Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


Davlat sektorida inson resurslarini boshqarishning oʻziga xosligi



Download 2,31 Mb.
bet14/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Davlat sektorida inson resurslarini boshqarishning oʻziga xosligi



Qonun

Prezident Qarori

Qaror(xodimlarni boshqarish vazirligi)

Qonunning 43, 50 va 85 moddalari

Qarorning 10-2, 41 va 42 moddalari
Davlat xizmatiga nomzodlar uchun grandlar boʻyicha yoʻriqnoma
Ma’muriy idoralar xodimlarining doimiy soni va tashkil etilishining umumiy qoidalari(24.2 modda)

Davlat xizmatchilarining inson resurslarini rivojlantirish boʻyicha yoʻriqnomasi



“Davlat xizmatchilarining inson resurslarini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qonuni (keying oʻrinlarda “Inson resurslarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qonun” deb yuritiladi

“Inson resurslarini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qonun ijrosini ta’minlash boʻyicha Qaror

1.2-jadval


"Inson resurslarini rivojlantirish toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosini ta’minlash boʻyicha Qarorning 7-moddasi mazmuni asosida inson resurslarini rivojlantirishning tasnifi



Tasnifi

Ta’rifi

Vositalari(tashkilotlar)

Umumiy tayyorgarlik

Ushbu yoʻnalishda ta’lim yangi ishga olinayotgan nomzodlarga hamda lavozim boʻyicha koʻtarilishi koʻzda tutilayotgan xizmatchilarga (tegishli test imtihonlaridan oʻtganlarga) yoki yuqori mansabga tayinlangan shaxslarga ularning kompetensiyalarini oshirish va manfaatlariga xizmat qiluvchi qadriyatlarni singdirish uchun tashkil etiladi.

Davlat xizmatchilari uchun ta’lim muassasalaridagi malaka oshirish

Ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik

Davlat mansabdor shaxslarining majburiyatlarini bajarish uchun zarur boʻlgan malakalarini oshirishga qaratilgan tayyorgarlik

  • Ish joyidagi tayyorgarlik

  • Davlat xizmatchilari uchun ta’lim muassasalaridagi malaka oshirish

  • Ichki va xorijiy davlatlarda autsorsing asosidagi tayyorgarlik

Boshqa turdagi tayyorgarlik

Ushbu tayyorgarlik umumiy yoki ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik tizimiga xam kirmasdan vakolatli tashkilot raxbarining ixtiyoriga koʻra amalga oshiriladi

  • Ish joyidagi tayyorgarlik

  • Davlat xizmatchilari uchun ta’lim muassasalaridagi malaka oshirish

  • Xusuiy ta’lim muassasalaridagi tayyorgarlik

Mustaqil tayyorgarlik

Davlat mansabdor shaxslarining oʻz xizmat vazifalarini bajarishda ijodiy yondashuvni shakllantirish va davlat xizmati uchun imtihonda mustaqil tayyorgarlik va tadqiqotlar

  • Mustaqil tayyorgarlik

  • Davlat xizmatchilari uchun ta’lim muassasalaridagi malaka oshirish

  • Xusuiy ta’lim muassasalaridagi tayyorgarlik

Tashqi manbalar yordamidagi tayyorgarlik (autsorsing)ni boshqarish ("Inson resurslarini rivojlantirish).


Autsorsing asosidagi tayyorgarlik tashkilot xodimlarini boshqarishda tegishli vazirliklar bilan dastlabki maslahatlashuvni talab qiladi.
Mahalliy oʻquv muassasalarida 6 oy va undan ortiq muddat davrida tayyorlash.
Mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarida autsorsing asosida 1 oy va undan ortiq muddat oʻqitish.
Mahalliy ta’lim muassasalarida 6 oy va undan ortiq davr mobaynida autsorsing asosida ta’lim olgan davlat mansabdor shaxsi muayyan vazifadagi sohada oʻqitish davriga ekvivalent boʻlgan davr davomida (6 yildan koʻp emas) xorijiy oʻquv muassasalarida oʻqiganlar, oʻqish davridan ikki barobar koʻp boʻlgan davr mobaynida ishlashi lozim.
Agar davlat mansabdor shaxsi xorijda oʻqiganidan soʻng (6 oy va undan koʻp davrda) belgilangan muddatda xizmatni oʻtay olmasa (ishdan boʻshaganlik, mehnat ta’tiliga chiqqanligi yoki boshqa ishga oʻtganligi sababli) vazirlik hamda oʻqishni tashkillashtirgan tashkilot rahbarini zudlik bilan xabardor qilishi lozim.
- Davlat mansabdor shaxsi kasallik va baxtsiz hodisa oqibatida oʻqish davomida ishdan boʻshatilsa.
- Davlat mansabdor shaxsi ishga qaytish toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilinganidan soʻng uzrli sabablarsiz belgilangan muddatda ishga qayta olmasa yoki ishga qaytganida oʻqish bilan bogʻliq sabablarga koʻra ishdan boʻshasa;
- Davlat mansabdor shaxsi oʻqish davrida oʻz majburiyatlarini buzganligi yoki ichki yoʻriqnomalarni buzganligi uchun haydalsa, oʻqishni sababsiz tugatmasdan ishga qaytsa;
- Davlat mansabdor shaxsi oʻzining davlat xizmatidagi majburiyatini bajarmasa.
Davlat mansabdor shaxsi oʻqish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz xizmat vazifalarini bajarmaganlik sababli ishdan boʻshash boʻyicha qaror qabul qilinguncha qoplashi lozim.
Oʻqitish bilan bogʻlik xarajatlarni qoplaydigan va ishdan boʻshatish bilan bogʻliq qaror qabul qiladigan tashkilotlar alohida boʻlsa, ishdan boʻshatish masalasi kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Yangi ishga qabul qilinadigan xodimlar yoki mansabi koʻtarilishi lozim boʻlgan nomzodlarning umumiy tayyorgarlik darajasi, u ishga qabul qilinayotgan yoki mansabi koʻtarilayotgan yildagi standartlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Davlat xizmatchisi bir xil ta’lim mazmunini yoki mashgʻulotini qayta tamomlagan taqdirda, fakat bitta trening tan olinadi va qolgan ayni mazmundagi oʻquv mashgʻulotlari ta’lim muassasasi, oʻquv maqsadlari va mazmunidan kelib chiqilib, tegishli xulosa qabul qilinadi.
Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv mashgʻulotlari bundan mustasno, bunda tayyorgarlik natijalari mazkur yil davomida tan olinmaydi.



Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish