Ideal suyuq eritmalar ichida gaz va suyuq fazalari tarkib-larining tengligi faqat ikkala komponent bug‘ bosimlari bir xil р01=р02 bo‘lgan aralashmalarda kuzatiladi. Gaz fazasi doimo uchuvchan komponent bilan boyigan bo‘lishi juda ham tabiiy holdek ko‘rinadi, ammo bu tabiat qonuni emas. Real sistemalar juda ham turli-tuman xossalarga ega va tajriba natijalariga ko‘ra, gaz fazasi uchuvchanligi kamroq komponent bilan ham boyigan bo‘lishi mumkin ekan. Noideal eritmalarda parsial bosim ideal eritmalarnikiga nisba-tan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin, ammo u toza komponent-nikidan doimo kichikdir. Shu sababli, parsial bosimlar tarkib funksiyasi sifatida ekstremumlarga ega emas, umumiy bosim esa minimum va maksimumlardan o‘tishi mumkin. Raul qonunidan ikkala komponent bo‘yicha musbat chetlanishlarda ( va ) umumiy bosim maksimumdan o‘tishi va yoki lardan oshib ketishi mumkin. Bunday holat azeotropiyaning hosil bo‘lishiga olib keladi: eritmaning ma’lum tarkibida suyuqlik va bug‘ bir xil tarkibga ega bo‘lib qoladi, ya’ni suyuqlik komponent-larga ajralmasdan haydaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |