4- LABORATORIYA ISHI
SP2 – GIBRIDLANGAN UGLEROD ATOMIDA BORADIGAN
NUKLEOFIL ALMASHINISH REAKSIYALARI BO’YICHA BAJARILADIGAN SINTEZLAR
ETILATSETAT (sirka kislotaning etil efiri)
Reaktivlar
Sirka kislota 30 ml (0,5 mol)
Spirt (95% li) 45ml (0,73mol)
Sulfat kislota, natriy karbonat, kalsiy xlorid, natriy sulfat.
Reaksiya tenglamasi:
CH3 – COOH + HO – C2H5 CH3 – COO - C2H5 +H2 O
200 ml hajmli Vyurs kolbasida 15 ml spirt olib, aralashtirib turgan holda15 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Kolba tomizgich voronka, uzun sovitkich bilan jihozlanib moy hammomida 140OC gavha qizdiriladi. Qizdirilgan aralashmaga tomizgich voronka orqali 30 ml spirt bilan 30 ml sirka kislota aralashmasi bilan shunday qo’yiladiki, uning tomish tezligi haydalayotgan efirning tezligi bilan barobar bo’lsin. Reaksiya tamom bo’lgandan so’ng mahsulotdagi sirka kislotani yo’qotish uchun u oz – ozdan natriy karbonatning to’yingan eritmasi bilan neytrallanadi. Aralashma ajratkich voronkaga solinib, suvdan ajratiladi vaefirda aralashib qolgan spirtdan qutulish uchun u 15 ml 50 % li kalsiy xlorid eritmasi bilan chayqatiladi. Etilatsetat natriy sulfat bilan quritilib, suv hammomida haydaladi. Qaynash temperaturasi 77,10C, ; =13724, Miqdori 30 g atrofida.
5- LABORATORIYA ISHI
IZOAMILATSETAT
Reaktivlar:
Izoamil spirt 27ml yoki 22g (0,25mol)
Muz sirka kislota 17ml yoki 18g (0,3mol)
Sulfat kislota (d=1,84) 3ml yoki 5g (0,05mol)
Benzol 100ml
Osh tuzi; soda; natriy sulfat(suvsiz)
Reaksiya tenglamasi:
CH3COOH + HOCH2CH2CH(CH3)2 CH3COOCH2CH2CH(CH3)2 + H2O
300ml sig’imli yumaloq tubli kolba suv ajratgich asbob (nasadka) orqali qaytarma sovitkichga ulanib, unga 27ml izoamil spirit, 17ml muz sirka kislota, 100ml benzol va 3ml konsentrlangan sulfat kislota solinadi. Kolba moy hammomida 140-150oC atrofida qizdirilganda benzol va reaksiya natijasida hosil bo’layotgan suv qaytarma sovitkichda kondensatlanib, ajratgich nasadkada yig’iladi va bu yerda benzolli va suvli qismga ajraladi. Suv asosan reaksiyaning boshlang’ich 2-3 sotida ajralib chiqadi. Suv vaqti-vaqti bilan nasadkaning jo’mragidan tushirib turiladi. Yig’ilayotgan benzol esa asta-sekin kolbaga qaytib tushadi.
Reaksion aralashma 5-6 soat qizdirilganda hammasi bo’lib 5-6ml suv ajraladi. Reaksiya tamom bo’lgandan so’ng nasadkada yig’ilgan benzol quyib olinadi, nasadka va qaytarma sovitkichning o’rniga deflegmator va Libix sovitkichi ulanib, reaksion aralashmadan benzol haydab olinadi.
Qolgan qism ajratgich voronkada oldin 50ml suv (agar bunda suvli qism olinayotgan efirdan yaxshi ajralmasa, unga 5g osh tuzi qo’shilib chayqatiladi) va so’ngra 15ml natriy bikarbonatning to’yingan eritmasi bilan chayqatiladi.
Shundan so’ng efirli qism 30ml suv bilan yuvilib, bir necha soat 3-4g suvsiz natriy sulfat bilan quritiladi. Mahsul 100ml sig’imli kolbada moy hammomida haydaladi. 110oC gacha haydalgan va asosan benzoldan iborat bo’lgan fraksiya ajratib olingandan so’ng izoamilasetat 110-142oC da haydab olinadi. Bu fraksiya qaytadan haydalib, uning 138-142o C dagi fraksiyasi olinadi.
Izoamilasetat rangsiz suyuqlik bo’lib, 142oC da qaynaydi; =0,8719; =1,40535. miqdori 18-20g
Do'stlaringiz bilan baham: |