Your coat is more expensive than my coat. – Sizning paltongiz mening paltomdan ko’ra qimmatroq.
This room is more comfortable than my room. – Bu xona mening xonamga qaraganda qulayroq.
Qiyosiy darajada ko’p bo’g’inli sifatlar oldidan more ravishining o’rniga less (kamroq) ravishi qo’llansa, gapdagi birinchi narsa predmetning belgisini ikkinchi narsa predmetning belgisiga qaraganda kamaytirib ko’rsatiladi.
Your coat is less expensive than my coat. – Sizning paltongiz mening paltomdek qimmat emas ekan.
This room is less comfortable than my room. – Bu xona mening xonamdek qulay emas ekan.
9. a) Than bog’lovchisidan keyin fe’llar ishlatilsa har doim kishilik olmoshlarining ega shakllari ishlatiladi.
Model: … than + I/you/he/she/it/we/you/they + verb Jack is taller than I am. – Jek menga qaraganda uzunroq. (NOT: Jack is taller than I)
b) Than bog’lovchisidan keyin fe’l kelmasa, kishilik olmoshlarining to’ldiruvchi shakllari ishlatiladi.
Model: … than + me/you/him/her/it/us/you/them Jack is taller than me. – Jek menga qaraganda uzunroq.
§. Superlative degree – Orttirma daraja Orttirma daraja bir turdagi narsa predmetlar guruhi ichida birining belgisi boshqalarining belgisidan eng ortiqligi yoki eng kamligi bilan ajralib turishini ko’rsatadi. Orttirma daraja uchta yoki undan ko’p narsa-predmetlarga nisbatan ishlatiladi. Orttirma darajada uch soniga o’rg’u beriladi va narsa-predmetlar soni kamida uchta bo’lishi kerak. Orttirma darajada sifatlar oldidan the aniq artikli yoki egalik olmoshlari (my, his, your) ishlatiladi.
The River Nile is the longest river in the world. – Nil dunyodagi eng uzun daryo. (Dunyoda daryolar ko’p, lekin shularning ichida Nil daryosi o’zining eng uzunligi bilan, ya’ni belgisining eng ortiqligi bilan ajralib turadi)
Elephants are the biggest mammals on land. – Fillar quruqlikdagi eng katta sut emizuvchilar. (Yer yuzida sut emizuvchilar ko’p, lekin shularning ichida fil o’zining eng kattaligi bilan, ya’ni belgisining eng ortiqligi bilan ajralib turadi)
Jack is the tallest boy in the class. – Jek sinfdagi eng baland bo’yli bola. (Sinfda bolalar ko’p, lekin shu bolalar ichida Jek o’zining bo’yi eng balandligi bilan ajralib turibdi)
1. Orttirma darajada bir bo’g’inli sifatlarga + est (o’zbek tiliga eng deb tarjima qilinadi) qo’shimchasi qo’shiladi. Sifatlarning orrtirma darajasi qo’llangan gaplarda asosan in va of predloglari ishlatiladi. In joyni ko’rsatadi va in predlogidan keyin birlikdagi otlar, of predlogidan keyin esa ko’plikdagi otlar ishlatiladi.