Bo‘g‘in. Takt bo‘g‘inlarga bo‘linadi. Bo‘g‘in taktning bir yoki birdan ortiq tovushlar qo‘shilmasidir. O‘zbek tilida so‘z bo‘g‘inlarini faqat unli tovushlargina shakllantiradi. Masalan, “bir Vatankim” birikmasi bir-Va-tan-kim kabi to‘rt bo‘g‘indan tarkib topgandir.
O‘zbek tilida (unli tovushlar V-vokal, undosh tovushlar S-konsonant belgilari orqali ko‘rsatiladi) so‘z bo‘g‘inlari quyidagi ko‘rinishlarga ega:
1) V: o-ta, o-na, a-ka, u-ka kabi;
2) SV: bo-la, da-la, to-la kabi.
3) VS: ot, ish, uch, och, ich kabi;
4) SVS: non, suv, mak-tab, daf-tar kabi;
5) SVSS: sust, tinch, baxt kabi;
6) VSS: ust, ost kabi;
7) SSVS: tram-vay, trak-tor kabi;
8) SSVSS: sport, start, shtamp kabi;
9) SSSVS: sprav-ka kabi;
10) VSSSS: Ernst kabi;
11) SSSSSSUS: Mrktchyan va boshqalar.
Bundan ko‘rinadiki, fakt 13 tiplar o‘zbek tiliga xos bo‘lib, boshqalari o‘zbek tiliga boshqa tillardan qabul qilingan so‘zlardagina uchraydi.
URG‘U
Rеjа:
1. Urg‘u haqida ma’lumot.
2. Urg‘uning turlari:
a) o‘rniga ko‘ra: erkin va turg‘un urg‘u;
b) sifatiga ko‘ra: dinamik va melodik urg‘u;
v) so‘z (leksik) va gap (mantiqiy) urg‘u;
g) bosh va ikkinchi darajali urg‘u.
3. Urg‘u olmaydigan ayrim shakllar.
So‘z bo‘g‘inlaridan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq aytilish hodisasiga urg‘u deyiladi. So‘zda faqat unli tovushlargina urg‘u oladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda urg‘u olgan bo‘g‘in boshqalariga nisbatan kuchliroq, zarb bilan aytiladi. Masalan, kitob, kitobim, kitobdan kabi.
So‘z bo‘g‘inlarida urg‘uning qo‘llanilishi hamma tillarda bir xil emas. Urg‘u tushadigan bo‘g‘in o‘rin jihatidan farqlanadi, shunga ko‘ra urg‘u dastlab erkin urg‘u va turg‘un (bog‘li) urg‘uga ajratiladi.
Erkin urg‘u so‘zning istagan bo‘g‘iniga tushishi mumkin. Masalan, rus tilidagi urg‘u erkin urg‘udir, shuning uchun u so‘zning boshida ham, o‘rtasida ham, oxirida ham kela oladi: traktor, atlas, moloko (maloko) kabi. O‘zbek tili urg‘usi turg‘un (bog‘li) urg‘udir, chunki o‘zbek tilida urg‘u doim so‘zning oxirgi bo‘g‘inida keladi, bu, ayniqsa, so‘zlar turli qo‘shimchalar olib kengayganda yaqqolroq ko‘zga tashlanadi: ishchi, ishchilar, ishchilarimiz, ishchilarimizga kabi. Urg‘uning erkin bo‘lishi ba’zan so‘z ma’nolarini farqlash va, ayniqsa, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun katta xizmat qiladi.
Masalan: qatlama-ot, qatlama-fe’l; hozir-payt, ravish, hozir-mavjudlik, ot kabi ma’no farqlasa, televizor so‘zida to‘g‘ri talaffuz normasini belgilab beradi: televizor emas, televezr kabi. Hatto so‘nggi urg‘usiz bo‘g‘indagi o tovushi nol darajaga yaqinlashadi.
Urg‘u sifatiga ko‘ra dinamik (kuch) urg‘usi va melodik (musiqaviy-cho‘ziq) urg‘uga ajratiladi. O‘zbek tili urg‘usi dinamik urg‘udir, chunki bunda urg‘u tushgan bo‘g‘in boshqalariga nisbatan kuchliroq aytiladi va urg‘usiz bo‘g‘inlardan ko‘ra aniqroq talaffuz qilinadi: shaharliklardan kabi. Musiqaviy urg‘uda zarb kuchli bo‘lmay, ohang kuchli bo‘ladi. Xitoy, yapon, litva, rus va boshqa tillari urg‘usi musiqaviy urg‘udir. Buni o‘zbek tilidagi infinitiv, vokativ, ritorik so‘roq gaplarda, shuningdek, erkalash, olqishlash, suyish va hurmat ma’nolarini anglatadigan vositalarda kuzatish mumkin.
Urg‘ular qanday til birliklarida qo‘llanishiga ko‘ra ham ikkiga bo‘linadi: so‘z urg‘usi (leksik) va gap urg‘usi (logik-mantiqiy).
Gap urg‘usi yoki mantiqiy urg‘u gap tarkibidagi so‘zlardan biriga tushiriladi. Urg‘u olgan so‘z yoki bo‘lak gap tarkibidagi boshqa so‘z yoki bo‘laklarga nisbatan ajratilib aytiladi (bunda ohangning ahamiyati katta), diqqat urg‘uli so‘zga qaratiladi, aynan shu so‘z yo bo‘lakdan anglashilgan ma’no ajratiladi, bo‘rttiriladi. Bunday holatda gapda so‘zlar yoki bo‘laklarning tartibida ham o‘zgarish yuz berishi mumkin, chunki so‘z urg‘usidagi kabi gap urg‘usida ham urg‘uli so‘z yoki bo‘lak har vaqt gap oxiriga intiladi. Qiyoslang: Bugun kinoga men bordim-sen emas;
Men kinoga bugun bordim-kecha emas;
Men bugun kinoga bordim-teatrga emas;
Men bugun kinoga bordim-bormay qolmadim kabi.
Yoki Salim ukam injener bo‘ldi gapida ham ohangning o‘ziga xos o‘zgarishini kuzatish mumkin.
So‘z urg‘ulari ahamiyat jihatdan bosh (bilamchi) va ikkinchi darajali (ikkilamchi) urg‘ularga ajratiladi, lekin uning so‘z ma’nosini farqlash yoki talaffuz uchun qiymati uqadar sezilmaydi, bo‘g‘inlarning kuchlikuchsizliginigina farqlaydi, xolos.
Masalan, “xizmatchiman” so‘zida buni quyidagicha tasvirlash mumkin:
chi
mat
Xiz
man
O‘zbek tilida so‘zlar affikslar olib kengayganda, urg‘uning ham so‘nggi bo‘g‘inga ko‘chishini, almashinishini (ishchi-ishchilar kabi) kuzatdik. Biroq tilda shunday affiks va affiksyuklamalar borki, ular umuman urg‘u olmaydi. Shuning uchun ular so‘z oxirida kelganda ham, urg‘u shu bo‘g‘inga ko‘chmay, oldingi bo‘g‘inda qoladi: aytdimku, bizlargina kabi.
Quyidagi affiks va affiksyuklamalar odatda urg‘u olmaydi:
1) mi, ku, chi, da, yoq (oq) kabi affiksyuklamalar: bormi? keldimi? oldilarku, sizchi?, ertasigayoq;
2) kesimlik affikslari: Men ishchiman, sen talabamiz, u shoirdir.
3) kesimlik affikslariga xos ayrim tuslovchi qo‘shimchalar: ishlaganman, o‘qiyman;
4) cha affiksi: mardlarcha, yuzlarcha;
5) gina affiksi: bizlargina;
6) ta affiksi: beshta, yuz mingta;
7) bo‘lishsizlik affiksi ma: so‘rama, aytma;
8) day, dek affikslari: senday, olmadek, mushttakkina kabi.
Urg‘u haqidagi bu qoidalarni o‘zbek tiliga chetdan qabul qilingan so‘zlarda tadbiq qilib bo‘lmaydi, chunki bunday so‘zlar, ayrim holatlarni hisobga olmaganda, o‘zbek tilida ham o‘z xususiyatini saqlab qoladi: albatta, umuman, hamma, programma, akademik kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |