Motivatsiyaning instrumental turi bu ehtiyojni qondirishni ta’minlashga imkon beradigan daromad olish vositasi sifatida mehnatga boʻlgan munosabatdir. Kollektivistik turtki turi – mehnat мotivatsiyasi – bu hamkasblar hurmatiga sazovor boʻlish, hamkorlikka, muloqotga intilish.
1. Muvaffaqiyatli мotivatsiya turi – oldinga siljish, kasbiy yoki ish mavqeini oshirish imkoniyati sifatida ishga e’tiborni qaratadi.
2. Motivatsiyaning intellektual turi – bu xodimning qobiliyatlarini ochib berishga imkon beradigan qiyin, qiziqarli ishlarga qaratilgan.
3. Qulay yoʻnaltirilgan motivatsiya – bu xodim (inson)ning eng qulay mehnat sharoitlariga yoʻnaltirilganligi. Davlat boshqaruvi tashkilolarida faoliyat olib boruvchi xodimlar motivatsiyasi, an’anaviy tasnifga koʻra, quyidagicha boʻlishi mumkin (7.1-rasm).
Motivatsiya menejmentining vazifasi – kelajakdagi oʻzgarishlarni aniqlash, taxmin qilish va davlat xizmatchilarini ularga moslashishi, ularning yaratilishi, soʻngra tegishli koʻnikma va qobiliyatlarni oʻrganishdir.
7.1-rasm. Davlat boshqaruvi tashkilolari xodimlari motivatsiyasi turlari
Motivatsiyaning oʻziga xos belgilari quyidagicha:
– мotivatsiya jarayonining yagona tashuvchisi (sub’yekti) va idrok etuvchi tomoni (ob’yekti) inson, ijtimoiy tizimdir. Toʻgʻridan-toʻgʻri ushbu boshqaruv sohasida moddiy sirtqi koʻrinish emas, balki ularning ichki mazmuni – odamlar va ularning ijtimoiy ishlab chiqarish sohasidagi hatti-harakatlari oʻrganiladi;
– motivatsion jarayon, umumiy boshqaruv jarayonining organik qismi boʻlib, oʻziga xos murakkab tuzilishga va tabiiy bogʻlanishlarga ega, ma’lum bir vaziyatga muvofiq tashqi muhit bilan oʻzaro aloqada boʻlgan davlat xizmatchilarining hatti-harakatlari xususiyatlarini aks ettiradi;
– ragʻbatlantirishning murakkab tuzilishini ruhiyat va ijodning ajralmas yigʻindisi, shu jumladan uni fikrlashning eng yuqori shakli sifatida hisobga olgan holda, motivatsion jarayonning oʻziga xos xususiyati – bu oʻzaro bogʻliqlikda boshqaruvning hissiy, oqilona va empirik kichik turlarining murakkab birligidir. Motivatsiyani boshqarishning asosiy vazifasi kichik tizimchalarning optimal nisbatini ta’minlashdir, chunki ulardan birining haddan tashqari ustunligi turli kamchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin;
– motivatsion jarayonning asosiy ajralib turadigan xususiyati – bu davlat xizmatchilarining atrof-muhit oʻzgarishi – innovatsiyalar, vaziyat oʻzgarishiga funksional tayyorligini ta’minlash. Ishchi xodimlarga ob’yektiv ta’sir koʻrsatadigan tashqi muhitdagi dinamik oʻzgarishlar, ularning salohiyati va ragʻbatlantiruvchi sharoitlarining rivojlanish darajasiga qarab, ikkinchisining boshqacha reaksiyasi, ya’ni motivatsiyasi (turtkisi)ni keltirib chiqaradi.
Barcha darajadagi davlat boshqaruvchilari va boshqariluvchilar uchun tashkilot maqsadlariga erishishda davlat tashkiloti motivatsiya va ragʻbatlantirish mexanizmlarini oʻzaro moslashtira olishlari muhimdir. Shunday qilib, davlat xizmatchilari motivatsiyasi jamoaning ehtiyojlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, istaklari, qadr-qimmatiga yoʻnalishlar va munosabatlariga asoslanadi (7.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |