Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


Telekommunikatsiya va uy ofislari



Download 2,31 Mb.
bet245/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Telekommunikatsiya va uy ofislari. Telekommunikatsiya – uy sharoitida ofisga ulangan telefon, kompyuter modemi va faks orqali ish yuritish.
Aholi zich joylashgan shaharlarda ertalabki "tig‘iz" paytda ishga etib borish – og‘ir va chidab bo‘lmaydigan sinovdir. Bu vaqtni uyda, markaziy ofisga kompyuter orqali ulangan holda, unumliroq o‘tkazish mumkin. Telekommunikatsiyaning ko‘pgina afzalliklari bor: xodimning ish unumdorligi 15-20% ga oshadi, ofisni saqlash uchun ketadigan mablag‘lar birmuncha qisqaradi, firmadan ketib qolishi mumkin bo‘lgan xodim saqlanadi, nogironlar mehnatidan foydalanish yengillashtiriladi. Uyda ishlash odamlarga yoqadi, negaki ular ish tartibini o‘zlari tuzadilar, transportga ketadigan xarajatlarni qisqartirib, ko‘proq oila davrasida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Albatta har qanday ishni ham uyda o‘tirib bajarib bo‘lmaydi, bundan tashqari, xodim ishlagan vaqtni ham nazorat qilib bo‘lmaydi. Buning ustiga, uy ofisini jihozlash ham juda qimmatga tushadi, ayniqsa – faks apparatlari qo‘llanib, telekengashlar o‘tkazish uchun maxsus jihozlansa va hokazo.
"Sheersow Leman Brothers" kompaniyasi ijrochi direktorining o‘rinbosari, Elen Garstarelli, uch yil davomida o‘zining Grinvich Villidjdagi xonadonini tark etmay, Nyu-Yorkning dallollik firmasida ishlagan. Ishining afzalligi shunda bo‘ldiki, u o‘zining eng muhim ishlarini qilishga ulgurar, uni hech kim chalg‘itmas edi. Lekin, oqibatda, u shovqin-suronni sog‘inib, ofisga qaytib keldi. Uyda ishlaydigan boshqa xizmatchilar, ish kuni uzayganligidan, uyda ularni bolalar chalg‘itib, halaqit berishlaridan norozi bo‘ladilar. Lekin, umuman olganda, ko‘pchilik xodimlarning fikricha, telekommunikatsion tizim kamchilikdan ko‘ra ko‘p afzalliklarga ega.
Ish vaqtining qisqarishi va vazifadagi o‘rindoshlik. Ish vaqtining qisqartirilishi – kerakli miqdorda ish haqi to‘lanishining pasayib, ish haftasining kichrayishi, ya’ni ishdan bo‘shatish hollarini kamaytirish usullaridan biri.
Vazifa miqdorining bo‘linishi (o‘rindoshlik) – bir ish joyidagi to‘liq ish vaqtining, qulaylik uchun, ikki xizmatchiga bo‘lib berilishi.
Bajarilishi kerak bo‘lgan ish hajmi bilan, ma’lum bir xodim bajarishi mumkin va qulay bo‘lgan ish hajmi o‘rtasidagi tafovutlarni hamda tashkilotdagi ma’naviy muhitni yaxshilash uchun, boshqa ikkita "qurol"dan foydalansa bo‘ladi. Iqtisodiy tanazzul vaqtida ko‘pincha qo‘llanadigan usul – ish vaqtini qisqartirish, har bir xodimning ish haftasidan "kesib olish" va shunga asosan, ish haqini bir oz kamaytirish – kompaniyaga mehnat zahiralaridan foydalanishdagi ehtiyojlarining kamayib ketmasligi uchun xizmat qiladi. Vazifadagi o‘rindoshlik, ikki xodimga bir ish vaqtini, bir ish joyidagi ish haqi va mukofotni o‘zaro teng bo‘lish imkoniyatini beradi.
Norvokvdagi (Konnektikut shtati) "Hiller Real Estate Associates" kompaniyasi – tijorat, ishbilarmonlik operatsiyalari va xususiy mulkni boshqarish ishlari bilan shug‘ullanadi. Uyda ishlayotgan Pol Xills, o‘z ofisi va mijozlari bilan haftada 4 marta kompyuter, faks va telefon orqali bog‘lanib turadi.
Ishchilarni ishdan bo‘shatish o‘rniga, kompaniya ish vaqtini qisqartirish usulidan foydalansa, natijada hamma yutgan bo‘ladi, xodimlar ishsiz qolib ketishlaridan cho‘chimay ko‘proq pul sarf qilishga tayyor bo‘ladilar. Ko‘p odamlar ishdan-ishga sakrash o‘rniga o‘z ish joylarida tinch ishlab yursalar, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotning sifat darajasi ancha vaqtgacha yuqori bo‘ladi. Haftalik ish vaqtini qisqartirgan va ishi yurisha boshlagan firmalar, iste’molchilarning tobora o‘sayotgan talablariga tayyor turadilar, negaki ular ish miqdori kengaygani uchun yangi xodimlar taklif etib, ularni ish o‘rgatishga majbur bo‘lmaydilar. Bundan tashqari, iqtisodiy yuksalish ro‘y bergan davrda ishchilar ularning og‘ir kunida yordam bergan firmaning, "ish kunini uzaytirish" taklifini minnatdorchilik bilan qabul qiladilar. Bundan avvalgi uslubdan farqli o‘laroq, vazifadagi o‘rindoshlik uslubi, iqtisodiy sharoitga bog‘lanmagan holda, ya’ni ishla-yotgan ota-onalar, o‘qiyotgan xodimlar va h.k. uchun kerak bo‘lganda qo‘llanishi mumkin. Bu usul, asosan, ma’lum bir davr mobaynida kompaniyada ishlab kelib, ish vaqtining kamaytirilishiga muhtoj bo‘lgan xodimlarga nisbatan qo‘llanadi, negaki, yaxshi xizmatchini yo‘qotib, yangisini olib o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchilikdan ko‘ra, o‘sha ish vaqtini ikkita ishchi o‘rtasida taqsimlab bergan afzalroqdir.
Ofis mebellarini ishlab chiqarish bilan hammaga mashhur bo‘lgan, eng yirik kompaniyalardan biri – "Stillcase" kompaniyasida, bunday usul 1982 yildan beri qo‘llanib kelinadi. Mazkur kompaniya xizmatchilari, o‘z vazifalarini o‘rindoshlik bilan bo‘lib ishlash huquqiga, bir yil davomida to‘liq ish kunida ishlab berganlaridan keyingina ega bo‘ladilar, bunda ularning vazifasi nazorat va moliyaviy mas’uliyatga bog‘liq bo‘lmasligi lozim. Bunday xodimlar, birgalikda haftasiga 40 soat ishlab berishlari kerak, bunda ularning har biri oylik ish haqining 50% ini oladi. Masalan, o‘rindoshlik vazifasidagi ikkita ayol, haftasiga ikki yarim kun ishlab, har chorshanba kuni tushlik vaqtida uchrashib, o‘z ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashadilar.
Hozirgi kunda, vazifadagi o‘rindoshlik uslubi xususiy biznesdan ko‘ra, davlat muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida keng tarqalgan. 1984 yilda, federal davlat xizmatchilarining nizomida ushbu "qurol"ga ilk bor alohida paragraf ajratilgan edi. Boshqa sohalarda bu usulning tarqalishi kuzatilmaydi.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish