CuSО4+Fе=FеSО4+Cu
CuО+H2SО4= CuSО4+H2О
Gidrometallurgiya jarayoni Cu, Аu, Аg olishda juda qo‘l keladi. Masalan, Au yoki kumush olishda ruda tarkibidagi metall avval eritmaga kompleks birikma hosil qilish orqali o‘tqazilib, songra birorta arzonroq metali (Zn) orqali eritmadan ajtatib olinadi.
4Аg+О2+8КCN+2H2О=4К|Аg(CN)2 | +4КОH
2 К|Аg(CN)2 | +Zn= К2|Zn(CN)4 | +2Аg
Аg, Аu, Cu, Zn, Cd, U, Мо ana shu usullar yordamida olinadi.
Elektrometallurgiya usulida metallarni ajtatib olishda elektrolizdan foydalaniladi. Bu usul ishqoriy, ishqoriy-yer metallari, aluminiy olishda qo‘l keladi. Bunda inert (grafit, ko‘mir, iridiy, tantal) kabi erimaydigan elektrodlar va eriydigan (Cu, Ni, Zn) elektrodlar ishlatiladi. Ba’zan elektroliz metallarni tozalash (rafinatsiya) uchun ham kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |