Gibbs-Konovalovning 1-qonuni: to‘yingan bug‘ sistemaga qo‘shilganda, uning umumiy bosimini oshiruvchi komponent bilan boyigan bo‘ladi yoki aralashmadagi komponentlardan qaysi biri aralashmaga qo‘shilganda aralashmaning bug‘ bosimi ko‘tarilsa yoki qaynash harorati pasaysa, bug‘da o‘sha komponent ko‘p bo‘ladi. Gibbs-Konovalovning 2-qonuni: umumiy bosimning ekstremum nuqtalarida suyuqlik va bug‘ning tarkiblari bir xildir. Gibbs-Konovalovning 3-qonuni: T=const va р=const da suyuq va gaz fazalarining tarkibi mos ravishda o‘zgaradi. Ushbu qoidalarning bajarilishini yuqorida keltirilgan diagrammalardan kuzatish mumkin. Masalan, 1-qonundan faqat ideal suyuq eritmalar uchun gaz fazaning uchuvchan komponent bilan boyishigina emas, balki azeotrop hosil qilishi mumkin bo‘lgan eritmalar tarkibi o‘zgarishining barcha qonuniyatlari ham kelib chiqadi. Masalan, umumiy bosimida maksimum bo‘lgan aralashma-larda
Do'stlaringiz bilan baham: |