Mashqdagi qolgan fe’llar ham shu tarzda 'ishlangani ma’quY. Dars dovomida bu mashqlarning
hammasini tо‘la ishlab chiqolmasligi mumkin. Shuning uchun qolgan hismlari uy ishi (mustaqil ish)
sifatida topshirilishi lozim. Dars oxirida qaysi taleba qaiday ball olganligini e’lon etiladi. Yanagi
mashg‘ulot aytilib, tayyorgarlik kо‘rish topshiriladi.
23- M A SH G‘ U L O T (2 soat)
MAVZU: FE’L NISBATLARI (DARAJALARI).
REJA:
1.
Fe’l nisbatlari haqida talabalar tushunchalarini mustahkamlash.
2. Aniqlik nisbachi (185-mashq).
3.
О‘zlik va majhullik niobatlari. Ularning shakl yasovchilari haqida tushuncha va bu nisbatlar farqlari
(186-2-187-mashqlar).
4. Birgalik nisbatini 188-mashqni ishlash asosida mustahkamlash.
5. Or^tirma nisbat haqidagi talabalar tushunchasini 189-mashqni ishlash orqali mustahkamlash.
Ish -xarakatning obyekti va subyektiga munosabatini kо‘rsatadigan kategoriyasi fe’l nisbati deyiladi.
Masalan, Komila har ikki derazani ochdi (Oybek.)gap;1dagi ochdi ish -harakati deraza obyekti va
Komila subyektiga munosabatiii kо‘rsatish, ya’ni ochdi harakati Komila tomonidan (subyekt) deraza
obyektida bajarilishini kо‘rsatish fe’l nisbatidir. Aniqlik nisbatini 185-mashqni ishlash orqali
mustahkamlanadi. Mashq talabi: aniq nisbat formasidagi fe’llar qatnashgan gaplarni kо‘chiring. Aniq
nisbatni о‘sha fe’llar orqali isbotlang.
Namuna: Feruzahovliga tushib, shabnamda qiyg‘os ochilgan atirgullar ustiga egildi, tо‘yib-tо‘yib
hidladi.
Bu gapdagi "hidladi" fe’li aniq nisbatdagi fe’l sanaladi, chunki bu fe’l Feruza ]gap egasi) tomonidan
bajarilganini kо‘rsatayapti. 186-mashq. О‘zlik nisbatidagi fe’llarni topib, nima uchun о‘zlik
nisbatdaliknm bayon eting, yasalishini va anyq nisbatdan farqini kо‘rsating.
Namuna: Mashhadda Alisher butun vujudi bilan о‘qishga berildi. Bu gapda "berildi" fe’li о‘zlik
nisbatdagi fe’l sanaladi. Chunki (Alisher) berildi fe’lidan ish -harakat Alisher subyekti tomonidan
bajarilganini va yana subyektning uziga qaytgan harakatini bildiradi. Aniq nisbatda esa ish -harakat
ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajlrilganligini kо‘rsatadi. Ular о‘rtasidagi farq
shuki, о‘zlik nisbatda harakat subyekt tomonidan bajarilishidan tashqari harakat yana sube’ktga
qaytganligini, yana harakatning subyekti ham, obyekti ham bir
shaxs bо‘lishidir. Aniq nisbatda esa
harakat ega tomonidan bajarilsa ham . obyekti boshqa bо‘ladi, harakat subyektning о‘ziga
qaytmaydi.Bundan tashqari о‘zlik nisbatdagi fe’l -n (in), -l (-il), -sh (-ish) forma yasovchilaridan
birining fyel о‘zagiga qо‘shilishidan (undan keyin esa shaxs -son yasovchi yoki tuslovchi affikslari
birikishidan ham )hosyl bо‘ladi. Aniq nisbat formasida esa bunday forma yasovchilar qatnashmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |