Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o



Download 3,94 Mb.
bet93/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

Kutilayotgan natija: Talabalarga Tarix darsi, tuzilishi, uning turlari va zamonaviy talablar haqida tushunchalar hosil qilish.
Material va jihozlar:
Qo’llanmalar, tarixiy xarita, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, doska, bo’r.
Eng muhim tushunchalar va atamalar:
I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: “Jahon hafta ichida” xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash, mavzu bo’yicha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu bayoni;
Tarix о‘qitish metodikasi fanining hozirgi jamiyatdagi holati va rolini tahlil etishga kirishmoqdan oldin, hozirgi zamon va о‘tmishdagi mashhur mutafakkirlarning bu muammoni qanday sharhlaganliklarini eslaydigan bо‘lsak, Sitseron «tarix — hayot murabbiysidir» deb atagan bо‘lsa, Leonardo do Vinchining fikricha «о‘tgan davr va jahon mamlakatlari о‘tmishini bilmoq inson ko’rki va uning aqliy mahsulidir». Rus tarixining otasi N. M. Karamzin bu borada fikr yuritar ekan «Tarix xalqlarning muqaddas kitobi bо‘lib, ularning hayoti va faoliyatlarining kо‘zgusi, ota bobolarining avlodlarga qoldirgan kashfiyotlari va odob-axloqlaridan lavhalar bо‘lib, hozirgi davrni sharhlash va kelajakka namuna bо‘lib xizmat qiladigan, tо‘ldiradigan zaruratdir» deb yozgan. V. G. Belinskiy esa, «bugungi kunni tushunmoq va kelajagimiz tоg'risida ishoraga ega bо‘lmoq uchun о‘tmishimizni sо‘roqlab surishtirmog’imiz lozim»ligini qayd etadi. V. O. Klyuchevskiy «avlodlarimizni о‘rganib, о‘zlikni — о‘zimizni anglaymiz. Tarixni bilmasdan turib, biz о‘zimizni bu dunyoga nega va nima uchun kelganligimiz, qanday qilib va nimaga intililayotganimizni aniq anglamog’imiz kerak» deydi.
Tabiiyki, yosh avlodda fuqarolik histu-tuyg’ularini tarbiyalash va о‘zi tug'ilib о‘sgan Vatanga sadoqat, fidokor shaxsni shakllantirish har bir jamiyatning diqqat markazida bо‘lib kelgan va shunday bо‘lib qoladi. Shunday ekan, XIX asrning ikkinchi yarmida О‘rta Osiyoni bosib olgan Chor Rossiyasi va 1917 yildan hukmronlikni о‘z qо‘liga olgan bolsheviklar nartiyasi О‘rta Osiyo xalqlarini 150 yil davomida tutqunlikda ushlab to'rgan davrda ham bunday masala e’tibordan chetda qolgan emas edi.
Tarixiy faktlarga murojaat qiladigan bо‘lsak, Rossiyada tarixdan dastlabki, original о‘quv qо‘llanmasi XVII asrning 70 yillarida yaratilgan bо‘lib, «Sinopsis» (lotincha sinopsis — tо‘plam, turli mualliflarning maqolshtar tо‘plamining umumiy qarashi), ya'ni tarixiy voqealarni sharxlash deb atalganligini guvohi bо‘lamiz. Bu о‘quv qо‘llanmasida Rossiya va Ukraina xalqlari tarixi qisqacha bayon etilgan bо‘lib, 30 marotabadan ortiq qayta nashr etilganligining guvohi bо‘lamiz.
«Sinopsis»ni tuzgan mualliflar о‘z о‘quv qо‘llanmalarida jadval tuzib, jadvalda tarix о‘qitishdan asosiy maqsad о‘sha davrda rus knyazlari va ukrain gersoglarining ism shariflari, yashagan davrlarini ifoda etadigan sanalarni atohida qayd etishga harakat qilganlar.
XVIII asrrda Rossiyada tashkil etilgan о‘rta о‘quv tashkilotlarida tarix о‘qitish joriy etilgan bо‘lib, umumiy tarix va rus tarixining mustaqil kurslari ham о‘qitila boshlangan edi. Ana shunday rus tarixidan yaratilgan darsliklardan birining muallifi M. V. Lomonosovdir.
1760 yilda M. V. Lomonosov tomonidan «Rossiyaning qisqacha yilnomasi»1 nashr etilib, bu kitob darslik sifatida XVIII asr­ning oxiriga qadar keng foydalanildi. Faqatgina 1799 yilga kelib M. V. Lomonosovning bu darsligi ommaviy bilim yurtlari uchun chiqarilgan «Rossiyaning qisqa tarixi»2 nomi bilan yaratilgan darslik bilan almashildi.
Rus demokratlaridan V. G. Belinskiy va A. I. Gersen faoliyatlarida ham Rossiya tarixida jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch samoderjaviya yoki cherkov bо‘lmasdan, balki, mehnatkashlar ommasining harakatlarifaoliyatlari ekanligiga kо‘p marotaba atroflicha bayon etib bergan edilar. Shuning uchun ham ular maktabda tarix о‘qitishda о‘quvchilarga birinchi galda rus xalqining eng iqtidorli namoyondalarini kо‘rsatib, ularga xalq ommasining mehnatda va ijodiy faoliyatlarida kо‘rsatgan fidoyiliklari va ayniqsa, mehnat faoliyatlaridagi yaratuvchilik imkoniyatlari, chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan qahramonona kurashlari bilan atroflicha tanishtirish yoshlarni vatanparvarlik yо‘lida tarbiyalashga alohida e’tibor berish lozimligini atroflicha tushuntirib о‘tdilar.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida jamiyat taraqqiyotiga demokratik munosabatda bо‘lgan olimlardan M. N. Pokrovskiy, N. A. Rojkov, M. M. Kovalevskiy va mustaqil sotsiologik deb yuritiladigan yо‘nalish vakillaridan biri R. Y. Vipperlar tarix fanini о‘qitish metodikasi va mazmunini umuman qayta kо‘rib chiqib, ta’lim-tarbiya tizimiga joriy etish g’oyasini kо‘tarib chiqdilar. Bularni tarixni о‘rganishga nisbatan qarashlari, g'oyalari, talabalar tomonidan tarixiy haqiqatni faqatgina bilimlarni о‘zlashtirish orqali olishdangina iborat bо‘lib qolmasdan, balki amalda talabalarning tarixdan olgan bilimlari ularning shaxsiy hayotlarida amaliy ahamiyat kasb etishi lozimligini atroflicha kо‘rsatib berishdan iborat edi. Ular jumladan maktab tarix kurslarida iqtisodiy masalalardan kо‘proq bilim berishni, iqtisodiyotning ja­miyat taraqqiyotidagi о‘rni va rolini atroflicha ochib berishga, shuningdek talabalarni turli tarixiy manbalar ustida mustaqil ishlashlarini tashkil etish yо‘li bilan ularda tahliliy tafakkur qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan edi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish