Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari



Download 2,31 Mb.
bet61/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Nazorat savollari:

  1. Xodimlarni baholashni rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?

  2. Xodimning shaxsiy sifatlariga nimalar kiradi?

  3. Xodimni qanday kasbiy baholanadi?

  4. Xodimning mehnat samaradorligi qanday baholanadi?

  5. Mehnat resurslari nima?

  6. Moddiy resurslar nima?

  7. Natijalarni tahlil qilish qanday amalga oshiriladi?

  8. Boshqaruv qarori deganda nimani tushinish kerak?

  9. Baholashning qanday sifat uslublari mavjud?

  10. Boshqaruv xodimi qanday amaliy sifatlarga ega bo‘lishi kerak?

  11. Lavozimga nomzodni baholash uchun qanday mezonlar asosida baholanadi?

  12. Baholashning qanday miqdor uslublari mavjud?


7-Mavzu. Davlat sektoridagi xodimlarning mehnat faoliyatini motivlashtirish va ragʻbatlantirish


Reja:
7.1. Xodimlarni boshqarishdagi мotivatsiya tushunchasi, mohiyati va mazmuni.
7.2. Xodimlarni mukofotlash dasturlarini ishlab chiqish.
7.3. Xodimlarni mukofotlash turlari.
7.4. Asosiy motivlarning ragʻbatlantirish shakllari bilan oʻzaro bogʻliqligi.


Tayanch so’z va iboralar: bilim, bonus, imtiyoz, xodim, mehnat motivi, мotivatsiya, мotivatsiyalash, mukofot, nazariya, ragʻbatlantirish, ehtiyoj, qiziqtirish, funksiya, tamoyillar, tadqiqot usullari.


7.1. Xodimlarni boshqarishdagi мotivatsiya tushunchasi, mohiyati va mazmuni
Hozirgi davrda oliy ta’lim muassasalarini bitirib, mehnat bozoriga yoʻnaltirilgan yuqori malakali kadrlarning mehnat мotivatsiyasini kuchaytirish masalalari davlat boshqaruvidagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarga, ularning bilimi, koʻnikmasi, malakasi va tajribasiga qoʻyiladigan talablar iqtisodiyot tarmoq va sohalarini strategik rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Davlat tashkilotlari xodimlarining mehnat мotivatsiyasini tashkil etishni kuchaytirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatining oʻsishiga, bu esa oʻz navbatida tashkilotlar rivojlanishiga xizmat qiladi.
Davlat xizmatchilari kadrlarining mehnat мotivatsiyasini kuchaytirish, ularni ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan davlat, tashkilot rahbarlari va xodimlarning oʻzlari manfaatdordirlar. Chunki, hozirgi globallashuv, raqamli iqtisodiyot va tezkor axborot almashinuvi sharoitida ish beruvchiga kreativ fikrlaydigan, zamon bilan hamnafas harakatlanayotgan, mas’uliyatli, zamonaviy bilim va texnologiyalarni oʻzlashtirgan, ma’naviyatli va mehnatsevar inson resurslari juda zarur. Vaholanki, ishlab chiqarishning qisqartirilishi, oʻzgartirilishi yoki kengaytirilishi vujudga kelganda ish beruvchining tashkilot (korxona)da yuqoridagi fazilatlarga ega boʻlgan kadrlarni saqlab qolishi maqsadga muvofiqdir. Davlat xizmatchilari ham oʻz navbatida oʻz ish oʻrnini yoʻqotmaslik uchun zamonaviy sharoitlarga tezda moslashish qobiliyatiga ega boʻlishlari lozim. Bu masalalar xodimlarning turli xil oʻzgarishlarga moslashishlari va ish jarayoniga tezda kirishishlari uchun mehnat faoliyati natijasiga koʻra mehnat motivatsiyasini kuchaytirish, ularni ragʻbatlantirish hamda malakasini oshirish yoʻllari asosida amalga oshiriladi.
Davlat sektoridagi tashkilotlarda kadrlar mehnati samaradorligiga zamonaviy bilim va texnologiyalarning, xorijiy tajribalarning joriy etilishi, fan va texnika yoʻnalishlarida sinovdan oʻtgan ilgʻor usul va uslublar, boshqaruv usullari kabi bir qancha omillar ijobiy ta’sir etadi. Bulardan tashqari yana bir muhim omil borki, bu tashkilot xodimlarining mehnat мotivatsiyasini kuchaytirish, ularni ragʻbatlantirishdir.
Hozirgi kunga qadar davlat tashkilotlarida ish beruvchilar tomonidan tashkilot imidjini saqlash, uning jamiyat farovonligini ta’minlashda oʻz hissasini qoʻshish maqsadida, moliyaviy-iqtisodiy natijalarini yaxshilash, tashkilot faoliyati muvaffaqiyatlarini yuksaltirish, mehnat unumdorligi va daromadini oshirish masalalarini ijobiy hal etish uchun mehnat мotivatsiyasini kuchaytirish uslublaridan foydalanib kelinmoqda.
Har qanday inson faoliyati, u yoki bu tarzda, uning ehtiyojlari bilan bogʻliq, odamlar biron narsaga erishishga yoki biron narsadan qochishga intilishadi.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish