Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


Davlat xizmatchilarining malaka oshirish shakllari



Download 2,31 Mb.
bet100/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Davlat xizmatchilarining malaka oshirish shakllari



Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari (16-72 auditoriya soati)

Tematik va muammoli suhbatlar (72-100 auditoriya soati)

Bilimlarni kompleks yangilash (100-250 auditoriya soati)

qisqa muddatli tematik va muammoli seminarlar (muzokaralar)

har tomonlama kasbiy kompetentlikni rivojlantirish dasturlari

davlat xizmatchilari kasbiy faoliyatining aniq masalalaridagi joriy oʻzgarishlarni oʻzlashtirish; oʻqitish asosiy ish joyida amalga oshiriladi

Tarmoq, viloyat, korxona, tashkilot yoki muassasa darajasida yuzaga keladigan ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa muammolar yuzasidan suhbatlar tashkil etish

tegishli kasbiy vazifalarni hal etish uchun davlat xizmatchilari kasbiy xizmat faoliyatining belgilangan sohasidagi qator masalalar boʻyicha bilimlarini har tomonlama yangilash

Davlat yakuniy imtihoni

test shaklida imtihon

yakuniy ishni sinov va himoya qilish shaklida tekshirish

Taqdim etiladigan hujjat

qisqa muddatli malaka oshirish sertifikati

malaka oshirish sertifikati



9.2. Davlat sektorida kasbiy tayyorgarlikka qoʻyiladigan talablar. Oʻqishga boʻlgan ehtiyojni baholash

Bugungi kunda davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarligi tizimini rivojlantirish masalasi dolzarb boʻlib turibdi, chunki davlat boshqaruvi samaradorligi davlat organlari faoliyatining sifati, shuningdek, ularning inson salohiyatini tashkil etuvchi kasbiy mahorat darajasi bilan belgilanadi. Davlat boshqaruvining sifati toʻgʻridan-toʻgʻri davlat organlarining samarali faoliyatiga bogʻliq, shuning uchun uni takomillashtirish inson resurslarini innovatsion boshqarish natijasida amalga oshadi.


Boshqaruv organlarining kadrlar salohiyati barcha olib borilayotgan islohotlar natijasini belgilaydigan strategik omil boʻlib xizmat qiladi. Hozirda davlat xizmatlarini, kadrlar salohiyatini rivojlantirish davlatning funksiyalarini amalga oshirish instituti, fuqaro va davlat oʻrtasidagi boʻgʻin, inqirozdan chiqish jarayonlarini boshqarish mexanizmlaridan biri sifatida rivojlanishi alohida rol oʻynaydi.
2017-2021 yillarda Harakatlar strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida ma’muriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilingandan soʻng, davlat xizmati faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish yana ustuvor va dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Bugungi kunda ushbu Konsepsiyaning qabul qilinishi davlat boshqaruvida kadrlar komponenti, davlat xizmatchilari lavozimlarining tasnifi, mehnatga haq toʻlash, asosiy va global vakolatlarni rivojlantirish, imtihonlarni topshirish, har bir davlat xizmatchisining faoliyatini baholash, davlat xizmatchilarini martaba pogʻonasidan koʻtarish masalalari, jamoat sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurash, xizmatlar, axloqiy masalalar kabi masalalarning ijobiy hal etilishiga xizmat qiladi.
Mustaqillik yillarida davlat xizmatchilari faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi ning "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida" (1993 y.), "Sudlar toʻgʻrisida" (1993), "Notariat toʻgʻrisida" (1996), "Prokuratura toʻgʻrisida" (yangi tahriri) (2001), "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida" (2002), "Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida" (2008), "Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida" (2016 y.), "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida" (yangi tahriri) (2018) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida”gi Qarori (1997), Oʻzbekiston Respublikasi ning Soliq Kodeksi (yangi tahriri) (2019) qabul qilindi.
Bundan tashqari, keyingi yillarda yangi Oʻzbekistonning zamonaviy davlat xizmatchilari faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5139-son, 2017 yil 8 sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi da ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5185-son, 2019 yil 3 martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi da kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5843-son Farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3901-son, 2019 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4365-son qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VMQ-62-son, 2018 yil 28 sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi VMQ-772-son, 2019 yil 28 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish jadvali va tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 960-son qarorlari qabul qilindi va amaliyotga joriy etildi. Yuqoridagi me’yoriy hujjatlar talablari asosida davlat xizmatchilari (inson resurslari) faoliyati rejalashtiriladi, muvofiqlashtiriladi, nazorat qilinadi, tartibga solinadi va boshqariladi.
Zero, hozirgi davrda davlat xizmatchilari toifalarini aniqlash; davlat xizmatiga qabul qilishda majburiy tanlov; martaba pogʻonasi boʻyicha koʻtarilishda malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi; davlat xizmatchilarini stajirovkadan oʻtkazish, malakasini oshirish va professional qayta tayyorlash, ularning moddiy, tashkiliy, huquqiy va mehnat kafolatlari kabi masalalar ham kun tartibidagi dolzarb masalalardandir. Bundan tashqari korrupsiyaga yoʻnaltirilgan, ya’ni tanish-bilishchilik asosida davlat xizmatchilarini ishga joylashtirish yoki ularning kar’yera pogʻonasi boʻyicha koʻtarilishi kelajakda yaxshi kutilgan natijalarni bermaydi.
Oʻzbekistonda davlat xizmati masalalari normativ-huquqiy hujjatlar darajasida shakllangan boʻlib, davlat kadrlar siyosati davlat xizmatini yagona tizimga birlashtirishni talab qiladi, bu yagona tamoyillar, yagona tashkiliy-huquqiy mexanizm, yagona tartib, yagona xulq-atvor standartlari, malakaviy iyerarxiya, martaba sharoitlariga asoslanadi.
Bugungi kunda davlat boshqaruvining asosiy strategik vazifasi maqbul yuqori professional va barqaror kadrlar salohiyatini shakllantirishdir. Afsuski, ushbu vazifani amalga oshirish har doim ham izchil va sifatli boʻlavermaydi.
Xususan, favoritizm, mahalliychilik, korrupsiya, byurokratiya, patronaj tayinlovlari, raqobatdosh tanlov va sertifikatlashtirishda rasmiyatchilik holatlari kadrlar zahirasining past samaradorligiga, zamonaviy bilimlar va texnologiyalarning oʻzlashtirilmasligiga, fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlarining sust tadbiq etilishiga, davlat xizmati ustidan jamoatchilik nazorati va ta’lim sifatining pastligiga, davlat xizmatchilarining stajirovkasi, malaka oshirish va kasbiy qayta tayyorlash masalalari talablar darajasida amalga oshirilmasligiga olib keladi.
Davlat xizmatining ayrim boʻlinmalarida koʻpgina xodimlar jiddiy kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirishga muhtoj, shu bilan birga koʻp sonli mutaxassislar xizmatidan voz kechish ham kerak boʻladi. Bunda tajribali, malakali kadrlarning chiqib ketishi (“утечка мозгов”, ya’ni “miyalilarning ketishi”), davlat xizmatchisi kasbining yuqori boʻlmagan obroʻsi, joylarda har doim ham sogʻlom motivatsiyaning mavjud emasligi, mansabdor shaxslarning vatan oldidagi yuqori samarali xizmatga e’tiborsizliklari, ularning kasbiy va malakaviy mobilligining past darajasi, boʻsh ish oʻrinlarining yopiq tizimi, iste’dodli mutaxassislarni davlat xizmatiga jalb etish uchun maxsus davlat dasturlarining yoʻqligi masalalari dolzarbligicha qolmoqda.
Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, kasbiy qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni takomillashtirish yuzasidan 2017 yil 8 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-5139-sonli Farmoni talablariga muvofiq bugungi kunda DBA (Davlat boshqaruv akademiyasi) davlat xizmatchilar oldiga tizimli va strategik fikrlash qobiliyatiga ega boʻlishdek yangi talablarni qoʻymoqda. Davlat DBAga davlat va mintaqaviy boshqaruv sohasida boshqaruv kadrlarini yuqori sifatli oʻqitishga vakolat bergan. Davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi sezilarli oʻzgarishlarni amalga oshiradi. Bu borada ta’lim jarayonining sifat menejmenti tizimini modernizatsiya qilish va oʻqitishning innovatsion usullarini davlat xizmatchilarini kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlariga kiritish zarurati muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda DBAda davlat xizmatchilarini tayyorlash, stajirovkadan oʻtkazish, malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlash boʻyicha dasturlar muntazam ravishda zamonaviylashtirilib borilmoqda. DBAda hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash uchun xizmat qiladigan iqtisodiyot tarmoq va sohalaridagi ishlarni tahlil qilishda yetarli darajada ilmiy, oʻquv-uslubiy salohiyat va moddiy-texnik baza toʻplangan.
Vaholanki, davlat xizmatlari uchun kreativ fikrlaydigan, zamonaviy bilim va texnologiyalarni talablar darajasida oʻzlashtirgan, gʻayrat-shijoatli va mustahkam irodali xodimlarni tanlash qiyin vazifadir.
Amaliyot shuni koʻrsatadiki, turli sabablarga koʻra ayrim davlat tuzilmalari va hududiy boshqarmalar rahbarlari tashkilotning teran fikrlaydigan, bilimli va shijoatli mutaxassislarini zahiraga kiritishga va kasbiy qayta tayyorlashga yuborishni xohlashmaydi. Bu zahiraga olinadigan xodimlarni oʻzlarining kelajakdagi potensial raqobatchilari sifatida koʻrishlari bilan bogʻliq. Qoida tariqasida, bunday mutaxassislar uchun martaba pogʻonasidan koʻtarilish juda qiyin. Shuning uchun, birmuncha vaqt oʻtgach, ular ushbu tashkilotdan oʻz xohishlari bilan boʻshab, boshqa tashkilotlarga ishga oʻtib ketishga majbur boʻladilar.
Kadrlar siyosatini amalga oshirish usullari har xil va eng muhimlaridan biri bu moddiy ragʻbatlantirish usuli, chunki insonning barcha faoliyati real ehtiyojlar bilan bogʻliq.
DBA davlat boshqaruvi tizimini va kadrlar siyosatini yanada takomillashtirishga hissa qoʻshib, davlat buyurtmasining regulyatori va ijrochisi boʻlishi kerak. Binobarin, DBA davlat boshqaruvi yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilishi uchun buyurtmalar portfelini shakllantirishi kerak. Ilmiy tadqiqotlarning huquqshunoslik, iqtisodiyot, menejment, marketing, sotsiologiya, psixologiya, matematika, fizika, ekologiya, tarix, davlat xavfsizligi xizmati va boshqa zamonaviy yoʻnalish (mutaxassislik, ixtisoslik)lar boʻyicha amalga oshirilib kelinayotganligi kun tartibidagi masalaning dolzarblik darajasini yanada oshiradi.
Demak, davlat xizmatini jiddiy isloh qilishning hayotiyligi milliy iroda, kuch va ijodkorlik qobiliyatiga bogʻliqdir. Asosiy masala davlat boshqaruvi va davlat xizmati tarkibiy qismlarining puxta oʻylangan rejalar va strategiyalarga muvofiqligini, shuningdek, davlat oʻrtasida zarur aloqalarning mavjudligini koʻrsatadigan harakatlarning toʻgʻri ketma-ketligini aniqlashdan iborat.
Zamonaviy davlat xizmatchisi "jarayon" uchun emas, balki "samaradorlik" uchun ishlash mexanizmini yaratish zarurligini tushunishi kerak. Oʻz navbatida, bu boshqaruv qarorlarini biroz markazsizlashtirishga va individual javobgarlik va yuqori darajadagi ishlarga koʻproq e’tibor berishga olib keladi.
Iqtidorli mutaxassislarni davlat muassasalariga jalb qilish uchun davlat dasturi ishlab chiqilishi kerak.
Oʻrganilgan adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, davlat xizmatlari tashkilotlariga ishga kirishda va martaba pogʻonasida koʻtarilayotganda sertifikatlashtirish tizimidan voz kechish, imtihonlar va sinovlar tizimini joriy etish kerak. Davlat xizmatchilarini tayyorlash va kasbiy qayta tayyorlash uchun oʻquv bazasini mustahkamlash, xususan, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarni ishlab chiqish zarur.
Davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish va isloh qilish zarur bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlgan, rasmiy topshirilgan vazifalarni yuqori professional darajada bajaradigan, tashkiliy va boshqaruv muammolarini hal qilishga qodir boʻlgan, professional oʻqitilgan davlat xizmatchilari ishtirokida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar qanchalik kuchaysa, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarligi, bilimi, malakasi va vakolatiga qoʻyiladigan talablar shunchalik yangilanib boradi. Shu munosabat bilan boshqaruv kadrlarini tayyorlash vazifasi qatoriga tashqi muhit talablari va muammolarini hal etishning yangi yondashuvlarini oʻrganish vazifasi qoʻshiladi.
Bu masala davlat xizmatchilariga qoʻyiladigan barcha talablar tizimini dolzarblashtiradi, ularning global va strategik vaziyatlarga, yangi bosh-qaruv strategiyalariga muvofiqligi zarurligini koʻrsatadi. Ushbu talablar boshqaruv tajribalarida ishtirok etadigan, tashabbuskor va ma’muriy islohotlarni amalga oshiradigan salohiyatli davlat xizmatchilari guruhini tayyorlashni nazarda tutadi. Bugungi kunda masalani shunday shakllantirish kerak: davlat boshqaruvi va davlat xizmatining prinsipial yangi muammolarini hal qilishda nazariya va fanni qanday jalb qilish kerak?
Davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini oshirishda quyidagi innovatsion talablar mavjud:

  • tashkiliy va me’yoriy hujjatlarning asosli tayyorlanishi va muntazam ravishda ijro etilishi;

  • davlat xizmatchisi lavozimiga qoʻyiladigan funksional talablarning oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishi;

  • davlat xizmati xodimlarini tayyorlaydigan oliy va professional ta’lim muassasalari ta’lim dasturlarining sifatli tayyorlanishi va b.

Davlat xizmatchilarini tayyorlash, malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlash vazifasini amalga oshiruvchi oliy va professional ta’lim sifati umumiy koʻrinishda bilim, koʻnikma va malakalarning, mutaxassislar shaxsiy fazilatlarining amaliyotning funksional talablariga muvofiqligi tushuniladi.
Davlat xizmatchilari uchun oʻqitishning innovatsion talablari uchta minimal shartlarga javob berishi kerak. Birinchisi, oʻtmish va istiqbol oʻrtasidagi simmetriyaning buzilishida ifodalangan takrorlanmaslikdir. Ikkinchisi, "hodisa" tushunchasini joriy etish zarurati. Uchinchidan, ba’zi hodisalar evolyutsiyani oʻzgartirish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak15.
Talablar ijtimoiy masalalar tarkibida koʻrsatiladi. Bunga quyidagilar kiradi:

  • muammoning ob’yektiv asoslari (zarurat, ehtiyoj, qiziqish);

  • uni ifoda etish shakllari (me’yor, burch, missiya, iste’dod, majburiyat, prinstip vazifa, qonun-vazifa, qonun-funksiya, vazifa-yechim, muammo, maqsad, ideal);

  • vazifalarni belgilashning boshqaruv vositalari (farmon, boshqaruv qarori, koʻrsatma, buyruq, shior, rejalar va boshqalar);

  • vazifalarning paydo boʻlishi, amalga oshirilishi va ularning shartlari;

  • talablar;

  • mavjudlik sohalari;

  • tashuvchilar (ta’minotchilar va ijrochilar);

  • oʻlchamlar, hajmlar; barqarorlik va dinamizm (oʻsuvchanlik);

  • turlar; yangiliklar, oʻziga xoslik;

  • qiyinchiliklar;

  • tartibga solish funksiyalari;

  • muddatlar;

  • sur’at;

  • vazifalarni shakllantirish va amalga oshirish usullari, vazifalarni bajarish uchun xizmatchilarning faoliyati; motivlar va ragʻbatlantirishlar;

  • faoliyat natijalari.

Davlat xizmatchilariga qoʻyiladigan innovatsion talablar barcha turdagi professional va boshqaruv bilimlarini qamrab oladi: tizimli bilimlar (boshqaruv tizimi qanday tuzilganligi va faoliyat koʻrsatishi); innovatsion menejment haqida maqsadli bilim; boshqaruv odamlari (oʻz-oʻzini boshqarish) haqida bilim; sinergetik oʻzaro ta’sirlarni boshqarish (boshqarish va oʻzini-oʻzi tashkil etish).
Davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarligi darajasiga qoʻyiladigan talablar oʻzgartirilayotgan davlat xizmati lavozimiga qarab farqlanadi. Kichik, katta va yetakchi davlat lavozimlarini toʻldirayotgan davlat xizmatchilari uchun kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarning standartlari (ta’lim standartlari) tasdiqlanib, davr talabiga koʻra muntazam ravishda yangilanib boradi.
Birinchi marta davlat xizmatiga qabul qilingan davlat xizmatchilarining bilimdonlik darajasini aniqlash uchun davlat organlari rahbarlariga talabgorlarning yigʻma jildda taqdim etilgan shaxsiy ish materiallari, tanlov natijalari, test sinovlari natijalari va boshqa ma’lumotlarni oʻrganish, shuningdek zarur hollarda suhbatlar, test sinovlari, savollar va bilimlarni aniqlashning boshqa shakllarini oʻtkazish tavsiya etiladi. Davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchisini oʻqitish shaklini tanlash huquqi davlat organiga va uning rahbariga tegishli.
Shunday qilib, davlat xizmatchilarining professional ta’limi va rivojlanishini tashkil etish davlat xizmatining muhim qismidir, uning mas’uliyati davlat organi rahbariga yuklanadi.
Bundan tashqari, ushbu masala davlat xizmatchisining oʻzini-oʻzi rivojlantirish, intellekt, tajriba va malaka darajasini ortib borishi asosida amalga oshadi. Faol davlat xizmatchisi yuqori ijtimoiy mas’uliyatga, tanqidiy fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirishga, tashkilot yangi yoʻnalishlarining texnologik jihatlarini oʻrganishga, tez oʻzgaruvchan voqelikdagi yangi aloqalarni tezkor aniqlashga ehtiyoj sezadi.
Boshqaruv kadrlarini oʻqitishning innovatsion yondashuvi yaqin kelajakda vujudga keladigan global tendensiyalarga asoslangan:

  • istiqbolda yangi ijtimoiy haqiqatni belgilaydigan qadriyatlar, ideallar, ma’naviy koʻrsatmalar;

  • ertangi kunimizning asosini tashkil etadigan eng yaxshi an’analar va tajribalarni rivojlantirish;

  • davlat boshqaruvi va ijtimoiy oʻzini-oʻzi boshqarishning innovatsion yoʻnalishi;

  • rivojlanishning cheklovlari, taqiqlari va majburiyatlarini asoslash, ijtimoiy jarayonlarning muammolari va tahdidlarini, mumkin boʻlgan determinantlarini aniqlashga imkon beradigan rivojlangan ijtimoiy diagnostika imkoniyatlaridan foydalanish va b.

Oʻzbekiston Respublikasi da kadrlar tayyorlash tizimining rivojlanishi. Davlat xizmatining oʻzbek modelida xodimlarni oʻqitish davlat xizmatini professionallashtirishning muhim omiliga aylangan. Davlat xizmatidagi ma’muriy lavozimlarga qoʻyiladigan raqobat talablari kasbiy mahoratni martaba oʻsishining asosiy omiliga aylantiradi, bu esa davlat xizmatchilarini tayyorlash uchun kuchli motivatsiyadir.
Davlat boshqaruvi tashkilotlarida davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tamoyillaridan foydalanish motivatsiyasi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Natijada, davlat xizmatchilarining aksariyati yangi gʻoyalarni idrok etish va ulardan foydalanishga professional va axloqiy jihatdan yetarlicha moslashgan.
Oʻzbekistondagi davlat xizmati kadrlari tayyorgarligining sifatini tahlil qilish mansabdor shaxslar kasbiy darajasining davlat boshqaruvi tizimi oldida turgan vazifalarga yetarlicha muvofiqligini namoyish etadi.
Ayni paytda davlat xizmatida turli ma’lumotlarga ega mutaxassislar ishlamoqda. Boshqarishning bozor uslublariga oʻtish sharoitida davlat rolining oʻzgarishi yangi fikrlaydigan mutaxassislarni jalb qilish zarurligini taqozo etmoqda. Kadrlarni doimiy ravishda oʻqitish islohotlar samaradorligining eng muhim shartidir. Viloyat, tuman va mahalliy darajadagi davlat xizmatchilarining aksariyat qismi davlat xizmatida boʻlgan vaqtlarida oʻzlarining malakalarini Nizom talablariga muvofiq ravishda oshirish imkoniyatiga ega.
Ta’kidlash joizki, aksariyat davlat xizmatchilarining kasbiy darajasi davlat xizmatiga kirishdan oldin olingan oliy yoki oʻrta maxsus ma’lumot bazasi bilan belgilanadi. Oliy ta’lim tizimida davlat boshqaruvi va davlat xizmatining turli yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha kasbiy malaka beradigan oliy oʻquv yurtlari mavjud.
Bugungi kunda ayrim davlat xizmatchilari ishga qabul qilingunga qadar umumiy ta’lim yoki oʻrta-maxsus ta’lim bazasini oliy ta’lim muassasalarida oʻqishni davom ettirish yoʻli bilan oʻz malakalari va tajribalarini oshirmoqdalar. Davlat xizmatchilarini tayyorlash sifatli va davlat xizmatlari ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Mavjud oʻquv dasturlari amaliy yoʻnalishni beradi.
Davlat xizmatchilarini tayyorlashda "Kadrlar siyosatini shakllantirish – rejalashtirish – resurslar bilan ta’minlash – ijro etish (oʻqitish) – nazorat qilish" asosiy boshqaruv jarayonlarining ketma-ketligini ta’minlash yuqori samara beradi. Yagona muammo shundaki, mavjud tizim qanday va qancha kadrlarni tayyorlash kerakligi, ularga nimani oʻrgatish va qaerda oʻqitish lozimligi, ularning mehnatiga qachon ehtiyoj (talab) paydo boʻlishi va ularni oʻqitish uchun qanday vositalar zarurligi toʻgʻrisida haqiqiy baho berishga imkon yaratmaydi.
Oʻqitish tizimi kadrlar bilan ta’minlash vazifalarini qisqa vaqt ichida toʻliq hal qilishi kerak. Milliy ta’lim tizimida ayrim davlat xizmatchilarini oʻqitish uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlari faol amalga oshirilmayapti, ularni yetakchi xorijiy markazlarda oʻqitish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmayapti. Shu sababli, davlat xizmatchilarini faqat mahalliy ta’lim tizimi uchun an’anaviy boʻlgan bir qator fanlar boʻyicha yuqori sifatli oʻqitilayotganligini ta’kid-lash mumkin. Ta’lim tizimida nisbatan yangi boʻlgan fanlarni oʻqitish darajasi hozircha yetarli darajada emas.
Zamonaviy sharoitlarda davlat xizmatchilari oʻqituvchilari salohiyatiga yuqori talablar qoʻyilishi kerak. Ular nafaqat oʻz fanini yoki ma’lum bir bilim sohasini puxta bilishlari, balki davlat organlari faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini ham a’lo darajada tushunishlari kerak. Davlat xizmatining ehtiyojlari, turli toifadagi davlat xizmatchilariga qoʻyiladigan malaka talablari kadrlar tayyorlash tizimini didaktik ta’minlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Bu shuni anglatadiki, davlat xizmatchilarini tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy maqsadi, davlatning zamonaviy iqtisodiy sharoitlari va resurslari imkoniyatlariga mos ravishda zamonaviy davlat xizmati talablariga javob beradigan davlat xizmatchilarini yuqori sifatli tayyorlashning izchil tizimini shakllantirish va rivojlantirish orqali davlat xizmatchilarining kasbiy saviyasini oshirishdir.
Davlat xizmatchilari malakasini oshirish islohotining asosiy vazifalari:
• kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish;
• kadrlar tayyorlash infratuzilmasini rivojlantirish;
• kadrlar tayyorlash tizimini yetarli darajada resurslar bilan ta’minlashning barqaror mexanizmini yaratish;
• ta’limni samarali boshqarish tizimini yaratish;
• kadrlar tayyorlashning huquqiy va me’yoriy ta’minotini ishlab chiqish.
Ushbu vazifalar markazdagi va ayniqsa, mintaqalardagi barcha davlat organlari uchun ustuvor vazifadir, chunki davlat xizmatlarining kelajagi ularning bajarilishiga bogʻliq. Shu bilan birga, mahalliy tajribadan faol foydalanish, shuningdek, xalqaro ta’lim markazlarini hamkorlikka jalb qilish zarur.
Shu munosabat bilan davlat xizmatchilarini tayyorlashni isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilar boʻlishi kerak:
• boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashda, professional kadrlar malakasini oshirishda, davlat xizmatchilarini ish joylarida oʻqitishda va oʻz-oʻzini tarbiyalashda davlat xizmatining ehtiyojlarini qon-dirishga qodir boʻlgan markazda va mintaqalarda tegishli oʻquv infratuzil-masini yaratish va rivojlantirish;
• davlat xizmatchilarini tayyorlash sohasida raqobat muhitini yaratish;
• davlat idoralari ehtiyojlari asosida kadrlar tayyorlashni rejalashtirish tizimini yaratish;
• davlat xizmatchilarini oʻqitishning strategik rejalari asosida byudjet dasturlash tizimini yaratish va oʻqitishni barqaror moliyalashtirishni ta’minlash;
• didaktikani takomillashtirish – davlat xizmatchilarining turli toifalariga qoʻyiladigan malaka talablariga, davlat idoralarining ehtiyojlariga va mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlariga javob beradi-gan oʻqitishning mazmuni, shakllari va usullarini yaratish;
• kadrlar tayyorlash tizimida davlat organlarining kadrlar xizmatining rolini oshirish;
• kadrlar tayyorlash masalalari boʻyicha davlat organlari va ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazoratini takomillashtirish;
• kadrlar tayyorlash tizimini oʻqituvchilar tarkibining kadrlar bazasini yaratish;
• ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
• davlat xizmatchilarini oʻqitishning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish.
Demak, davlat xizmatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida davlat oldida turgan muhim vazifalardan biri, bu – rivojlangan infratuzilma, samarali menejment va resurslar bilan ta’minlangan davlat xizmatchilari uchun kadrlar tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini yaratishdir.
Ta’limga ehtiyojni baholash. Ta’lim dasturlarini rejalashtirish – kadrlarga talablarni hisoblash, ishga qabul qilish rejalarini tuzish va martabani rejalashtirish bilan bir qatorda oʻquv dasturlarini rejalashtirish mehnat resurslarini umumiy rejalashtirishning ajralmas qismidir.
Oʻqitish va ta’limni rejalashtirish zarurligini aniqlash uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

  • xodimlar duch keladigan muammolarni aniqlaydigan mehnat va xodimlarni baholash natijalaridan foydalanish;

  • texnik yangilash rejasini tahlil qilish;

  • tashkilotga ishlash uchun kelgan OTMlari talabalari oʻtadigan umumiy oʻquv dasturlarining oʻziga xos xususiyatlarini baholash;

  • yangi ishchilarning oʻrtacha tayyorgarlik darajasini tashhislash.

Davlat xizmatchilarining oʻqishga boʻlgan ehtiyojini baholash masalasini xorijiy mamlakatlar, shu jumladan, Ukraina misolida koʻrib chiqamiz. Oʻz-oʻzidan "kadrlarni baholash, oʻqitish va rivojlantirish" yoʻnalishini yaratish, aksariyat Ukraina kompaniyalari biznesni rivojlantirish ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Ukrainaning ALLO kompaniyasi guruhining tajribasini sarhisob qilsak, yoʻnalishni rivojlantirishning uch bosqichini ajratib koʻrsatishimiz mumkin:
1. Minimal talab qilinadigan mashgʻulotlarni tashkil etish.
2. Davlat xizmatchilarini baholash va oʻqitishning korporativ tizimini yaratish.
3. Strategik maqsadlar va rejalarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan ta’lim.
Har bir bosqichda ta’limga ehtiyojlarni baholash usullaridan foydalaniladi. Har bir bosqichning yutuq va kamchiliklari bor.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish