sp2 gibridlanish. Bor ftorid molekulasida esa 1s va 2p orbitaldan uchta yangi sp2 gibrid orbitallar hosil bo‘ladi. Bu yerda bog‘lar orasida hosil bo‘ladigan burchak 120o bo‘ladi. Agar gibridlanish bitta s va ikkita p orbitallar ishtirokida hosil bo‘lsa, bunday gibridlanish sp2 gibridlanish(8-rasm) deyiladi. BCl3, SО3, CH2=CH2 molekulalarida sp2gibridlanish mavjud.
8-rasm. BF3 ning sp2 gibrid orbitali. A. Orbital yacheykalar yordamida sp2 hosil bo‘lishini izohlash. В. BF3 ning kontur yordamida ifodalanishi.
sp3 gibridlanish. Metan va uglerod (IV) xlorid molekulalarida esa bog‘lanish hosil qilishda markaziy atom uglerod bo‘lib, u qo‘zg‘algan holatda bir s va uchta p elektronga ega. Shuning uchun ham metanda markaziy atom sp3 (9-rasm) gibridlangan. Molekula tetraedrik tuzilishga ega, valent burchaklar bo‘lsa 109о28’ ni tashkil etadi (10-rasm).
9-rasm. Valent orbitallarining gibridlanishi.
10-rasm. СН4 ning sp3 gibrid orbitallari. A. Orbital yacheykalar yordamida sp3 hosil bo‘lishini izohlash. B. CH4 ning kontur yordamida ifodalanishi, taqsimlangan elektron juftlari ham akslantirilgan.
4. Markaziy atomdagi bo‘linmagan elektronlar juftining molekula tuzilishiga ta’siri.
Metan, suv va ammiak molekulalari (11-rasm) valent burchaklar qiymati metanda 109о28’, ammiakda 107,5о va suvda 104,5о. Valent bog‘lanishlar nazariyasiga ko‘ra buning sababi, markaziy atomdagi bo‘linmagan elektron juftlarning ta’siridir. Ammiak va suv qatorida markaziy atomdagi bo‘linmagan elektronlar jufti bir juftdan to ikki juftgacha ortadi. Ana shu tufayli valent burchaklarda qisqarish kuzatiladi. Markaziy atomning gibridlanishi va undagi bo‘linmagan elektronlarning molekula tuzilishiga ta’siri 1-jadvalda keltirilgan.
11-rasm. Metan, suv va ammiak molekulasidagi kimyoviy bog‘larning hosil bo‘lishi.
12-rasm. NH3 va H2О larning sp3 gibridlanishi. A. Orbital yacheykalar yordamida sp3 hosil bo‘lishini izohlanishi, shu jarayonda taqsimlanmagan elektron juftlari ham hisobga olinganligini ko‘rish. В. Kontur yordamida ifodalanishi.
sp gibridlanish kuzatilgan BeF2, CО2 molekulalari chiziqli tuzilishga ega valent burchaklar 180о ga teng. Agar markaziy atom atrofida EА3 holatda bog‘lanish amalga oshsa, markaziy atomning hosil qilgan burchaklari tekis uchburchak bo‘lib, burchak 120о ga teng. Bunday molekulalar odatda qutbsiz tabiatga ega. Masalan, BF3, SО3 va boshqalar.
1-jadval.
Turli molekulalarning geometrik shakli va
gibridlanish turi
Gibridlanish
turi
|
Molekulaning
geometrik shakli
|
Markaziy
atomning
joylanishi*
|
Valent
burchak,o
|
Misollar
|
sp
sp
sp
sp2
sp2
sp2
sp2
sp3
sp3
sp3
sp3
sp3
sp3
dsp2
sp3d
sp3d2
|
Chiziqli
Chiziqli
Chiziqli
Tekis uchburchak
Burchakli
Burchakli
Burchakli
Burchakli
Burchakli
Trigonal piramida
Trigonal piramida
Tetraedr
Tetraedr
Tekis kvadrat
Trigonal bipiramida
Oktaedr
|
A-Э-A
A-Э-A
A-Э-B
ЭA3
ЭA2(:)
ЭA2(:)
AЭB (:)
ЭA2(:)
ЭA3(::)
ЭAB(::)
ЭA3(:)
ЭA3(::)
ЭA4
ЭABCD
ЭA2B2
ЭA5
ЭA6
|
180
180
180
120
120dan
kam
130
120dan
kam
120
104,5
104,
107,3
104,5; 100
106
109o28
109o28
|
F-Be-F
O=C=O
H-CN
BCl3,SO3,
BF3
SO2
H2SO3
[NO2]-
H2O
HOCl
NH3,
H3O+,PCl3
HClO3
CH4,CF4,
CCl4,
SiH4,SiCl4
HClO4,
H3PO4
H2SO4
Pt(NH3)2Cl2
PF5,PCl5
K3[FeCN]6
Ba2[XeO6]
|
(:) bo‘linmagan elektronlar jufti.
Agar markaziy atom atrofida ikkita bir xil atom joylashgan va markaziy atomda bir juft bo‘linmagan elektron mavjud (:ЭА2) bo‘lsa, burchaklar o‘zgarib molekula qutbli bo‘lib qoladi. Shunday bog‘lanish SО2, NО2, H2SО3 ва HNО2 molekulalarida kuzatiladi.
sp3 gibridlanish markaziy atom to‘rtta bir xil yoki xar xil atomlar bilan o‘ralganda va bog‘lanmagan elektronlar jufti bo‘lmaganda hosil bo‘lsa (CCl4, CF4, CH4, HClО4, H2SО4, H3PО4), markaziy atom atrofida undan kamroq atomlar joylashsa ham gibridlanish sp3, lekin markaziy atomdagi bo‘linmagan elektronlar jufti hisobiga valent burchaklarda o‘zgarish kuzatiladi (NH3, HClО, HClО2, H3О+, PCl3) .
Do'stlaringiz bilan baham: |