Qo‘llanilidagan ta’lim texnologiyalari va metodlari: (aqliy hujum, mantiqiy fikrlash)
Adabiyotlar:А1;А2;А3;А4;Q1;Q3;Q4;Q12;Q18;Q23;Q26;Q27;Q28;Q29;Q30;Q315;Q34;Q35 Osvald Shpengler 1880 yilning 29 mayida Gori yaqinidagi mo'jazgina Blankerburg shahrida tug'iladi. 1887 yilda Shpingler oilasi zost shahriga ko'chib o'tishadi. Shpengler bu erda gimnaziyaga o'qishga kiradi. U yillar o'tgach yana Goriga ko'chib o'tishadi. Shpengler Latinadagi o'quv bilim yurtida o'qiydi. Bu o'quv bilim yurti o'z asoschisi ilohiyotchi, pedagog Avgust German Farnke nomida edi. Bu erda qadimiy tillar chuqur o'rgatilar edi. O. Shpengler nemis faylasufi va XX asr tarix falsafasi kontseptsiyasining namoyandasi hisoblanadi. 1904 yilda Shpengler Garida “Geraklit falsafasining metafizik g'oyasi” mavzusida imtixon topshirib, gimnaziyada tabbiy fanlardan, matematika, tarix va nemis tilidan dars berish huquqiga ega bo'ldi. 1908 yildan 1911 yilgacha Gamburgdagi Genrix Gerts gimnaziyasida dars beradi keyinchalik u bu ishni tashlab yozuvchilik bilan shug'illanadi. Shpengler keyinchalik Myunxenga ko'chib borib, u erda hech kim bilan muloqotga kirishmay “Evrpoaning so'nishi nomli mashxur asarining qoralama variantini yozadi.nihoyat bu kitobning birinchi jildi 1918 yilda nashr qilindi va u muallifga shon – shuhrat keltiradi. 1919 yilda “Prusschilikva sotsializm” nomli uncha katta bo'lmagan asarini yozadi. 1922 yilda esa, “Yevropaning so'nishi asarining ikkinchi jildinashrdan chiqadi. 1925 yilda Shpengler siyosatdan qatiy ravishda uzoqlashadi. U o'z diqqatini ilmiy faoliyatga qaratadi. Shpengler falsafaning metafizik masalalari to'g'risida yakunlanmagan qisqa asarlar yozadi. Shu bilan bir qatorda Shpengler etnologiya, masalalari bilan ham shug'illandi. Bu faoliyat uni dunyoning yangi tarixini ishlab chiqishga olib keladi. Uning bu g'oyasi bir necha maqolalarida o'z aksini topadi: “Amerika madaniyati”, “Falak gardishi va uning dunyo tarixidagi axamiyati”, “Xristianlikning ikkinchi ming yilligida dunyo tarixi masalalariga oid lavxalarda bu maqolalar birlamchi savollarda nomli to'plamda nashr qilinadi. O. Shpengler – Yevropaning so'nishi. Shpengler falsafasining markaziy mavzusi – tarix lekin tarix madaniyat orqali tushuntiriladi. Xar bir madaniyat aylanma harakatga ega, yani tug'iladi, ravnaq topadi va halokatga yuz tutadi. Yevropa madaniyati ham oxirgi uchinchi bosqichni o'z boshidan kechirmoqda. Tarix taqdirga o'xshamaydi. Har bir madaniyat o'z qobig'iga joylashgan boshqa madaniyatga o'z yutuqlarini bera olmaydi. Shpengler o'zining tarixiy kontseptsiyasini yaratganda ko'pgina falsafiy masalalrni ko'taradi. Jumladan, ijtimoiy – siyosiy muammolar ham o'ziga xos ravishda madaniyat tushunchasi orqali o'z echimini topgan. “Yevropaning so'nishi” asari nashr etilishi nafaqat Germaniyaning turli qatlamlari orasida, balki rus ziyolilari orasida ham katta qiziqish uyg'otdi. Tarix falsafasini yaratishda u mistik intuitsiyaga tayandi. Huddi ana shu uslub unga katta muvaffaqiyat olib keldi. “Yevropani so'nishi” asrida Shpengler etiborini Yevropa madaniyati taqdirini ochib berishga qaratilgan. Asarning boshlanishi u ” hali hech kimning miyasiga tarixni tushunishdagi bunday inqilobiy fikr kelmagan”, - deydi, u o'zining tarixiy talimotini o'zi bilgan talimotlarga qarshi qo'ydi. Lekin ayrim g'oyalarni Nitsshe va Gyotedan olganligini tan oladi. Shpengler tabiat haqidagi fanlarga ruh haqidagi fanlarni qarshi qo'yadi. Tabiat va tarix faqatgina subektning ongidagina kechinmalaridagina o'z voqeligini oladi. Mustaqil reallik sifatida ular mumkin emas, faqat ruhdagina mavjud, yani subektsiz obekt mumkin emas” subekt “umuman ongdir”, dunyo asosida “men” yotadi, ana shu “men”orqali u o'zini nomayon qildi. “Men” – yakka ong emas, balki halq, madaniyat, insoniyat va turli kechinmalar Shpenglerning asosiy g'oyasi tarix, alohida yashirin madaniyatlarning almashinuvidir. U tarixni uzluksiz jarayon sifatida inkor qiladi va tarixiy taraqqiyotni ham inkor qiladi. Shpengler fikricha, g'arb odami uchun tarix butunlay o'zgacha ko'rinishga ega. Tarixning markazi “dunyo tarixining” bitta kichkina sayyoradagi olti ming yilligini tashkil qildi. Shu manzara, Shpengler takidiga mohiyatan, bizning uyg'oq ongimiz mahsulidir. Shu asosda g'arb ruhi o'zini anglaydi, shu zaruriy shakl orqali mavjudlikni mushohada qiladi. Tarixni faqat his etish kerak, tarixda faqat yashash kerak. Shpengler uchun tarixni bilish uslubi o'xshashliklardir (anologya) shunday qilib qarixiy voqealarni taxlil qilganda, ularning ichki qonuniyatlari, mantiqiy bog'liqliklarini qidirmasdan balki, o'xshashlikni paralellarini topishga xarakat qilish ana shu asosda tarixni yaratish kerak. Shpenglerning fikricha uni “Hayot falsafasi” namoyandalariga yaqinlashtiradi, lekin shu bilan bir qatorda farqi xam bordir, yani tabiat bilan tarix ziddiyati ularning obektlarida emas, balki bilish uslublarida farqlanadi. “Tabiat va tarix – deb yozadi Shpengler – mana shu ikki qarama – qarshi uslub, o'ziga borliqni tartibga solishga urinadi. Agar xar bir vujudga kelayotgan jarayonni mavjudlik nuqtai nazaridan ko'radigan bo'lsak, borliq tabiatga aylanadi, imkoniy vujudni zaruriy vujudga (jarayonga) bo'ysundirsak tarix bo'ladi, deydi Shpengler. Jumladan tafakkur ishga solinsa, uning o'lik tushunchalari va qonuniyatlari tabiatni tushuntirishga xarakat qiladi. Ichki ishlarimizga, hissiyotimizga, intuitsiyamizga murojaat qilsak ko'z o'ngimizda tarix namayon bo'ladi. Tabiat tafakkur faoliyati natijasidir, bilish oqibatidir. Tarix esa mushohada, intuitsiya natijasidir. Xar bir madaniyatning hayotini taqdir boshqaradi. Taqdirni Shpengler fikricha his qilish kerak. Agar kim uni his qilmasa, tarix bilan shug'illanmaslik, tabiatni bilishga o'rganish mumkin lekin tarixchi bo'lib tug'ilish kerak. Tarixchining kuchi shundan iboratki, u ongsizlik darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har qanday inson ham ishlay olmaydi. Tarixning mazmuni uning ruhida namoyon bo'ladi. Madaniyat ruhiyatning tashqi ko'rinishidir. Shpengler sakkizta madaniyatni sanab o'tadi. Bular Xitoy, Bobil, Misr, Hind, antik, arab, g'arb va maya halqining madaniyatidir. Rus madaniyati haqida haqida alohida etibor bilan gapiradi. Har bir madaniyat qaytarilmas, o'ziga xos va yagonadir. Har bir madaniyatning asosida o'ziga xos ruxiyat yotadi. Masalan antik madaniyatda – Apollon ruhiyati arab madaniyatida mistik (afsungarlik) ruhiyati g'arb madaniyatida – Faust ruhiyati yotadi. Shpengler tarixchi va faylasuflarni butun dunyo tarixini “Qadimgi va yangi davr” tarixiga ajratishlarni tanqid qiladi. Bu ajratish faqat g'arb mamlakatlariga xosligini Shpengler yozadi va shu erda g'arb tarixchilarining Yevropa markazchiligi tamoyilini tanqid qiladi. Shpenglerning “Yevropaning so'nishi” asari nafaqat tarix falsafasiga bag'ishlangan, unda siyosiy masalalar ham ko'tarilgandir. U so'z boshida shunday yozadi: “Bu kitobda kelajak tarixni aniqlashga xarakat qilingan, vazifa shundan iboratki, nihoyasiga etayotgan er yuzasidagi yagona madaniyatning, yani g'arbiy Yevropa madaniyatining taqdirini o'rganishdir”. Muammo g'arb xalokati tsivilizatsiya masalasiga kelib taqaladi. U ko'xna tarixning asosiy masalalaridan biridir. Har bir madaniyatning o'z tsivilizatsiyasi bo'ladi. Tsivilizatsiya eng oxirgi, eng suniy holatdir. Tsivilizatsiya eng madaniyatli insonlarga xosdir. Shpengler tsivilizatsiya haqida gapirib, shahar to'g'risida ham fikr yuritadi. Yani shahar o'zlikni yo'qotishlik sifatida ruhiyatning o'lishi sifatida paydo bo'ladi. “Madaniyat – ruhiyat, tsivilizatsiya esa tafakkurdir” – deb yozadi Shpengler. G'arbda madaniyatdan tsivilizatsiyaga o'tish qadimda qadimda – VI asrda sodir bo'lgan. Shahar tsivilizatsiyaning oqibatidir.madaniyatli insonda quvvat inson ichiga yo'naltirilgan tsivilizatsiya inikosida esa quvvat tashqariga yo'naltirilgan. Xayot imkoniyatni amalga oshirishdir, tafakkurli insonlarda imkoniyat cheksiz kengdir. Shpengler qatiy ravishda umumdunyo tarixini inkor qiladi. U shunday yozadi: “Insoniyat men uchun zoologik birlikdir”. Men g'arbiy Yevropa faylasuflarining fikrlarida insoniyat ravnaqi, maqsadi va yo'llarini ko'rmayapman. Tarixni ananaviy tarzda qadimgi, o'rta va yangi davrga bo'lishni Shpengler juda tor doiradagi provintsializmga kiritadi. Uning uchun yagona insoniyat tarixi yo'q, faqat alohida ajralgan madaniyatlar mavjuddir. Ular tasodifan paydo bo'ladi, rivojlanadi va xalok bo'ladi. Misoli dalada o'sgan gul taqdirini boshidan kechiradi, o'simliklar, hayvonot olamiga o'xshash morfologik organizmlar bo'lgani kabi tarixda ham xuddi shunday organizmlar mavjud, bu tarix morfologiyasi har bir madaniy organizm uchun davr va bosqichlarni belgilaydi. “Har qanday madaniyat – deb yozadi Shpengler, - insondek hayot kechiradi. Ularning o'z bolaligi, o'smirligi, o'rta yoshi va qariligi bo'ladi”. Shpengler fikricha yagona falsafiy taraqqiyot yo'li mavjud emas. Shu jumladan turli madaniyat mutafakkirlari uchun yagona masalalar ham yo'q. Sanat asarlari, ahloqiy tamoyillar kabifalsafiy masalalarni ham faqat o'z dari ruhiyatida aks ettiradi. Shuning uchun ham, - deydi Shpengler tabiat bilan ruxning ziddiyati faqatgina bizning faylasuflarimizni qiziqtiradi. Boshqa madaniyat faylasuflari uchun bu masala qiziqish ham uyg'otmaydi, uni anglamadilar ham. Xar bir masala o'z davrining faqat o'z davrining inikosidir. Xar bir shunday falsafa - deb yozadi Shpengler - birinchi so'zidan to ohirgi jumlasigacha mavhum mavzulardan o'ziga xos xususiyatlarigacha, tarixiy chegaralangan insoniyatning sof belgisidir, shuning uchun ham ular o'tkinchidir, ular o'z hayotiy davriyligiga harakat tezligiga ega. Har bir davrning o'zining mavzusi bor ushbu mavzu faqat shu davr uchun ahamiyatga egadir. Paydo bo'lgan madaniyatning taqdiri qanday bo'ladi? qanday yo'lni bosib o'tadi? Shpengler fikricha, bu yo'l uch davrdan iborat. Birinchisi, eng uzundir. Bu davr tayyorlov davridir, yani xaos (tartibsizlik) ning dastlabki xolati, bolalik va va kuchning to'planishidir. Keyin madaniyat davri boshlanadi. Bu davr muayyan madaniyatning berilgan ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va amalga oshirishdir, suratli ijodiyotdir. Ana shu davrda hamma manaviy qadriyatlar shakllanadi, diniy etqodi mustaxkamlanadi, metafizik tizimlar tuziladi, sanatning noyob sohalari, asarlari vujudga keladi. So'ngra, madaniyat o'zining uchinchi oxirgi davriga qadam qo'yadi – orqaga ketish davri, yani tsivilizatsiya davri boshlanadi. Bu davrda manaviy hayot so'na boshlaydi, diniy etiqod susayadi, falsafiy talimotlar yuzaki bo'lib qoladi, sanat xam o'ladi. Quruq ratsionalizm va materializm dunyoqarash asosini tashkil qiladi. Hayotning tashqi tomonlari ichki ruhiyatni engib boradi. Har bir madaniyat davri, hayoti, Shpengler fikricha 1000 yilni tashkil qiladi, tsivilizatsiyaning oxirgi davri 200-300 yilni tashkil qiladi. Har bir madaniyat, taqdir taqozosi bilan bir xil davrni boshidan kechiradi. Shpenglerning tarix falsafasini asosiy g'oyasi shulardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |