Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya



Download 1,86 Mb.
bet9/24
Sana09.03.2022
Hajmi1,86 Mb.
#487449
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
gistologiyadan amaliy mashgulotlar-конвертирован

4-mashg‘ulot


Kо‘p qavatli muguzlanadigan yassi epiteliy.
Epiteley tо‘qimasining bu turi odam va hayvonlar terisining yuzasini qoplab turadi. Teri asosan ikkita qalin qavatdan tuzilgan. Bulardan birinchisi tashki epiteliy hujayralardan tashkil
topgan epidermis, ikkinchisi uning ostida joylashgan asosiy qavat dermadir. Ularni bir-biridan ajratib turuvchi bazal membrana joylashgan. Epimdermis qavatning о‘zi esa bir necha qavatni tashkil etuvchi epiteley hujayralardan iborat.
Epidermis о‘ziga xos morfologik tuzilishi va fiziologik vazifalariga ega bir necha qavat xujayralardan iborat. Bu bazal xujayralar qavati bir qator bazal membranalar joylashuvi silindrsimon shaklga ega xujayralardir. Bu xujayralar ustida bir necha qavatni tashkil etuvchi о‘simtali xujayralar qavati yotadi. Undan keyin 2-3 qavatni tashkil etuvchi donador hujayralar qavati, sо‘ng yaltiroq va muguzlangan xujayralar qavati bor. Bazal xujayralar bо‘yi uzun, bir- birlariga teng shakli silindrsimon bо‘lib, bazal membranada bir qator bо‘lib joylashgan. Bu xujayralar kо‘payish xususiyatiga ega. U yuqoridagi qavatda tо‘kilib turuvchi xujayralar о‘rnini tо‘ldirib turadi. Bazal xujayralar ustki qavatni tashkil etuvchi о‘simtali xujayralar qavati bir necha qavat xujayralardan iborat. Ular pastdan yuqoriga qarab о‘z shaklini о‘zgartirib boradi. Bazal xujayralarning yon tomonlaridan ham xujayralararo bо‘shliqqa kо‘pgina mikrovorsinalar о‘sib chiqadi. Bu barmoqsimon о‘simtalar va mikrovorsinalar terining pastki qavatidan oziq moddalarni sо‘rib, yuqori qavat xujayralariga uzatadi.
Bazal xujayralar doimo bо‘linib turadi, shuning uchun uchun ularni kombial, ya’ni bо‘linish xususiyatiga ega xujayralar deyiladi. Bazal xujayralar qavatidan sо‘ng ikkinchi ya’ni tikanli hujayralar keladi. Bu esa bir necha qavat xujayralardan tashkil topgan. Bu qavatni tashkil etuvchi xujayralar notо‘g‘ri shaklda, о‘zidan qanotsimon (tikansimon) о‘simtalar chiqarib, atrofdagi xujayralar bilan tutashib turadi va tо‘qima mustaxkamligini ta’minlaydi. Keyingi qavat xujayralari donador qavatni tashkil etadi. Bular xujayralari sitoplazma tо‘k bо‘yaladigan kо‘pgina yirik donachalar bо‘ladi. Ular fibrilyar oqsil moddasidan tashkil topgan bо‘lib, unga keratogialin donachalari deyiladi. Bu xujayralar bir necha desmosomalar yordamida bir-biri bilan birikib tо‘qroq bо‘yaladigan yadroga ega. Sitoplazmasida donachalardan tashqari kо‘p miqdorda ipsimon mayda strukturalar uchraydi, ular protofibrillalar yig‘indisidir.
Yaltiroq qavatni tashkil etuvchi xujayralar yaxshi kо‘rinmaydi. Tarkibida yaltiratib turuvchi eleydin moddasi kо‘p bо‘ladi. Oxirgi beshinchi muguzlangan xujayralar qavati ancha qalin bо‘lib, och pushti ranggga bо‘yalib turadi.
Xujayralar chegarasi aniq kо‘rinmaydi. Yuzasidagi xujayralar esa asta-sekin tо‘qilib turadi, ularning о‘rni pastki qavatdagi xujayralar bilan tо‘ldirib turiladi. Muguzlanuvchi qavat ichi muguz moddasi va xoanadan iborat. Yassi xujayralardan tashkil topgan. Terining yuza qismida joylashgan muguz tangachalar doim yonida joylashgan xujayralardan ajralib tushib, ularning о‘rnini о‘sish vaqtida xosil bо‘lgan xujayralar tо‘ldirib turadi. Bu jarayon organizm oxirigacha sodir bо‘lib, bunga teri epidermisining fiziologik regenerasiyasi deyiladi. Teri epidermisning
qavatini mikroskopik tuzilishi organizmni har xil tashqi ta’sirdan himoya qilishga moslashgan. (4- rasm)
Terining nihoyatda egiluvchan xujayralari zich joylashgan bо‘lib, kasallik qо‘zg‘atuvchi har xil mikrorganizmlarni о‘zidan о‘tkazmaydi. Shu bilan birga u terini qurib qolishdan saqlaydi va organizmning termoregulyasiyasini tartibga soladi. Har xil omillar tashqaridan ta’sir etishi natijasida muguzlanish jarayonini tezlatish yoki sekinlatish mumkin. Karbonad angidrid A vitamini yetishmasligi va gidrokartizon hamda esterogen garmoni bu jarayonni tezlatsa, rentgen nuri sekinlashtiradi.

4-rasm. Kо‘p qavatli muguzlanuvchi yassi epiteliy Barmoq terisidan tayyorlangan preparat.


1-muguz qavat, 2-yaltiroq qavat, 3-donador hujayralar qavati,
4-tikansimon hujayralar qavati, 5-bazal hujayralar qavati, 6-bazal membrana, 7-ter bezlarining chiqaruv kanalchalari, 8-biriktiruvchi tо‘qima. (E.Qodirovdan, 1994)

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish