Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari



Download 2,31 Mb.
bet113/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Faol ta’lim (oʻrganish) – bu haqiqiy muammoli vaziyatlarga yoki haqiqiy muhitga moslashish usuli (masalan, chet tillarini oʻrganishda til muhitiga tushish usuli qoʻllaniladi). Faol ta’lim turli xil usullarga ega. Ular orasida muhim oʻrinni tashkilotning inson resurslarini intellektual va ijodiy faollashtirish usullaridan biri boʻlgan “aqliy hujum” egallaydi. “Aqliy hujum” texnologiyasi 1950 yillarda Aleks Osborne (AQSh) tomonidan ijodkorlikni va Gʻoyalar paydo boʻlishini ragʻbatlantirish maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu usul jarayonning barcha ishtirokchilari tomonidan oʻz-oʻzidan paydo boʻlgan turli xil Gʻoyalarning maksimal miqdorini toʻplashga asoslangan.
Aqliy hujum (MA) koʻp sonli Gʻoyalar orasida ma’lum bir muammoni hal qilish uchun foydaliroq boʻlish gipotezasiga asoslanadi. Shu sababli, aqliy hujumning maqsadi, ushbu muammoni hal qiladigan gʻoyalarni aniqlashdir.
Gʻoyalarning jamoaviy yuzaga kelishi – ushbu turdagi usullar yangi gʻoyalarni ishlab chiqarish, muammoni hal qilishning noan’anaviy usullarini jamoaviy izlash usullaridan biridir.
Aqliy hujum usulini oʻtkazishda ba’zi qoidalarga rioya qilish kerak, ularning mohiyati quyidagicha:
- natijaga erishish uchun erkin fikrlash muhitini, har qanday qarorni, hatto ular bir qarashda bema’ni boʻlib tuyulsa ham, ifoda etish imkoniyatini yaratish zarur;
- tanqidga yoʻl qoʻymaslik;
- har qanday gʻoyani muhokama qilishni toʻxtatmaslik, iloji boricha koʻproq fikrlarni bayon etish, gʻoyalarning zanjirli reaksiyasini ishlab chiqish;
- assostiativ fikrlashni uygʻotish va ragʻbatlantirish. Muhokama uchun taklif qilingan muammoni toʻgʻri shakllantirish kerak. Masalaning tegishli yechimi muammoning toʻgʻri shakllanishiga bogʻliq.
Hozirgi globallashuv sharoitida tabiat va jamiyatda ilm-fan, innovatsion texnologiyalar, texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa tizimlar va jarayonlarni rivojlantirish boʻyicha tadqiqotlar jarayonida tobora koʻproq muammoli vaziyatlar kelmoqda. Har qanday yangi bilimning paydo boʻlishi yangi muammoli vaziyatlarni keltirib chiqaradi yoki kamaytiradi.
Shu tarzda paydo boʻlgan muammoli vaziyatlar ma’lum va noma’lum omillarning ziddiyatli birligini anglatadi. Demak, yetishmayotgan (noma’lum) elementlarni topish kerak boʻladi va ularga nisbatan quyidagi savollar (bu elementlar nima, ularning tabiati, xususiyatlari, sabablari nimada va hokazo)ga javob topish kerak boʻladi.
Shu tarzda vujudga kelgan muammo barcha ma’lum boʻlgan tarkibiy qismlarni birlashtirgan holda, muammoli vaziyatning asosiy qismiga aylanadi. Muammoli vaziyat koʻpincha mavjud bilimlar, mavjud omillar (munosabatlar) tartibi va yangi talablar (masalan, davlat xizmati xodimlarining ish oʻrnidagi navbat (smena)larida ishlash rejimini oʻzgartirish, ish sharoitlarini yaxshilash va b.) oʻrtasidagi ziddiyatlar koʻrinishida boʻladi. Bularning barchasi munosabatlar (bilimlar) tizimida qandaydir muammolar mavjudligini va ularning yechimini talab qilish ob’yektiv zarurat ekanligidan dalolat beradi.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish