Test savollari
1. Nima uchun elementlar asosiy va qo’shimcha guruhlarga bo’lingan?
A) tashki qavatida elektronlar soni turlicha.
B) oksidlanish darajasi turlicha.
C) elektron tuzilishi turlicha.
D) fizik xossalari turlicha.
E) yadro zaryadlari turlicha.
2. Katta va kichik davrlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
A) kichik davrda faqat s-elementlar joylashgan.
B) kichik davrda faqat p-elementlar joylashgan.
C) kichik davrda faqat s va p-elementlar, katta davrda esa, bundan tashqari d va f-elementlar joylashgan.
D) katta davrda faqat d-elementlar joylashgan.
E) katta davrda faqat f-elementlar joylashgan.
3. Kichik davrda joylashgan element atomlarining tuzilishidagi o’xshashlik va farqlarni ko’rsating?
A) elektron pog’onalari soni bir xil, tashqi elektron pog’onalardagi elektronlar soni va yadro zaryadlari har xil.
B) elektron pog’onalar soni bir xil va tashqi elektron pog’onalardagi elektronlar soni teng.
C) elektron pog’onalar soni xar xil, tashki elektron pog’onalardagi elektronlar soni xar xil bo’lib, guruh nomeriga teng.
D) elektron pog’onalar har xil va har xil miqdordagi tashqi elektronga ega.
E) elektron pog’onalari, protonlar soni bir xil, elektron va neytronlari soni har xil.
4. Davriy sistemadagi davr raqamining fizik ma’nosi kqysi holda to’g’ri ifodalangan? 1)yadro atrofidagi elektron qobiqlar soni. 2)chetki qobiqdagi elektronlar soni. 3)oxirgi qobiqdan avvalgi qobiqdagi elektronlar soni. 4)tashqi elektron qobiqning raqami.
A) 2,3. B) 1,2. C) 1,3. D) 3,4. E) 1,4.
5. Atomlarning qanday xususiyatlari davriy tartibda o’zgaradi?
A) atomning yadro zaryadi.
B) atomdagi energetik pog’onalar soni.
C) nisbiy atom massa.
D) atom yadrosidagi protonlar soni.
E) tashqi elektron qobiqdagi elektronlar soni.
6. D.I.Mendeleyev davriy jadvalining bitta guruhchasidagi joylashgan elementlarning atomlari qaysi xususiyatlari bilan o’zaro o’xshash bo’ladi? 1)yadro zaryadi bir xilligi bilan. 2)tashqi qobiqdagi elektronlar soni bilan. 3)elektron qobiqlari soni bilan. 4)kimyoviy xossalari bilan. 5)fizik xossalari bilan.
A) 1,2. B) 1,3. C) 2,3. D) 2,4. E) 3,5.
7. Davriy sitemadagi elementlarning tartib raqami ortishi bilan ularning
A) atom massasi va elektronlarning umumiy soni ortadi.
B) atom massasi ortadi, elektronlarning umumiy soni kamayadi.
C) atom massa va elektronlarning umumiy soni uzgarmaydi.
D) atom massasi kamayadi, elektronlarning umumiy soniortadi.
E) atom radiuslari kichiklashadi, massasi o’zgarmaydi.
8. Davriy sistemaning bosh guruhcha elementlarida elementlar atomlarining tartib nomeri ortib borishi bilan atomlarda qanday xususiyatlar kuzatiladi?
A) radiusi va elektromanfiyligi ortib boradi.
B) radiusi kamayadi va metallik xossasi kuchayadi.
C) radiusi ortib boradi va metallik xususiyati kuchayadi.
D) radiusi kamayadi va metallmaslik xossasi susayadi.
E) massasi ortib boradi va metallmaslik xususiyati kuchayadi.
9. D.I.Mendeleyev davriy sistemasida elementlar atomlarining radiusi va ionlanish potensiali yuqoridan pastga tushish tartibida qanday o’zgaradi?
A) ikkala xususiyat ortib boradi.
B) ikkala xususiyat kamayib boradi.
C) radius ortib boradi, ionlanish potensiali kamayadi.
D) radiusi kamayadi, ionlanish potensiali ortadi.
E) radius ortib boradi.
10. Litiydan neongacha elementlarning qaysi xossalari kuchayib boradi?
A) metallik. B) amfoterlik.
C) oksidlovchilik. D) qaytaruvchilik. E) maksimal valentligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |