13-Mavzu: Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan shaxslar bilan ijtimoiy ish
Reja: 1. Aqliy zaifligi bo’lgan shaxslarning umumiy xususiyatlari va turlari
2. Aqli zaif shaxslar bilan ishlashda ijtimoiy ishning xususiyatlari
3. Aqli zaif shaxslar bilan ijtimoiy ish jarayonida jamoat birlashmalarining roli (Xorij tajribasi)
Asosiy tushunchalar: Aqliy zaiflik, moslashmagan aholi guruhi, ruhiy kasalliklar, nevropsixiatrik kasalliklar, ruhiy buzulishlar, o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatishning buzilishi, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, psixologik yordam, oila va jamoat birlashmalar.
Aqliy rivojlanishida kechikishi bo’lgan va aqliy zaif shaxslarning xususiyatlari.
Aqliy rivojlanishida kechikishi bo’lgan shaxslar ko’proq ijtimoiy jihatdan aholining eng moslashmagan guruhlari qatoriga kiradi. Ushbu nogironlikning umumiy tuzilishida kasallik sinfi bo’yicha ruhiy kasalliklar 3-o’rinda turadi. Bolalar nogironligi sabablari bo’yicha bolalik nogironligi tarkibida aqli zaiflik va nevropsixiatirik kasalliklar qariyb 3/1 qismini tashkil qiladi. Nogironlik turi bo’yicha ruhiy kasalliklar 1-o’rinda turadi. Ruhiy kasalliklar va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan shaxslar mehnatga layoqatsizligi tufayli 95% i umrbod nafaqa olishadi.
Bundan tashqari ruhiy nogironlik sezilarli og’ir darajada tavsiflanadi. 93,2% ruhiy kasalliklari bor nogironligi bo’lgan shaxslar 1-2-guruh nogironlikga ega. Ruhiy rivojlanishida kechikishi bo’lgan ishlaydiganlar soni ancha past ko’rsatkichga ega yani 4,8% (umumiy sondan 50 000 dan kam).
Mehnatga layoqatli yoshdagi va nogironligi bo’lmagan 540 000 ruhiy sog’ligida buzulishlari bo’lgan shaxslar ishlamaydi. Bu ruhiy kasallikning klinik xususiyatlari va ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslarni ish bilan ta’minlashdagi katta qiyinchiliklar bilan bog’liq. Oddiy ishlab chiqarishda ruhiy kasalliklari bo’lgan shaxslarning xizmatlari ko’pincha rad etiladi. Nogironligi bo’lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan korxonalarda qoida tariqasida ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslarni ishga joylashtirish uchun alohida e’tibor qaratilmagan. Natijada ruhiy sog’ligi buzilgan shaxslarning ishlamaydigan ko’rsatkichi umumiy 1 mln dan ortiq. Ruhiy buzilishlar klinik xususiyatlari bo’yicha katta o’zgaruvchanligi hamda ruhiy tartibsizlikning u yoki bu shaklida namoyon bo’lishi va uning jiddiyligi nuqtai-nazaridan ajralib turadi. 10-Xalqaro kasalliklar tasnifida 458 ta ruhiy buzilishlar darajasi ko’rsatilgan. Lekin ularning hammasi nogiron hisoblanmaydi. Hayot faoloyatini buzilishiga olib keladigan ko’pgina jiddiy kasalliklarga Shizofreniya, aqliy zaiflik, qarilik deminsiyasi, kayfiyatning buzilishi va boshqalar kiradi. Ruhiy kasalliklarda u yoki bu darajasida hamma ruhiy
____________________________
136 Коркина М.В, Лакосина Н.Д,Личко А.Е, Сергеев И.И.Психиатрия: учебник для студентов. –М.: МЕДпресс-информ, 2006г.-С.5
funksiyalar jabr ko’radi (fikrlash, xotira, qabul qilish, his-tuyg’ular va boshqalar) shaxsning tuzilishi ham o’zgarishlarga uchraydi. Aqliy faoliyatning nomutanosibligi doimo hayotning barcha sohalarida buzulishlarga olib keladi- o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish, muloqot, o’rganish, mehnat faoliyati, orientatsiya, o’z shaxsiyatini va atrofdagilarni tanqidiy qabul qilishning buzulishlari, ko’pincha harakatda cheklovlar paydo bo’ladi137. Nogironlikning og’ir darajasi ko’plab omillarga bog’liq- kasallikning sabablari, miya shikastlanishining tabiati va og’irlik darajasi, kasallikning nechi yoshda boshlanganligi va uning salbiy davomiyligiga. Hayotiy faoliyatidagi har qanday sohadagi cheklovlar maishiy va ijtimoiy sohalar kichik moslashuvdan to to’liq moslashuvga ega bo’lmasligi mumkin.Surunkali ruhiy kasalliklarda shaxsning motivatsion irodaviy komponentlari sezilarli darajada buziladi, vaziyatni baholash va adekvat xulq-atvorni modellashtirish orqali analitik qobiliyatlar yomonlashadi, mustaqil yashash qobilyatining pasayishi, oilani yaratish, saqlash, qobilyatlarning pasayishi, hissiyotlarning barqaror bo’lmasligi va yetishmasligi bilan ifodalanadi, muloqot qilish qobilyati pasayadi bu esa aloqa darajasining torayishiga ijtimoiy aloqalarni buzulishiga ba’zan yaqinlari bilan muloqot qilish qobilyatining to’liq yo’qolishiga olib keladi. Ko’pincha harakatdagi buzilishlar, muskullardagi qattiqlik, tormozlanish, harakatlarning sustlashishi, to’liq harakatsizlikning buzilishiga yoki, aksincha qo’zg’alishiga harakatlarning xaotik ko’rinishiga olib keladi.Konvulsiv paroksizmlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu buzilishlar harakatning cheklanishiga sabab bo’ladi. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatishning buzulishi shaxsiy gigiyena ko’nikmalarini va mustaqil fiziologik ko’nikmalar funksiyalarini to’liq yo’qotishga olib kelishi mumkin. Xotira buzulishida, qarilik dimensiyasida hayot uchun xavfli vaziyatlar tug’ilishi mumkin, - ruhiy salomatligida muammolari bo’lgan shaxslar gazni o’chirishni unutishadi, elektr jihozlardan foydalanish qobilyatini yo’qotadilar, o’zlariga tanish bo’lgan joylarda yo’nalishni topa olmaydi va uyga boradigan yo’lni eslay olmaydi. Juda og’ir demensiyada nafaqat atrof-muhitga bo’lgan orientatsiya balki o’z shaxsiyatida ham orientatsiya buziladi138. Ko’pincha ruhiy kasalliklari bo’lgan shaxslar o’qishga, ma’lumotlarni qabul qilishga, uy xo’jaligini yuritishdagi mehnat va ijtimoiy ko’nikmalarga ega bo’lish qobilyatini pasayishiga olib keladi. Bolalardagi juda chuqur aqli zaiflik nutq so’zlashga, til o’rganish qobiliyatiga ega bo’lmaydi ular faqatgina oddiy buyruqlarni tushunadi va bajarishadi. Bunday shaxslar mustaqil hayot tarzini olib boraolmaydi, ularning aksariyati doimiy nazorat va g’amxo’rlikga muxtoj. Ba’zilarini ovqatlantirish, kiyintirib qo’yish kerak, chunki ular asosiy ehtiyojlarini qondira olmaydi. Mehnat qobilyatini cheklash darajasi malakaning pasayishi yoki ishlab chiqarish faoliyati hajmini pasayishidan eng oddiy mehnat jarayonlarini bajara olmaslikgacha o’zgaradi.
Aqli zaif shaxslar bilan ijtimoiy ishning o'ziga xos xusussiyatlari.
Har qanday vaziyatda ham aqliy zaif shaxslar bilan ishlashda 2 ta muhim strategiya nazarda tutiladi.
_________________________
137 Савина Л.Ю. Практикум эффективного взаимодействия с ребенком-инвалидом: учебно-методическое пособие.- М: ИДПО ДТСЗН г.Москвы, 2019г.- С.48
138 Современные клинические и социальные проблемы сосудистой деменции.- Краснодар: КубГУ, 2020г С.24.
1. Nogironligi bo'lgan shaxslarning ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish.
2. Tashqi manbalarni (resurs) kengaytirish.
Ko'p o'n yillar davomida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi psixiatriya yordamining asosiy tashkiliy shakllari kattalar va bolalar uchun statsionar tipidagi psixonevrologik maktab -internatlari hisoblanadi.Bu internatlar asosan og'ir turdagi ruhiy kasalliklarga va ijtimoiy moslashuvi buzulishlari bo'lgan shaxslarga yordam ko'rsatganva ijtimoiy moslashuvi buzulishlari bo'lgan shaxslarga yordam ko'rsatgan.Psixonevrologik internatlarga surunkali ruhiy kasalliklar yoki keksalik demensiyasi bilan og'rigan 1 va 2 guruh nogironligi bo'lgan. shaxslar qabul qilinadi.Aqliy zaif bolalar Mehribonlik uylariga joylashtiriladi.Har qanday yoshdagi nogironligi bo'lgan shaxsning aqliy zaifligi orttirilgan yoki tug'ma bo'lishi mumkin va shuningdek ,buzulishlari nuqsoni darajasini hisobga olgan holda reabilitatsiya shakllari va usullari rejalashtiriladi.Ularning intelektual yetishmovchilik darajasiga bog'liqligi natijalari tahlil qilinadi.Yo'qolgan ko'nikmalarini o'rganish yoki tiklash qobiliyatini saqlab qolish bilan bir tomonda bo'lsa ikkinchi tomondan reabilitatsiyaning shakllari va usullari dan foydalanish. Shizofreniya bilan og'rigan bemorlar nafaqat fikrlashda balkim hissiy irodaviy sohada unda qiziqishlarning yo'qligi ,xohish impulslarning pasayishi ,faollik va tashabbuskorlikning keskin susayishi kuzatiladi.Ushbu shaxslarga nisbatan reabilitatsiya chora tadbirlari har biri bilanindividual dasturga muvofiq amalga oshirilishi ko'zda tutiladi.Ruhiy holatning og'irligini, qaytarib bo'lmaydigan kognitiv va shaxsiy ozgarishlarning mavjudligini reabilitatsiya ta'sirining ijobiy natijalari istiqbolini hisobga olgan holda ,ushbu guruh nogironlarida u ancha past baholanadi.3 -guruh nogironlar turli xil kelib chiqadigan miyaning orgonik shikastlanishi tufayli og'ir aqliy ,xotira buzulishlari bo'lgan asosan keksa yoshdagi shaxslar (Travmatik ,qon-tomir ,yuqumli ,va boshqalar ).Ushbu buzulishlari bilan og'rigan odamlarning holati chuqur xotira buzulishi va atrof -muhitga bo'lgan orientatsiyasi buzuladi.Kasbiy ko'nikmalarining yo'qolishi o'z -o'ziga xizmat qilish imkoniyatlarining cheklanishi tavsiflanadi.Ushbu guruhdagi nogiron shaxslarga reabilitatsiya ta'sirining samaradorligi past bo'ladi.Reabilitatsiya tadbirlari ushbu shaxslarning qobiliyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.Shuni hisobga olish kerakki,ko'pgina hollarda ruhiy kasallar psixonevrologik muassalarida umrining so'nggi kunlarigacha qoladi.Ushbu internatlar bir tomondan shifoxona, ikkinchi tomondan yotoqxona kabidir .Bemorlar ko'p yillar davomida ijtimoiy izolyatsiya sharoitlarida yashashga majbur,g'ayrutabiiy muhitda bir xillilik va zerikarli muhitda yashashga majbur.Bemorlar o'zlarining kundalik ehtiyojlarini hal qilish zarurati yo'qligi sababli xodimlarga qaram bo'lishi majbur.Bu ularning psixologik holatiga ta'sir qiladi.Ijtimoiy dezadaptatsiyani kuchaytiradi .Shuning uchun psixonevrologik makatab-internetlar ishini tashkil etishda bemorlarning ijtimoiy maishiy sharoitlari va terapevtik muhitni yaratish masalalari muhim o'rin tutadi.Ushbu shaxslarni aqliy faoliyatini faollashtirish uchun mutaxasislar bemorlarni parvarish qilish uchun quyidagi reabilitatsion tiklash usullaridan foydalanishni taklif qiladilar.
• Doimiy kuzatuv rejimi shaxs doimiy ravishda xodimlarning ko'rish maydonida.
• Umumiy kuzatuv rejimi bu bemorni hudud bo'ylab ko'chirganda xodimlar istalgan vaqtda bemorni qayerda joylashganini bilish uchun
• Muassa ichidan cheklangan erkin rejim.U tartibli xulq -atvorga ega bemorlarni qamrab oladi.Ushbu rejimda shaxslar hudud bo'ylab erkin harakatlanishi , bir marttalik ta'tilga chiqishi , mehnat jarayonlarida faol ishtirok etishi mumkin.Ijtimoiy va maishiy jihatdan nisbatan mustaqil bo'lishi mumkin.
• Erkin rejim bu muassasa tashqarisida transportdan foydalanadigan hududni yaxshi biladigan ,mehnat qiladigan doimiy ruxsatnomasi bor shaxslar uchun mo'ljallangan.Nogironligi bo'lgan shaxslarning qiziqish va ehtiyojlarini faollashtirish uchun ijtimoiy foydali faoliyatga jalb qilish zarur.Maktab-internatlarida yashovchilar turli jamoat tadbirlarida qatnashadilar.Turli to'garaklar,madaniy tadbirlarni o'z ichiga oladi.Mehnat terapiyasi jamiyatdan va yaqinlaridan uzoq vaqt ajratilgan og'ir ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslarni reabilitatsiya qilish uchun alohida ahamiyatga ega .Kasbiy terapiya odamlar o'rtasidagi munosobatlarni yengillashtiradi,stress va tashvishlarni bartaraf etadi.Maktab- internatlarida yashovchi nogironlarni reabilitatsiya qilish uchun moddiy texnik bazasi,tibbiy va mehnat ustaxonalari ,yordamchi xo'jaliklar ,maxsus ustaxonalar xizmat qiladi.Ruhiy kasallarda reabilitatsiya tadbirlari dasturi nafaqat hayotidagi cheklovlari bilan va buzulgan ruhiy funksiyalarni qoplash yoki to'ldirish qobiiyati bilan belgilanadi,balkim ularni o'tkazadigan joyga ham bog'liq bo'ladi.Tibbiyot va mehnat ustaxonarida turli yo'nalishlar :tikuvchilik ,duradgorlik, karton, galanteriya va boshqalar bilan ifodalanadi.Yordamchi xo'jaliklarga: Dehqonchilik,bog'dirchilik,gulchilik,va chorvachilik kiradi.Psixonevrologik maktab-internatlarida nogironligi bo'lgan shaxslarni ish bilan ta'minlashning muhim shakli ularning to'liq kunlik lavozimlarga tayinlashdir.Bu ayniqsa nogiron yoshlar uchun muhimdir,chunki bu ularning o'ziga bo'lgan hurmatini va ishonchini oshiradi.Ta'kidlash kerakki nogiron shaxslarni himoyalangan sharoitlarda ijtimoiy va mehnat reabilitatsiyasini tashkil etish ularning sog'lig'ining og'irligiga va muassalarning cheklangan reabilitatsiya resurslari bilan belgilanadigan cheklangan imkoniyatlarga ega.Shuni hisobga olgan holda ayrim toifadagi nogironligi bo'lgan shaxslarning reabilitatsiya salohiyati va reabilitatsiya jarayoning yangi texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini hisobga olgan holda statsionar ijtimoiy xizmat ko'rsatish muassalarida nogiron fuqorolarni ijtimoiy mehnat reabilitatsiyasi natijalari sezilarli bo'lishi mumkin.Buni statsionar va yarimstatsionar yordam va kasb-hunarga o'rgatish tamoyili bo'yicha faoliyat yurutuvchi ruhiy nuqsonlari bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishni tashkil etish tajribasi dalolat bo'ladi.Sog'liqni Saqlash tizmida statsionar psixiatriya xizmati og'ir ruhiy dekompensatsiyalangan odamlarga yordam ko'rsatish uchun mo'ljallangan .Bunday bemorlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish potensial aqliy qobiliyatlarni rag'batlantirish va ruhiy salomatligi buzulgan va odamni hayotga kasalxinadan tashqari sharoitga tayyorlash uchun o'z -o'zini saqlash va ijtimoiy faoliyat ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat.Hayotiy buzulishlarning kamroq aniq shakllariga ega bo'lgan odamlar uchun og'riqli o'zgarishlarni bartaraf etish, ijtimoiy faollik va shaxsni o'z o'zini qadrini bilish uchun psixoterapevtik va psixosotsial ta'sirlar alohida ahamiyatga ega. Reabilitatsiya samaradorligini oshirish uchun bo'limlarda qulay psixologik mikroiqlimni yaratish va psixofizik funksiyalarni tiklashga hissa qo'shadigan reabilitatsiya rejimini o'rnatish ,shaxsning o'zini o'zi anglash va ijtimoiy vakolatlarini oshirish mumkindir.Kasaxonalarda reabilitatsiya qilish maqsadida bemorlarning terapevtik jamoasi tashkil etiladi.Ular bemorlarni turli kichik guruhlari ,psixoterapevtik ishchi mehnat ustaxonalari bo'shatilgan shaxslar faoliyatga asoslanadi.Guruhdagi psixoijtimoiy ish og'ir ruhiy holati buzilgan shaxslarga nuqsonlarini yengishga yordam beradi.Bu haqiqatda mos keladigan rejalar va harakatlarni ishlab chiqishi maydoni bo'lib xizmat qiladi.Ruhiy holati buzilgan shaxslarni jalb qilishning ijtimoiy yo'naltirilgan usullari joriy etishning ruhiy holatiga qarab farqlanadigan reabilitatsiya rejimlaridan foydalanish ,kasalxonaga yotqizish muddatini sezilarli darajada qisqartirishga yordam beradi.Ruhiy bemorlarni kasalxonaga joylashtirishdan maqsad ijtimoiy moslashmaslikning oldini olishdir.Ambulator psixiatriya yordamining asosiy tashkiliy shakli nevropsixiatrik despanserlardir.
Nevropsixatrik dispanserlar orqali ijtimoiy yordam ko'rsatishning asosiy tashkiliy vazifasi-bemorlarni ijtimoiy qo'llab -quvvatlashning turli shakllarini tashkil etish (moddiy imtiyozlar shaklida) .Ruhiy salomatligi buzilgan shaxslarga va ularning oilalariga ijtimoiy yordam ko'rsatish .(uy-,ro'zg'orga yordam, bolalarni tarbiyalash, patronaj bandlik, ijtimoiy va huquqiy himoya ( hujjatlarni rasmiylashtirish va ijtimoiy xizmatlar muassasida ko'rsatmalar mavjud bo'lganda bemorlarni kasalxonaga yotqizish vasiylik masalalarini hal qiladi.Individual va guruhli psixoterapiyaning turli xil turlari bo'yicha psixiatriya bilimi asoslari bo'yicha o'quv kurslarining ijtimoiy reabilitatsiya dasturalarini o'tkazish va Kasbiy faoliyatni tiklash yoki ish bilan ta'minlash uchun ijtimoiy ko'nikmalarga o'rgatish, ruhiy buzulgan oilalarga psixologik yordam ko'rsatish.Ushbu shaxslarning is'temolchilariga ularning qarindoshlariga va atrofdagi yaqinlariga yordam berishning ommaviy shakllarini tashkil etish stigmaga qarshi dasturlarni amalga oshirish ,ruhiy sog'ligi buzilgan odamlarning o'zlari va ularning qarindoshlarida psixik tuzatishni ta'minlash .Aholining ayrim ijtimoiy guruhlari o'rtasida axborot-ma'rifiy ,ommaviy azborot vositalari bilan ishlash , psixonevrologik dispanserlarning ruhiy salomatligi buzilgan shaxslarning ijtimoiy muammolari bilan bog'liq hududiy ijtimoiy va boshqa masalalar bilan aloqalari va o'zaro hamkorligini o'rnatish.Sog'liqni Saqlash orgonlari tizimidagi tibbiy mehnat ustaxonalari va ixtisoslashtirilgan ustaxonalar nogironligi bo'lgan shaxslarni mehnatini tashkil etishning asosiy asosidir. Bundan tashqari ruhiy nogironlikkka ega shaxslar uchun "Klub uylari" ruhiy kasallarni psixo-ijtimoiy reabilitatsiya qilish muassalari bilan shug'ullana boshladilar- kasalxonadan chiqqan shaxslarni tirikchilik uchun yetarli oziq - ovqat bilan ta'minlash ; ularni faol ijtimoiy hayotga jalb qilish; boshqa insonlar bilan yaxshi munosobatlarni o'rnatish; yangi kasb o'rgatishni o'z ichiga oladi.Taklif qilinadigan professional tayyorlov bo'yicha:
Konselyar ishi, kompyuterda ishlash, antiqa vedio roliklarni yaratish , ofitssiant yoki kassir bo'lib ishlash, antiqa jihozlarni tiklash uncha buncha qiyin bo'lmagan tovarlarni ishlab ishlab chiqishi, statistik hisobotlarni yig'ish va qayta hisoblash va boshqalardan iborat. Ruhiy kasallar va ularning qarindoshlarining jamoaviy muassalarida faoliyatni turlicha bo'lgan.Bu muassa a'zolari ta'lim rejalari bilan psixiatriya bo'yicha axborot almashadi.Ruhiy kasalliklarni maishiy masalalarini hal qilish va oilaviy masalalarni hal qilish yo'llarini topadilar.Tashkilotlardagi ishlarning holatini tavsiflanishi nafaqat o'zlarining tajribalarini balki boshqa shungga o'xshashrga va aqliy zaifligi bo'lgan odamlarga nisbatan jamoatchilik ongining sterotipini yengishga intilish maqsadida jamoat tashkilotlari vakillari radio va televediniya orqali aholi o'rtasida Shizofreniya va boshqa ruhiy kasalliklarning asosiy ko'rinishlari to'g'risida bilimlarini tarqatadi.Jamoatchilik e'tiborini ruhiy kasallarda yordam ko'rsatishni tashkil etishni dolzarb muammolariga qaratadi.Ular muntazam ravishda mintaqaviy ,milliy va Xalaqaro simpozitsiyalar tashkil etadilar.Ularning asosiy ishtirokchilari jamoat tashkilotlari a'zolari ijtimoiy xodimlar,psixologlar,sobiq bemorlar va ularning oila a'zolari tashkil etishadi .Ushbu forumlarga ruhiy nuqsonlari bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish masalalari muhokama etiladi.Ruhiy rivolanishida nuqsoni bo'lgan shaxslar va ularning oilalarini ijtimoiy qo'llab -quvvatlashning yangi shakllarini izlash .Rasmiy tuzilmalar bilan hamkorlikdan to'plangan ish tajribasini almashish.
Aqliy zaifligi va ruhiy salomatligi buzilgan shaxslar bilan ijtimoiy ishning xorijiy tajribasi. Ruhiy salomatligi buzilgan bo'lgan shaxsning mehnatini tashkil etish xorijda keng yo'lga qo'yilgan. Ular psixonevrologik despanserlar va psixiatrik shifoxonalar tarkibida joylashtirilgan.Tibbiy mehnat ustaxonalari yoki ixtisoslashtirilgan sharoitida nogironligi bo'lgan shaxslar ishining afzalliklari shifokor nazorati ostida ishlash imkoniyatini o'z ichiga oladi,psixofizik xususiyatlarni hisobga olgan hollarda taqsimlangan.Nogironligi shaxslarning qobiliyatlarini foydali mehnat ko'nikmalarini egallashga yo'naltirish.Jamoaviy ishda kommunikativ aloqalar va munosobatlarni o'rnatish muhim ahamiyatga ega. O'tgan yillarda ruhiy kasalliklari bo'lgan ruhiy kasalliklari bo'lgan shaxsni boshqa toifadagi nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan korxonada ishga joylashtirish mumkin.Aqli zaif shaxslar bilan ijtimoiy ish jarayonida jamoat birlashmalarining Xorijiy tajribasida Jamoat birlashmalari aqliy zaif nogironligi bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishda muhim rol o'ynaydi.Jahon amaliyotida psixiatriyada jamoaviy harakat o'rta asrning boshidan paydo bo'lgan.va o'rta asrning o'rtalarida tez rivojlangan. Bunda jamoat birlashmalarini shartli ravishda 2 turga bo'lishi mumkin.
1. Psixiatrlar, ijtimoiy ishchilar,psixologlar,reabilitologlar,oligofrinologlar va boshqa mutaxasislarni o'z ichiga oladi.
2. Bemorlarning o'zlari ularning qarindoshlari ularga hamdard bo'lgan shaxslar vakili bo'lgan jamoat tashkilotlari.
Ijtimoiy va xayriya harakatining tashabbuskorlari ruhiy salomatlik sohasidagi mutaxasislarga bo'lgan ularning yordami bilan ruhiy salomatligi buzilgan shaxslarning qarindoshlarining turli turdagi jamoat birlashmalari reabilitatsiya markazlari bilan ta'lim maktablarini va o'zini o'zi qo'llab -quvvatlash guruhlari tashkil etiladi.Xorijiy mamlakatlardagi davlat psixiatriya muassalari tarmog'ini sezilarli darajada turli shakldagi "Klub uylari" ruhiy salomatligi buzilgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishda muhim rol o'ynaydi.Bu ishlarda mutaxasislar (asosan ijtimoiy ishchilar) ruhiy salomatligi buzilgan shaxslarga ularning oila a'zolariga ko'mak berishga qatnashishadi.Birinchi "Klub uyi" ga Amerikada 1948 - yilda asos solingan.Hozirgi vaqtda shungga o'xshash muassalar 16 ta mamlakatda faoliyatini olib borayapti. Dastlab "Klub uyi" bo'sh vaqtlarni birga o'tkazish uchun ruhiy salomatligi buzilgan shaxslar bilan bog'liq bo'lib ayana ushbu shaxslar to'planadigan joy sifatida tushunilgan.
Vaqt o'tishi bilan "Klub uylari" ruhiy kasallarni psixo-ijtimoiy reabilitatsiya qilish muassalari bilan shug'ullana boshladilar- kasalxonadan chiqqan shaxslarni tirikchilik uchun yetarli oziq - ovqat bilan ta'minlash; ularni faol ijtimoiy hayotga jalb qilish; boshqa insonlar bilan yaxshi munosobatlarni o'rnatish; yangi kasb o'rgatishni o'z ichiga oladi. Aqliy zaif odamlarga nisbatan jamoatchilik ongining sterotipini yengishga intilish maqsadida jamoat tashkilotlari vakillari radio va televediniya orqali aholi o'rtasida Shizofreniya va boshqa ruhiy kasalliklarning asosiy ko'rinishlari to'g'risida bilimlarini tarqatadi.E'tiborini ruhiy kasallarda yordam ko'rsatishni tashkil etishning dolzarb muammolariga qaratadi.Ular muntazam ravishda mintaqaviy milliy va Xalaqaro simpozitsiyalar tashkil etadilar.Ularning asosiy ishtirokchilari jamoat tashkilotlari a'zolari ijtimoiy xodimlar, psixologlar, sobiq bemorlar va ularning oila a'zolari. Ushbu forumlarga ruhiy kasalliklari bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish masalalari muhokama etiladi.Ruhiy rivolanishida nuqsoni bo'lgan shaxslar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy qo'llab -quvvatlashning yangi shakllarini izlash. Rasmiy tuzilmalar bilan hamkorlikda to'plangan ish tajribasini almashishni o'z ichiga oladi.