Payvandlash turlari Jarayonni mohiyati. Metallash turlari. Payvandlash turlari



Download 107,5 Kb.
bet1/2
Sana28.02.2022
Hajmi107,5 Kb.
#475341
  1   2
Bog'liq
1426069266 60406


Detallarni payvandlash va eritib qoplash yо‘li bilan
tiklash

Reja:


  1. Payvandlash turlari

2. Jarayonni mohiyati. Metallash turlari.


Payvandlash turlari
Metalldan yasalgan detallarning ma’lum qismini suyuqqlanish temperaturasigacha qizdirib, molekulyar tishlashish kuchlaridan foydalangan xolda ajralmas birikma hosil qilish jarayoni payvandlash deyiladi.
Ishlash imkoniyati tiklanayotgan detal yuzasiga s)toklantirilgan metall qatlami qoplash jarayoni suyuqlantirib qoplash deb ataladi. Detal materialini suyuqqlantirish usuliga qarab payvandlash ikki turga: Gaz alangasida payvandlash va elektr yoyi vositasida payvandlash turlariga bо‘linadi. Payvandlash mexanizatsiyalashgan va mexanizatsiyalashmagan (dastaki) turlariga bо‘linadi. Payvandlashning mexanizatsiyalashtirilgan turlariga flyus qatlami ostida, ximoyalovchi gazlar muxitida, suv bug‘i muxitida, yarim avtomatik va avtomatik payvandlash, vibro yoy bilan payvandlash, kantaktlab payvandlash, plazma yoy yordamida payvandlash kiradi. Payvandlash turlarining qaysi biri qanday detallar uchun qо‘llanilishi detal materiali va undagi darzlar, detalning shakli, detalning ish rejimi va boshqa omillarga bog‘lik.

  • Dastaki Gaz alangasida payvandlash usulidan 2mm gacha qalinlikdagi, kam uglerodli va kam legirlangan pо‘latdan, shuningdek, chо‘yan va rangli metallardan tayyorlangan detallarni payvandlashda foydalaniladi.

  • Dastaki usulda elektr yeyi vositasida pо‘lat va chо‘yandan murakkab shaklli qilib yasalgan detallar," shuningdek alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan detallar payvandlanadi va ular sirtiga boshqa metall yoki qattiq qotishma suyuqlantirib qoplanadi

  • Argonyoy vositasida dastaki payvandlash usulidan rangli metallardan yasalgan detallarni payvandlashda foydalaniladi.

  • Flyus qatlami ostida elektr yoyi vositasida avtomatik payvandlash usuli pо‘lat va rangli metallardan yasalgan, diametri 40 mm dan ortiq bо‘lgan silindrik yuzalari bor detallarni payvandlashda qо‘llaniladi.

  • Ximoyalovchi gazlar muxitida elektr yoyi vositasida yarim avtomatik va avtomatik payvandlash usullari uglerodli, kam legirlangan va yupqa list pо‘latlardan yasalgan detallarni payvandlashda qо‘llaniladi.

  • Suv bug‘i muxitida elektr yoyi vositasida yarim avtomatik va avtomatik payvandlash usulidan pо‘lat va chо‘yandan yasalgan detallarni payvandlashda foydalaniladi.

  • Plazma yoy vositasida yarim avtomatik va avtomatik payvandlash hamda qattiq qotishmalarni suyuqlantirib qoplash usuli qiyin suyuqqlanuvchan metall va qotishmalardan tayyorlangan detallar uchun qо‘llaniladi.

Vibro yoy vositasida yarim avtomatik va avtomatik payvandlash usulidan uglerodli va kam legirlangan pо‘latlardan, shuningdek chо‘yandan yasalgan detallar uchun foydalaniladi.

2. Jarayonni mohiyati. Metallash turlari.


Biror usulda juda mayda (3300 mikron о‘lchamli) zarralarga aylanguncha suyuqqlantirilgan metallni detalning oldindan tayyorlab qо‘yilgan yuzasiga siqilgan havo oqimi yordamida katta (140300 m/sek) tezlik bilan purkash jarayoni metallash deyiladi. Metallni suyuqqlantirish va purkashda foydalaniladigan mexanizm metalizator deyiladi.
qoplovchi metallni suyuqlantirishda foydalanilgan issiqlik manbaiga kо‘ra, metallash Gaz alangasida elektrik va plazmaviy turlarga bо‘linadi
Gaz alangasida metallashning ikki usuli; 1) Bosimli gaz ishlatib metallash. 2) bosimli gaz ishlatmay metallash usullari mavjud.
Bosimli gaz ishlatib metallash usuli remont ishlarida eng kо‘p qо‘llaniladi. Bosimli gaz ishlatib metalashda (14rasm) qoplovchi sim yonuvchi gaz bilan kislorod alangasidan suyuqqlantirilib, detalning yuzasiga siqilgan havo yoki inert gaz vositasida purkaladi.

rasm. Gaz alangasida metallashda ishlatiladigan metalizatorning purkash kallagi sxemsi.
1-sim; 2-simni uzatish mexanizmi; 3-aralashtirish kamerasi; 4- gaz metal aralashmasi oqimi.
Gaz alangasida metallashda qoplam juda yuqori sifatli chiqadi. Gaz alangasida metallash usulining kamchilliklari jumlasiga, detal yuzasiga beriltan qoplam nisbatan kimmatga tushadi, metallash ustanovkasi murakkab bо‘ladi.
Chet ellarda kesuvchi asboblar, ulchash asboblari, shuningdek koliplash matritsalari va boshqa muxim detallar ish yuzalarining yeyilishga chidaxmliligini oshirish maksadida ularni qiyin suyuqqlanuvchan materiallar bilan qoplashda ireaktivm va portlatma metallash usullari qо‘llaniladi.
Bosimi oshirilgan yonuvchi gaz yordamida metallash detallarning yuzasiga qattiq va keramikaviy kotishmalarning kukunlarini purkashdan iborat. Bunday maksadda ishlatiladigan metalizator sxemasi keltirilgan (15rasm). Bunda siqilgan havo ishlatilmaydi. Siqilgan havo rolini bosimi oshirilgan yonuvchi gaz о‘taydi. Shu tufayli metall zarralarining temperaturasi saqlanib, detal yuzasiga yumshoq xolatda yotadi.

15-rasm. Yuqori bosimli yonuvchi gazdan foydalanib metallash metalizatorining sxemasi. 1-atsetilen beriladigan kanal; 2-kislarod beriladigan kanal; 3-sо‘toklantiriladigan kukun beriladigan kanal; 4-yonib turgan gazlar va koplanayotgan metalning yumshagan zarralari oqimi; 5-detalning qoplanayotgan yuzasi.
Elektrik metallashda ish unumi va tejamlilik juda yuqori bо‘ladi. Ishlash prinsipiga kо‘ra, elektrik metallash quyidagi ikki turga: elektr yoyi vositasida metallash va yuqori chastotali tok vositasida metallash turlariga bо‘linadi.
Elektr yoyi vositasida metallash (16-rasm) usuli metallashning barcha turlarini bajarishga mо‘ljallangan.






rasm. Elektr yoyi vositasida metallash metalizatori.


1-sim; 2-sim uzatish mexanizmining roliklari; 3-havo berish kanali; 4-yо‘naltiruvchi uchliklar; 5-elektr yoyi.
Bunda diametri 1,22,5mm li bir-biridan elektrik tarzda izolyatsiyalangan ikkita metall sim uzatish mexanizmi yordamida siljiydi. Simlar uchliklardan chiqishi bilan bir-biriga yaqinlashadi va elektr yoyi ta’siri ostida ularning uchlari suyuqqlanadi. Siqilgan havo oqimi suyuqqlangan simni bosim ostida juda mayda zarralarga aylantiradi va detal yuzasiga qoplaydi.
Yuqori chastotali tok vositasida metallash induksion qizdirish prinsipidan foydalanishga asoslangan. Yuqori chastotali tok bilan ishlaydigan metalizatorning sxemasi keltirilgan (17-rasm). Sim yuqori chastotali uyurma toklar konsentratori bor metallizatorda suyuqqlantiriladi. Uyurma tok konsentratori magnitaviy maydonni simning metalizator purkash golovkasidan chiqish joyig‘a eng kо‘p tuplash uchun mо‘ljallangan. Yuqori chastotali tok vositasida metallashda lampaviy LZ37, GZ 46, LGPZ 30, AZ 46, AGLZ 60, LG 60 generatorlaridan foydalaniladi.
Yeyilgan detallarning ishlash imkoniyatini metallash yо‘li bilan tiklashning texnologik jarayoni ketma-ket о‘tkaziladigan uchta asosiy bosqichdan iborat.

  • detal yuzasini metallashga tayyorlash.

  • detalning tayyorlangan yuzasini metallash detalning metallangan yuzasiga ishlov berish




Download 107,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish