29- mavzu. Gap tuzilishida hol, to‘ldiruvchi va aniqlovchining o‘rni
Hol va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Holning gap qurilishidagi o‘rni, ma’noviy turlari, ifodalanishi.
To‘ldiruvchi va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi. To‘ldiruvchining gap qurilishida so‘z kengaytiruvchisi sifatidagi o‘rni, ifodalanishi. To‘ldiruvchilarning turlari.
Aniqlovchi va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Aniqlovchining gap qurilishidagi o‘rni, ifodalanishi. Aniqlovchining turlari.
30-mavzu. Sodda gapning murakkablashuvi
Sodda gapning murakkablashuvi va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Sodda gapni murakkablashtiruvchi vositalar.
Ajratilgan bo‘laklari, uyushiq bo‘laklar, undalma, kirish va kiritmalar. Murakkablashgan sodda gapning lisoniy sintaktik qolipi.
31-mavzu. Uyushgan gap
Uyushgan gap, uning sodda va qo‘shma gap oralig‘ida tutgan o‘rni. Uyushgan gapning lisoniy-sintaktik qolipi, turlari, nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.
Do'stlaringiz bilan baham: |