Kutilayotgan natija: Talabalarga Antik tarix falsafasining mohiyati haqida tushunchalar hosil qilish.
Material va jihozlar:
Qo’llanmalar, tarixiy xarita, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, doska, bo’r.
Eng muhim tushunchalar va atamalar:
Tarix falsafasi, Antik davr, Gerodot, Tatsit, Tit Liviy, Polibiy,
I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: “Jahon hafta ichida” xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Tarix falsafasi fani bo’yicha talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
III. Yangi seminar mavzusining qisqacha bayoni:
Greklarning tasavvuricha tarix fan emas, balki sanatdan va pand – nasihatdan iborat, shu sababli qadimgi greklar boshqa fanlar singari tarixning ham o'z muzasi bor, bu muza Kliodir (Qadimgi yunon-Clio, "ulug'vorlik"). Klio boshqa muzalar bilan bir qatorda sanatlar xudosi Apolon ayonlari orasida bo'lgan, deb hisoblaganlar. Greklar tarixiy voqealar to'g'risida chiroyli va pand – nasixatli hikoyani xammadan ko'proq qadirlaganlar. Ular tarixning asosiy vazifasi pand – nasixatdan iborat deb hisoblaganlar.
Dastlabki vaqtlarda logograf deb ataluvchi kishilar (logos -so'z, grafo- yozaman demakdir) shaharlarning odatda o'zlari tug'ilgan shaharlarning tarixi to'g/risida yozganlar. Logograflar eramizdan avvalgi VII asrda va V asrning boshlarida yashaganlar. Ular biron shaharning tarixini yozganlar, lekin ular bu tarixni afsona bilan aralashtirganlar.
Geradot ilmiy tarixning yaratilishi. Geradotni biz tarixchi sifatida yaxshi bilamiz. Uning to'qqiz tomli tarix asarining har biri yuz ellik va undan ortiq hikoya, rivoyat va o'ziga xos tarixiy novellalarni o'z ichiga oladi. Geradot o'rta Osiyo haqida muhim malumotlar keltiradi. Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyatda bebaxo va qadrli. Geradotning ‘skiflar’ asari jahon xazinasida munosib o'rin tutgan, bu asar juda ko'plab tillarga tarjima qilingan. Skiflarni birinchi bo'lib, jahonga tanitgan ham Geradotdir, XVII-XVIII asrlardayoq rus imperatorlari Geradotning “skiflar” asarini juda katta qiziqish bilan o'qishgan va juda ko'p nushalarda tarjima qilishga buyuruq berishgan. Natijada, asar bir necha marta tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etiladi. Skiflar haqida Geradotdan ilgari Yunon olimlari Gomer, Esxil ham yozganlar, lekin skiflarning xaqiqiy va birinchi targ'ibotchisi Geradot edi. Geradotning “skiflar” asarining uslubi, undagi hikoyalarning xarakterli xususiyatlari haqida bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari yuzaga keldi. Bu ilmiy tadqiqotlar ichida ayniqsa, I. Ya. Timoshenkoning “Geradot va uning asari” Vitold Klingerning “hikoyachilik motivlari” asarlari shuningdek, sharq halqlarini tarixiy hikoyalari” kabi juda katta axamiyatga ega bo'lgan ijod durdonalari yuzaga keldi. Geradot katta ishga qo'l uradi.
Polibiy. Eramizdan avvalgi II asrning ikkinchi yarimida Polibiy “umumiy tarixni” yozgan. Unda eramizdan avvalgi 264-146 yillardagi voqealar bayon qilingan. Uning bu asari ilmiy tadqiqotdir. Polibiy grek istoriografiyasining eng yaxshi ananalariga amal qilgan. Ammo uning siyosiy qarashlari Rim jamiyatidagi konservativ tabaqalarning manfatlarini ifoda qilgan. Polibiy Rimning o'rta dengiz sharqiy qismining hayotiga aralashishini kuzatib, unda Rim hokimiyati o'rnatilishi muqarrar degan hulosaga kelgan. U o'zining asrida Rimning bir qancha qabilalar va halqlarni o'ziga bo'ysundirilishining sabablarini ko'rsatib berishga, yani rim davlatining vujudga kelish tarixini yaratishga xarakat qilgan.. Yani tarix “nasixat berishi” “o'rgatishi” mumkin amaliy jihatdan foydali bo'lishi mumkin deb faraz qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |