Elektryoyli metallash. Bu usulning moxiyati shundaki, suyultirib purkaladigan diametri 1—2 mm li sim g`altak 7 dan (1.9-rasm, «a») mexanizm 11 yordamida elektrometallizator 8 ning (1.9- rasm, «b») yo’naltiruvchi uchliklari 12 orkali uzluksiz uzatib turiladi. Tarmok 5 dan transformator 6 orkali keladigan elektr toki ta`sirida sim 10 uchlari orasida elektr yoyi paydo bo’lib, ularni suyuklantiradi. Ayni vaktda soplo 13 orkali suyultirish zonasi 14 ga kompressor 1, tutkich 2, ressiver .7, ajratgich 4 orkali bosim ostida xavo beriladi. Xavo suyuklangan metallni diametri 10—50mkm va zarrachalarga parchalaydi va ularni 60—250 m/s tezlikda dumalok 9 yoki tekis 15 sirtga purkab yotkizadi. Kiyin suyuklanadigan metallardan xosil kilingan koplama kalinligi o’rta xisobda 1,0—1,5 mm, oson suyuklanadigan metallarniki esa 2,5—3,0mm bo’ladi. Elektromexanik ishlov berishda detalga tok uzatuvchi asbob suqilishi tufayli sirtdagi metallning qayta taksimlanishi sodir bo’ladi.
Spiralsimon chiziklar tekislangandan keyin val diametrining kengayishi 0,4 mm dan oshmaydi. Termik ta`sir bo’lgani uchun val bo’yinlari toblanib qoladi.
Detalning charchashga mustahkamligi 10...12 % gacha ortadi. Hosil bo’lgan ariqchalarni har xil materiallar bilan to’ldirish, masalan sim
payvandlash, tavsiya etiladi. Sim payvandlash tok uzatuvchi rolik bilan
bajariladi. Metallografik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sim ariqchalarni yaxshi to’ldirar ekan va qo’shilgan metallning birikish mustahkamligi 10...20 kg/mm ga etar ekan. Eyilishga chidamliligining ortishiga erishiladi. Ushbu usul keng laboratoriya tadqiqotlaridan o’tmoqda, hamda ta`mirlashda qo’llanilishi bo’yicha bir necha misollar mavjud.
Kontakt payvandlab qoplash usuli bosim ostida payvandlash usullariga kirib, uning po’lat lenta, sim va metall kukunlarini suyuqlantirmasdan va suyuqlantirib qoplash turlari mavjud. Ushbu usul faqat metallarni payvandlashda qo’llaniladi va unda asosiy energiya manbai bo’lib birikuvchi detallarning kontakt yuzasidan elektr toki o’tishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik xizmat qiladi.
Kontakt payvandlashda bosim kuchi turg`un elektr kontaktini shakllantirish va payvand chok strukturasini yaxshilash, hamda deformatsiya
va ichki kuchlanishni kamaytirish maqsadida beriladi.
Payvandlanuvchi metallar uchun elektr qarshilik odatda juda kichik bo’ladi (mikroomlarda), tok o’tish vaqtini ham metallni gazga to’yinib
qolishi mumkinligi hisobiga katta olib bo’lmaydi (odatda u sekundning qismlarini tashkil etadi). Natijada kontakt payvandlashda etarli miqdordagi energiyani hosil qilish uchun tok kuchini katta olish kerak bo’ladi. Bu esa kontakt payvandlash jihozining o’ziga xosligini belgilaydi. Ushbu o’ziga xoslik kontakt payvandlash mashinasining qisqa muddat ichida tarmoqdan katta miqdorda (o’nlab va yuzlab kilovatt) elektr energiyasi olishini talab etadi. Bu elektr nuqtai nazaridan foydasiz bo’lgani uchun kontakt payvadlashni elektr ta`minotida energiya yig`ish tizimi kiritiladi. Natijada boshqa payvandlash usullariga nisbatan o’rtacha elektr energiya sarfi ancha kamayadi. Ammo kontakt payvadlash jihozi murakkab va qimmatroq bo’ladi.
Kontakt payvandlashda jarayon ikki xil variantda olib borilishi mumkin: 1) metallni suyultirmasdan yuqori plastik holatgacha qizdirib;
2) payvand nuqtada metallni suyuqlanguncha qizdirib, quyma strukturasini
hosil qilib. Ikkala jarayon ham ishlab chiqarishda qo’llanilib keladi. Ammo suyuqlantirib payvandlash energetik va texnologik nuqtai nazardan samaraliroq hisoblanadi. CHunki unda elektr energiya sarfi kam, payvand chok esa mustahkam bo’ladi.Elektr kontakt usulini amalga oshirish uchun quyidagi (rasm 1.10.) jixozdan foydalanish mumkin.
Ushbu usul bilan po’lat, cho’yan va rangli metallardan iborat valsimon
detallarning eyilgan yuzalarini va podshipnik o’rnatiladigan korpus
detallarini qayta tiklash mumkin.
Rasm 1.10. Kontakt payvandlash dastgohi.
Usulni jihozining murakkabligi bilan birga olinadigan payvand
qatlam qalinligining cheklanganligi kabi kamchiliklari mavjud. Galvanik qoplash usuli elektr toki ta`sirida metall tuzlarining eritmasidan metallarning ajralib chiqishi xossasiga asoslangan.
Galvanik qoplamalar detalning eyilgan yuzasini qoplash uchun olinadi.
Galvanik usullar yordamida kam eyilgan detallarni qayta tiklash imkoniyati mavjud. Bu usullarning afzalligi shuki, elektroliz jarayoni
rejimlarini o’zgartirish yo’li bilan tanlangan metallning mexanik xossalarini o’zgartirish mumkin.
Jarayon yordamida olingan qatlamning ishqalanishga chidamliligi past
va qattiqligi yuqori chastotali tok bilan toblangan po’lat 45
qattiqligining 75 foizini tashkil etishi, charchash mustahkamligining
25...30 % kamligi, tayyorgarlik operatsiyalarining murakkabligi va katta mehnat talab qilishi, katta hajmdagi ishlab chiqarish maydonining kerakligi, xizmat qiluvchilar salomatligiga zararliligi kabi kamchiliklari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |