Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya


-mashg‘ulot Ichki muxit tо‘qimasi



Download 1,86 Mb.
bet13/24
Sana09.03.2022
Hajmi1,86 Mb.
#487449
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
gistologiyadan amaliy mashgulotlar-конвертирован

7-mashg‘ulot Ichki muxit tо‘qimasi.


Bu tо‘qima turli hujayralardan asosiy moddadan tuzilganligi uchun ularni maxsus usullar bilan bо‘yab о‘rganiladi. Biriktiruvchi tо‘qima tuzilishi va bajaradigan vazifasiga bir-biridan farq qiluvchi suyuq tо‘qima qon va limfa, yumshoq yoki g‘ovak biriktiruvchi tо‘qima retikulyar yoki tо‘r tо‘qima, pay va boylamlar, tog‘ay va suyak tо‘qimalari kiradi. Bularning hammasi bitta embrional kurtak mezinximadan rivojlanganligi sababli ularni biriktiruvchi tо‘qima deb ataladi. Qon yaratuvchi a’zolar suyak kо‘migi, limfa tugunlari taloqdan hosil bо‘ladi.
Qon odamda, hayvonlar organizmida harakatlanib turadi. Ana shu harakati tufayli uning tarkibi о‘zgarib turadi.

Baqa qoni


Barcha tо‘qimalar qatori qon ham о‘z navbatida organizm tо‘qimalari qatoriga kiradi va shuning uchun ham ular qatorida о‘rganiladi. Qon ikki qismdan oraliq qismini tashkil etuvchi suyuq plazma va unda erkin suzib yuruvchi shaklli elementlar ya’ni qizil qon tanachalari – eritrositlar, oq qon tanachalari – leykositlar va qon plastinkalari trombositlardan iborat. Qon tayyorlangan preparatni oldin mikroskopning kichik obyektivida sо‘ngra kata immersion sistema orqali kо‘rinadi. Preparatda kо‘p miqdorda har xil joylashgan eritrositlarni kо‘ramiz. Eritrositlar odatda ovalsimon ikki tomoni bо‘rtiq shaklda bо‘lib, sitoplazma qismida bir tekisda joylashgan nafis pigmenti gemoglobin moddasi bilan tо‘lgan. Ularning о‘rta qismida esa hujayra shaklini egallagan yadrosi joylashgan. (8-rasm) Eritrositlar orasida och binafsha rangga bо‘yalgan leykositlar uchraydi. Mikroskopning katta obyektivi orqali qarab leykositlarni turli xil shakllarini farqlab olish mumkin.

8-rasm. Baqa qoninig surtmasi


1-eritrositlar, 2-limfositlar, 3-monosit, 4-granulosit, 5-trombosit.


8-mashg‘ulot


Odam qonining bо‘yalgan surtmasi.
Bu preparat ikki tomoni botiq, tо‘q qizil rangga bо‘yalgan qizil qon tanachalari - eritrositlardan va ulardan ancha kam uchraydigan boshqa shaklli elementlardan iborat. Eritrositlar о‘ziga xos о‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bо‘lgan qobiq, ya’ni sitoplazma bilan о‘ralgan. Eritrositlarga qizil rangni uning tarkibidagi gemoglobin beradi. Gemoglobinning asosiy qismi eritrositlarning periferik qismida joylashgan bо‘lib, markaziy qismida oz shuning uchun
uning о‘rtasi ochroq bо‘yalgan bо‘ladi. Odam qoni eritrositlarida yadro va xujayra taraqqiyot davrining oxirgi stadiyasida xujayradan chiqib ketib, ularnnig о‘rnini ham gemoglobin egallaydi. Leykositlarni kо‘rish uchun preparatni kata obyektiviga qо‘yib, asta-sekin kо‘rilsa, binafsha ranga bо‘yalgan oq qon tanachalari leykositlar kо‘rinadi.
Leykositlar qizil qon tanachalaridan farqli о‘laroq о‘z yadrolari bilan ajralib turadi.
Preparatda donador va donasiz leykositlarni kо‘rish mumkin.
Donador leykositlar sitoplazmasiga katta-kichikligi turlicha bо‘yalgan donachalar kо‘rinadi. Donador leykositlar neytrofil, eozinofil va bazofillar kiradi. Neytrofil sitoplazmasi eozin buyog‘ida pushti rangga bо‘yalgan mayda donachalar bilan tо‘lgan yadrosi bir necha bog‘lamlar orqali tutashgan bо‘g‘imlardan iborat. Bо‘g‘imlarning soni hujayrasining yoshiga qarab kо‘payib boradi. Qon surtmasida yaxshi tabaqalanmagan yadrosi tayoqcha yoki taqacha shaklidagi yosh neytrofillar ham uchraydi. Bazofillar qon surtmasida juda kam uchraydi, shuning uchun ularni topish qiyin. Donasiz leykositlarga limfosit va monositlar kiradi. Limfositlar uch xil formada uchraydi: kichik о‘rta va katta limfositlar. О‘rtasida katta yadro bо‘ladi. Monositlar leykositlarning ichida eng kattasi. Yumaloq shaklida о‘rtasida katta yadrosi bor. Trombositlar notо‘g‘ri shaklda mayda donachalarga ega, binafsha rangga bо‘yalgan, odatda bir nechtalab uchraydi.
Trombositlar (qon plastinkalari) mikroskop ostida dumaloq, ovalsimon, duksimon yoki notо‘g‘ri shaklli, juda mayda, rangsiz guruh-guruh yoki alohida-alohida tanachalar shaklida kо‘rinadi. Ularning diametri 1-4 mk atrofida. Trombositlar 1mm3 qonda 150-400 ming dona bо‘ladi. Ular yorug‘lik mikroskoplarida deyarli kо‘rinmaydi. Elektron mikroskop ostida о‘rganilganda trombositlar markaziy donador bо‘yaluvchi plastinkalar asosini tashkil qiluvchi bо‘yalmaydigan qism gialomerga bо‘linadi. (9-rasm)

9-rasm.Odam qonining bо‘yalgan surtmasi.
1-eritrositlar, 2-limfositlar, 3-monosit, 4-neytrofil leykosit, 5-eozinofil, 6-bazofil, 7- trombosit. (E.Qodirovdan, 1994)

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish