Qarshi davlat universiteti organik kimyo kafedrasi


Tоmizgich vа аjrаtkich vоrоnkаlаr



Download 358,9 Kb.
bet4/20
Sana02.04.2022
Hajmi358,9 Kb.
#524958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Organik kimyo lab

Tоmizgich vа аjrаtkich vоrоnkаlаr. Labоrаtоriyadа mа’lum sintezlаrni оlib bоrishdа rеаksiyagа kirishuvchi mоddа yoki аrаlаshmаgа suyuqliklаrni аstа-sеkin qo’yishgа to`g`ri kеlаdi bundаy hоllаrdа tоmizgich vоrоnkаlаrdаn fоydаlаnilаdi.
Аjrаtgich vorоnkаlаr bir-biri bilаn аrаlаshmаydigаn ikki хil suyuqliklаrni аjrаtishdа vа mоddаlаrni suvli eritmаlаridаn suv bilаn аrаlаshmаydigаn оrgаnik erituvchilаr mаsаlаn pеtrоlеy efiri, bеnzоl, хlоrоfоrm, dietil efir, etilаtsеtаt vа bоshqаlаr yordаmidа аjrаtib ya’ni ekstrаktsiya qilib оlishdа ishlаtilаdi.
Аjrаtgich vоrоnkаlаrning fоrmаlаri hаr хil vа turli kаttаlikdа bo`lаdi. Ko`p ishlаrdа qo’yish nаychаsi kаltаrоq bo`lgаn аjrаtgich vоrоnkа ishlаtilаdi.
Аjrаtgich vоrоnkа bilаn ishlаshdаn оldin uning jumrаgini ishlаshini tеkshirib ko`rish vа jumrаk tushib kеtmаsligi uchun rеzinа hаlqа yordаmidа vоrоnkаgа biriktirib qo`yish kеrаk.

1- LABORATORIYA ISHI
ETIL BROMIDNI OLISH.
Reaktivlar:
Etil spirti 30ml (0,5mol)
Kaliy bromid 24g (0,2mol)
Sulfat kislota(d=1,84) 30ml (0,55mol)

Reaksiya tenglamasi:
KBr + H2SO4 → KHSO4 + HBr
CH3CH2OH + HBr → CH3CH2Br + H2O

250-300 ml hajmli Vyurs kolbasida 30 ml etil spirti, 15 ml suv olinib, unga aralashtirib turilgan holda 30 ml sulfat kislota quyiladi. Reaksion aralashma uy temperaturasigacha sovutilgach, kolbaga chayqatib turilgan holda maydalangan 24 g kaliy bromid solinadi.


Reaksion aralashmali kolba uzunroq sovitkichga ulanib, alonjning uchi esa muzi bo’lgan suvli yig’gichga 1-1,5 sm tushirib qo’yiladi va kolbani qum hammomida qizdiriladi.
Etil bromid haydalganda yig’gichga vaqti-vaqti bilan muz bo’lakchalari tashlab turiladi va sovitkichdan ham ko’proq suv o’tkazib turish kerak.
Reaksion aralashma asbest setkasida yoki qum hammomida suv tagida yig’ilayotgan moysimon etil bromid haydalib bo’lguncha qizdirib turiladi. Agar kolbadagi reaksion aralashma kuchli ko’piklanib ketsa, bu vaqtda qizdirishni biroz to’xtatish lozim.
Reaksiya tamom bo’lgandan so’ng yig’gichdagi mahsul ajratgich voronkaga quyilib suv tagida etil bromid 200ml hajmdagi konussimon kolbaga olinadi. Kolbani tuzli muz bilan sovitib, chayqatib turilgan holda unga etil bromid tagida kislota qatlami hosil bo’lguncha tomizgich voronka yordamida konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. So’ngra etil bromid konsentrlangan sulfat kislotadan ajratgich voronka orqali ajratib olinadi. Olingan etil bromid tarkibida qisman brom bo’lgani uchun sarg’ish rangda bo’ladi. Mahsul kolbaga solinib, termometrli deflegmator bilan sovitkichga ulanadi va suv hammomida haydaladi. Bunda yig’gich muz bilan sovitib turilishi kerak. Etil bromid 35-40 oC atrofida haydala boshlaydi, uning asosiy qismi 38-39 oC dagi fraksiya bo’lak qilib olinib va tortilib, ampulaga yoki yaxshi berkitiladigan sklyankaga solinadi. Toza etil bromid 38 oC da qaynaydi.
Miqdori 20 g atrofida. =1,4586 =1,4211

Download 358,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish