Bog'liq Yeyilgan detallarni istiqbolli usullar bilan biklashda qollaniladigan payvandlash materiallari tahlil
1.3. Payvandlash, qoplash usullari bo’yicha umumiy ma`lumotlar. Payvandlash va qoplash usullari mashina detallarini ta`mirlashning
eng asosiy usullari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ta`mirlash korxonalarida
payvandlash va qoplash usullari bilan 55% dan ortiq detallar qayta
tiklanmoqda. Eyilgan detallarni qayta tiklashda qo’llaniladigan usullar bo’yicha ma`lumotlar jadval 1.2. keltirilgan.
Detallarni qayta tiklash usullari
Jadval- 1.2
Ta`mirlashda shu usullarning keng qo’llanishi quyidagi omillar
bilan ifodalanadi: ularning unumliligi va jarayonning nisbatan
oddiyligi, qoplangan qatlamning asosiy metall bilan mustahkam birikishi, sifatli qoplama olish imkoniyati (yuqori qattiqligi, eyilishga
chidamliligi, oshirilgan qayishqoqligi va xakazo).
YUqoridagi jadvalda keltirilgan ayrim payvandlash, qoplash usullar
bo’yicha qisqa taxliliy ma`lumotlarga to’xtalamiz. Flyus qatlami ostida avtomatik va yarim avtomatik payvandlab qoplash. Jarayon yuqori unumdorligi bilan xarakterlanadi, bir soatda 35 kg metallni, 2 daqiqada esa 30...40 sm2 gacha yuzani qoplash mumkin. Usulning afzalligi shundaki, qoplangan metallni legirlash yo’li bilan kerakli fizik-mexanik xossalarga ega bo’lgan qatlamni olish mumkin.
Avtomatik va yarim avtomatik payvandlab qoplashda kukunsimon
kompozitsion materialdan foydalanish mumkin. Bolgariyada detallarning yuzasini kompozitsion material bilan qoplashda quyidagi texnologiyadan foydalaniladi (rasm 1.5.)
.
Rasm 1.5. Kompozitsion qatlam olish usuli.
1- payvandlanayotgan detal; 2- suyuqlanuvchi elektrod;
3- kukunsimon material bunkeri; 4- rolik; 5- sovutish suyuqligi.
Val shaklidagi detalning eyilgan yuzasiga suyuqlanuvchi elektrodni avtomatik payvandlab qayta tiklashda, yoydan ma`lum masofa orqada qattiq qotishma kukuni uzatiladi. Qattiq qotishmaning kukuni uning orqasidan kelayotgan rolikning bosim kuchi ta`sirida payvand qatlam ichiga bosib kiritiladi. Rolik orqasidan esa sovutuvchi suyuqlik berilib payvand qatlam toblanadi. Ushbu usul payvandlangan metallda qattiq qotishmaning erib ketishidan saqlab, kompozitsion qatlam olishni ta`minlaydi. Lekin bu usul qattiq qotishma zarralari qatlam yuzasida joylashganligi uchun qatlam qalinligi bo’yicha fizik-mexanik xossalarning bir xil bo’lishini ta`minlay olmaydi.
Qattiq qotishmali kukunsimon materialni suyuqlanuvchi elektrod
orqasidan payvandlash vannasiga yuborish usuli Belorussiyada sinovdan
o’tkazilgan (rasm1.6.)
Rasm 1.6. Kukunsimon materialni payvandlash vannasiga
uzatish sxemasi.
1 - suyuqlanuvchi elektrod; 2 - kukunsimon material bunkeri;
3 - payvandlash vannasi; 4 - payvand qatlam.
Kukunsimon materialni suyuq metall vannasiga yuborish turli usullarda: uning o’z og`irligi yordamida, maxsus uzatuvchi moslama yordamida,
gaz oqimi yordamida amalga oshirish mumkin. O’tkazilgan tajribalar oxirgi
uzatish usulini yaxshiroq ekanligini ko’rsatgan. Kompozitsion qatlam tarkibini matritsa sifatida asosiy va elektrod metali aralashmasi, hamda
to’ldiruvchi sifatida esa qattiq qotishmalar tashkil etadi.
Flyus ostida payvandlash usulining bir qator kamchiliklari mavjud:
-kichik diametrli detal yuzasida (50...60 mm dan kam) erigan metalni flyusli vannada ushlab qolishning qiyinligi;
-shlak qatqalog`ini chiqarishning qiyinligi;
-ishlash sharoitini nazorat qilishning qiyinligi (flyus bo’lganligi uchun);
Karbonat angidrid muhitida avtomatik va yarim avtomatik payvandlab qoplash. Karbonat angidrid muhitida qoplash bir qator muxim
afzalliklarga ega. Ulardan asosiylari flyus ostida avtomatik payvandlashga nisbatan yuqori unumdorligi (18...20 sm2/min) va yuqori
qoplash koeffitsientiga egaligi. Ushbu usul bir qator texnologik afzalliklarga ega:
-qoplash jarayonini kuzatib turish mumkinligi;
-jarayonni to’xtatmasdan bir necha vallarni qoplash mumkinligi;
-kichik diametrli detallarga qo’llash mumkinligi;
-yupqa qatlam (0,8...1,0 mm) qoplash mumkinligi.
Kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
-katod elementlarining kuyib, bug`lanib ketishi;
-erigan metal vannasida vodorod va azot bug`langanligi tufayli chokda
g`ovaklar xosil bo’lishi;
-elektrod materiallarining ko’p qismi (10...15 % gacha) sachrab ketishi;
-yuqori qattiqlikka ega bo’lgan qatlamni faqat yuqori legirlangan sim yoki kukunli sim va keyinchalik, termik ishlov berish bilan olish mumkinligi.