab etadi. Bola kuchi yetganicha, darsning borishiga halaqit qilmay sinf faolitida ishtirok etishi kerak. Unga biror narsaning tushunarsiz bo‘lishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Bu holat keyin o‘quv materialining mutlaqo tushunmasligiga olib keladi. Aqli zaif bolani ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qitish ota-onalarining bevosita ishtiroklarini talab etadi,


Nutq – faqatgina insonga xos bo‘lgan muhim psixik funksiyadir. Nutqiy munosabatlar yordamida, shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda to‘ldirilib va boyitib boriladi.


Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar asosiy rol o‘ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fiziologik, morfologik), funktsional (psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy ta’siri), psixonevrologik (psixik funksiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta’siri sezilarli bo‘ladi.
Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning markaziy nerv tizimi va uning organizmiga salbiy ta’sir etuvchi omillar (infektsiya, jarohatlar, intoksikatsiya), turli akusherlik patologiyalari (bel torligi, tug‘ilishning cho‘zilib ketishi yoki tez sodir bo‘lishi, yo‘ldoshga o‘ralib qolishi, bolaning noto‘g‘ri joylashishi va boshqalar), malakali akusherlik yordamining ko‘rsatilmasligi, chala tug‘ilish kabi holatlar sabab bo‘ladi.
Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi:
1) tibbiy-psixologik nutqiy buzilish;
2) psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.
Tibbiy-psixologik turda ko‘riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi ikki yirik guruhga ajratish mumkin:
1) og‘zaki nutqning buzilishi;
2) yozma nutqning buzilishi.
Og‘zaki nutqning buzilishi o‘z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:
1) nutq ifodalanishi fonatsion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;
2) fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki polimorf)ning buzilishi
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalash uni pedagogik jarayonda qo‘llashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni tuzatishga yo‘naltirilgan Korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko‘ra nutqning buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiy rivojlanmaganligi)ning buzilishi.
2. Muomala vositalarini qo‘llashdagi buzilishlar.



Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish