Qarshi davlat universiteti fizika matematika fakulteti


Payvandlash, qoplash, purkash simlari va lentalari



Download 1,9 Mb.
bet9/18
Sana17.07.2022
Hajmi1,9 Mb.
#817988
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Yeyilgan detallarni istiqbolli usullar bilan biklashda qollaniladigan payvandlash materiallari tahlil

2.2.Payvandlash, qoplash, purkash simlari va lentalari.
Suyuqlantirib qoplangan materialning sifati va payvandlash jarayonidagi yoki suyuqlantirib qoplashdagi ish unumi ko’pincha elektrod
materiali va ularning qoplamalariga qarab aniqlanadi. Payvandlash (qoplash) usuliga qarab payvandlash simi, suyuqlanadigan va suyuqlanmaydigan elektrod sterjenlar, plastina va lentalardan foydalaniladi.
Payvandlashning mexanizatsiyalashtirilgan usuli qo’llanilganda qoplamasiz simdan foydalaniladi, yoy yordamida dastaki payvandlashda esa sim 300...400mm uzunlikdagi sterjenlarga qirqib bo’linib, ularning yuzasi
qoplama bilan qoplanadi. YUzasiga qoplama qoplangan suyuqlanuvchi sterjen
payvandlash elektrodi deb ataladi (rasm 2.1).
MDH davlatlarning sanoatida payvandlash po’lat simlari diametri
0,3 dan 8 mmgacha (0,3; 0,5; 0,8; 1,0; 1,2; 1,4; 1,6; 2,0; 2,5; 3,0; 4,0; 5,0; 6,0; 8,0)
qilib ishlab chiqariladi. Kimyoviy tarkibiga qarab payvandlash po’lat simi
kam uglerodli, legirlangan va ko’p legirlangan turlarga ajratiladi.

Rasm 2.1. Elektrodlarning umumiy ko’rinishi
Hammasi bo’lib 6 markada, tarkibida ko’pi bilan 0,12% uglerod bo’lgan Sv-08, Sv-08A, Sv-08GA, Sv-10GA, Sv-10G2 va boshqa kam uglerodli simlar
kam va o’rtacha uglerodli, shuningdek ba`zi kam legirlangan po’latlarni
payvandlashga va qoplashga mo’ljallangan. Ayrim kam uglerodli simlarning
kimyoviy tarkibi 2.1.jadvalda keltirilgan Kam uglerodli simlarning kimyoviy tarkibi
Jadval 2.1.

Hammasi bo’lib 30 markada Sv-08GS, Sv-08G2S, Sv-12GS, Sv-18XGS, Sv-08XN2M, Sv-08XGSMFA va boshqa legirlangan simlar umumiy soni 6% dan oshmaydigan oltitagacha legirlovchi elementdan iborat. Bu simlar uglerodli va legirlangan po’latlarni payvandlash xamda suyuklantirib koplashda ishlatiladi. Sv-15GSTYUTSA va Sv-20GSTYUA markadagi simlar sterjenlar tayyorlashda va qo’shimcha ximoyalanmay payvandlashda ishlatilishi mumkin. Ayrim kam legirlangan simlarning kimyoviy tarkibi jadval 2.2.da berilagan.
Kam legirlangan simlarning kimyoviy tarkibi
Jadval 2.2.

Hammasi bo’lib 41 markada Sv-12X13, Sv-06X19M9T va boshqa ko’p legirlangan simlar tarkibida 6% dan ko’proq legirlovchi elementlar bor. Bu
simlar zanglamaydigan, issiqbardosh va boshqa maxsus po’latlarni payvandlashda ishlatiladi.
Payvandlash elektrodlarini sanoatda xam suyuqlanadigan, xam suyuqlanmaydigan xolatda ishlab chiqariladi. Suyuqlanmaydigan ko’mir elektrodlar uzunligi 300 mmgacha va diametri 6 dan 30 mmgacha bo’lgan sterjen tarzida tayyorlanadi.
Suyuqlanmaydigan volfram, gafniy elektrodlarining diametri 2 dan 10 mmgacha (2; 3; 4; 5; 6; 8; 10) bo’ladi. Volfram va gafniy elektrodlari asosan elektro yoy yordamidagi dastaki va mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash, qoplash va purkash usullarida o’zgaruvchan va o’zgarmas tok manbalarida qo’llaniladi. Volfram elektrodlari asosan volfram elementidan xamda 1,5-3%gacha ittriy oksidi, 0,01% tantal yoki 1-1,5% lantan oksidlaridan tayyorlanadi.
Payvandlashda etakchi o’rinni egallagan suyuqlanadigan elektrodlar payvandlash zonasini ximoyalash uchun turli elementlar bilan qoplangan
xolda ishlab chiqariladi. Elektrod qoplamalari vazifasiga qarab ikki gruppaga bo’linadi: turg`unlashtiruvchi yoki yupqa va sifatli yoki qalin qoplamali.
Turg`unlashtiruvchi yupqa qoplamalar tarkibida atomlari oson ionlanuvchi va yoyning turg`un yonishini ta`minlovchi, shuningdek, ayniqsa o’zgaruvchan tokda payvandlashda yoyning uyg`onishini tezlatuvchi moddalar bo’ladi. Kaliy, shuningdek, kaltsiy bug`i juda yaxshi ionlanadi. Kaltsiy marmar va bo’r tarkibiga kaltsiy karbonat SaSo3 tarzida kiradi. Ancha oddiy va kengroq tarqalgan turg`unlashtiruvchi qoplama - bo’rli qoplama bo’lib, massasi bo’yicha 15...20 ulush natriyli suyuq shishaga 80...85 ulush bo’r olinadi. Qoplama elektrodga 0,1...0,3 mm qalinlikda qoplanadi va u elektrod massasining 1...2% ni tashkil etadi. Turg`unlashtiruvchi qoplamalar suyuqlanadigan metallni kislorod va xavo azotidan himoyalamaydi, shuning uchun xam payvand chok nisbatan mo’rt, tarkibida begona moddalar bo’ladi.
Sifatli ximoya qoplamalari suyuqlantirib qoplangan qatlamni atrof xavodagi kislorod va azotdan saqlaydi, qoplama tarkibiga kiruvchi legirlovchi elementlar esa payvand chok xosil qilish imkonini beradi, bu chok asosiy metalldan qolishmaydi, ba`zan esa mexanik xossalari jixatidan undan ustunlik qiladi. Bu qoplamalar 0,7...2,5 mm qalinlikda elektrodga qoplanadi va ular massasi jixatidan elektrod massasining 30...75%ni tashkil qiladi.
Sifatli ximoya qoplamalar tarkibidagi asosiy moddalarga qarab quyidagi guruxlarga ajratiladi: A - kislota qoplamali; B - asosiy qoplamali; TS - tsellyuloza qoplamali; R - rutil qoplamali; P - puxta ko’rinishdagi qoplamali.
YOy yordamida payvandlash elektrodlari bir necha tiplarga bo’linib, ularning xar biriga payvand chokning ma`lum sifatli bo’lishini ta`minlovchi bir necha markadagi elektrodlar kiradi.
E42, E42A, E46, 346A, E50 va E50A tipidagi (ANO-1, AMO-5, UONI- 13/45, UONI-13, 55 va xokazo markadagi) elektrodlar vaqtincha uzilish qarshiligi 500 MPa bo’lgan uglerodli va kam legirlangan po’latlarni payvandlash uchun mo’ljallangan. A xarfi plastikligi va zarbiy qovushoqligi jixatidan yuqori sifatli payvand chok xosil qilishini bildiradi.
E55 va E60 tipidagi (UONI-13/55U va UONI-13/65 va xokazo markadagi) elektrodlar vaqtincha uzilish qarshiligi 600 MPa bo’lgan po’latlarni payvandlashda ishlatiladi. E70, E85, E100 va E150 tipidagi
(UONI-13/85, NIAT-3, NIAT-ZM va xokazo markadagi) elektrodlar vaqtincha uzilish qarshiligi 600 MPa dan yuqori va mustaxkamligi yuqori bo’lgan po’latlarni payvandlashda ishlatiladi.
E-09MX, E-09X1MF, E - 10XZM16F va xokazo tipidagi elektrodlar legirlangan yuqori sifatli va issiqqa chidamli po’latlarni payvandlash
uchun mo’ljallangan. Bu tipdagi elektrodlarga TSL -55, TSL -20, TSL -36, TSL –26M va xokazo markadagi elektrodlar kiradi.
E-10G2, E-12G4, E-30G2 XM va xokazo markadagi elektrodlar ko’pincha zarbiy yuklamaliy va ko’p eyiladigan qiyin sharoitlarda ishlaydigan detallarni suyuqlantirib qoplashda ishlatiladi.
Detallarni qoplashda va puxtalashda mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan usullardan foydalanish jarayonida turli qoplama po’lat simlardan foydalaniladi. Bu simlarning diametri xam 0,3 dan 8
mmgacha bo’ladi. Po’lat qoplama simlar 3 guruxga bo’linadi: uglerodli- Np-30, Np-40, Np-50, Np-65, Np-80, Np-65G; kam legirlangan- Np-30XGSA, Np-40X2G2M, Np-50XFA; yukori legirlangan- Np-X20N80T, Np-40X13.
Qoplama po’lat simlarning kimyoviy tarkibi 2.3 jadvalda keltirilgan. YUqorida keltirilgan qoplama simlar asosan quyidagi detallarni yuzalarini qayta tiklashda qo’llaniladi: Np-30, Np-40-turli o’q va vallar;
Np-50, Np-65-tayanch g`altaklar, tortish g`ildiraglari, tutib turuvchi roliklar, g`altak o’qlari; Np-80, Np-65G-tirsakli vallar, kardan val krestovinalari, traktor yurish kismi detallari, shlitsali vallar, tayanch roliklar; Np-30XGSA po’latdan tayyorlangan tirsakli vallar, tirsakli o’qlar, tsapfalarning balansirlari; Np-40X2G2M-tirsakli vallar,buruvchi kulachoklar, juft g`altak o’qlari (yukori zarb kuchlanishlarda ishlaydigan detallar); Np-50XFA-shlitsali vallar, dvigatelning tirsakli vallari; Np-40X13-transporterlarning detallari, traktorlarning tayanch roliklari.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish