Qarshi davlat universiteti biotexnologiya yo'nalishi 1-kurs magistranti normamatova malikaning


I. Bob. Biotexnologiya va o'simlikshunoslikda fitogarmonlar hamda o'simliklarni rivojlanishini boshqaruvchi stimullatorlar



Download 45,68 Kb.
bet3/6
Sana23.07.2022
Hajmi45,68 Kb.
#844650
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mikroorganizmlar asosida o\'simliklar o\'sishi va rivojlanishi

I. Bob. Biotexnologiya va o'simlikshunoslikda fitogarmonlar hamda o'simliklarni rivojlanishini boshqaruvchi stimullatorlar
1.1 O'simliklarni garmon tizimi .Fitogarmonlar
O‘simliklami o‘sishi va rivojlanishini boshqaruvchi sun’iy regulatorlar, yoki fitoregulatorlar o'simliklar ontogenezini boshqa-rishda qudratli vosita hisoblanadi. Shuning uchun ulardan qishloq xo‘jalik o‘simliklari biotexnoiogiyasida va amaliy o‘simlikshunoslikda keng foydalaniladi. Fitoregulatorlar - hujayralaming differensirovkasi, bog’lanishini boshqarishda, yangi to‘qima va organlami hosil bo‘lishida, o‘simliklami o'sishi hamda rivojlanishini tezlashtirishda, hosildorligini oshirishda, sifatini yaxshilashdagi zarur moddalardir. O’simliklar gen muhandisligi ham fitoregulatorlar haqidagi bilimlarga tayanib ish ko‘radi. Zamonaviy o‘simlikshunoslikda fitoregulatorlar agrosenozlaming hosildorligini va muhitning noqulay omillariga chidamliligini oshirishda qo‘llaniladi, qator texnologik operatsiyalami birmuncha osonlashtirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda fitoregulatorlaming o‘simliklarga minimal (lga ekinlarga bor yo‘g‘i 1 necha milligram) miqdorda ta’sir etuvchi yangi avlodlari yaratilmoqda. Bu esa alohida ekologik ahamiyat kasb etadi.
Stimulator moddalar miqdorini oshiruvchi yoki ingibitor moddalar miqdorini kamaytiruvchi fitoregulatorlar urug‘ unishini tezlashtiradi va aksincha. Urug‘ unishini fitoregulatorlar yordamida stimullash1 o‘simliklarda keng qo’llaniladi. Ular ta’sirida murtaklaming tuproq namligidan foydalanish, begona o‘tlar bilan raqobatlashish qobiliyati ham ortadi va hosildorligi oshadi. Ayniqsa, sabzavotlardan bu yo‘nalish bo‘yicha yaxshi natijalar olingan. O’sishni to'xtatish orqali urug‘ning tinim davrini uzoqroq cho‘zish ham mumkin. Bu tinim davri sust bo‘lgan o'simliklar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, hosil yig‘im-terim vaqtida namlikning yuqori bo’lishi ularda enzim mikoz tanqisligining pay do bo‘lishi (EMT) ga, sabab bo‘ladi. Yuqorida qayd etilgan kamchiliklarga qarshi kurashda bu fitogormonlar miqdorini kamaytiruvchi yoki faolligini oshiruvchi, gidrolitik fermentlar faolligini oshiruvchi. antigibberellin ta’siriga ega fitogormonlami qo‘llash, shuningdek, o‘sishni to‘xtatuvchi ingibitorlar miqdorini oshiruvchi fitoregulatorlar, masalan, etilen mahsulotlaridan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. EMT ga qarshi fitoregulatorlar bilan ishlov berish ham donni saqlashdagi yo‘qotishlaming oldini olishda qo‘shimcha ijobiy ta’sirga ega bo‘ladi. Urug‘ning tinim holatining stimuli anishi qishloq xo‘jalik o'simliklarini kuzda ekilishida ham ahamiyatga ega. Kuzda ekilgan urug‘ erta bahorda unib chiqadi, bunda nihollar erigan qoming namligidan o‘zining o‘sishi va rivojlanishi uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa yuqori hosilni ta’minlaydi. Shu bilan bir vaqtda kunlar iliy boshlashi bilan chuqur tinim holatidan chiqqan urug‘ unib o‘sa boshlaydi, lekin kunning takroriy sovishi bunday ekinlarga tuzatib bo‘lmas zarar keltirishi mumkin. Bunday hollarda uriig‘ning chuqur tinim davrining davomiyligini boshqarish, urug‘ning vaqtidan oldin unishini oldini olish, tuproq namligidan maksimal darajada foydalanishining optimal sharoitini topish imkonini beradi.2
Buning uchun, ekish oldidan umg‘larga gidrofob plyonkalar qoplash bilan birgalikda o‘sishga ingibitor ta’sir ko‘rsatuvchi fitoregulatorlaming qo‘llanishi yaxshi samara beradi. Mamlakatimizda kartoshkadan bir yilda ikki marta hosil olish uchun tuganaklaming tinim holatidan chiqishini o‘sishini stimullovchi fitoregulatorlardan foydalanish orqali amalga oshirish mumkin. Buning uchun tuganaklar gibberellin va tiomochevina eritmalaridaqisqa vaqt ivitiladi.Aksincha, chuqur tinim holati stimullanganda, tuganaklaming unishi keskin ravishda to‘xtaydi va qishloq xo‘jalik ekinlarini saqlash uchun qo‘yilgan ildiz mevalar, piyozlaming sifati buzilmaydi va yoz oylarigacha deyarli to'liq saqlanadi. Tinim davrini cho‘zish uchun tugunaklami saqlash, joylashtirishdan oldin yoki o‘simlik hosili yig‘ib olinishidan oldin etilen produsentlari bilan ishlov beriladi.Poyaning o‘sishini tezlashtirish.
O’simliklar o‘sishi - hujayralarning bo‘linish va cho‘ziIish jarayonlaridan tashkil topgan bo‘lib, nafas olish, fotosintez, o‘simliklardagi moddalaming transporti, suv va mineral oziqaning tushishini ta’minlovchi biologik jarayonlar yig‘indisidir. Har qanday fitoregulator qo’lanilganda o‘simliklar o‘sishiga qandaydir ta’sir ko'rsatadi.O’simliklar olamida gigantizm va pakanalik faktlari kuzatilib, ulardan o‘simlikshunoslik amaliyotida keng qo‘llaniladi. Bunday holatning asosiy sababi fitogormonlari boshqarish tizimning buzilishi bo‘lib, natijada o‘simlik bo‘yining haddan ziyod o‘sib ketishi yoki pakana bo'lishi kuzatiladi.
O'simliklaming ildiz tizimi auksinlar, poyasi gibberellinlar, generativ a’zolari brassinosteroidlar, gibberellinlar va sitokininlar tomonidan stimullanadi. Ko‘pchilik o‘simlik nihollarining o'sishi subapikal zonadagi hujayralaming bo‘linishi va cho‘zilishini faollashtiruvchi gibberellinlar tomonidan stimullanadi, etilen, abssiz kislotasi va ba’zi fenolli moddalar, tomonidan to‘xtatiladi (ingibirlanadi). Niholning o'sish xarakteri apikal dominantlikni stimullovchi auksinlar tomonidan va bu jarayonni to‘xtatuvchi sitokininlar tomonidan belgilanadi.3
O’simlik hujayralariga gibberellin analoglari kiritilganda, gibberellinlar miqdorining ortishi natijasida, uning o‘sishi bo‘g‘in oralig’ masofasining cho‘zilishi hisobiga stimullanadi. Ammo, bunda poya ingichkalashadi, uning mexanik mustahkamligi va yo‘gochlanish darajasi pasayadi. Turli xil oilalarga mansub o'simliklarning gibberellinlarga ta’sirchanligi turlichadir. Masalan, qovoqdoshlar oilasi vakillari nihollarining o‘sishi faqat GK4 va GK7 tomonidan, g‘alladoshlarda esa GK va GK3 tomonidan stimullanadi. Gibberellin analoglarining narxi qimmatligi sababli amaliyotda nihollaming vegetativ o'sishini stimullashhozircha keng tarqalmagan.
Bu preparatlami olishning arzon texnologiyalari ishlab chiqarilsa, o‘simliklami yashil massasini o‘stirishda qo’llash muhim ahamiyat kasb etish mumkin. O’simliklarga brassinosteriod va fuzikoksinlar analoglari bilan ishlov berish orqali ham ulaming o‘sishini tezlashtirish mumkin. Shuningdek, nihollar o‘sishini tezlashtirish uchun gumin va fulvokislota preparati eritmalaridan, simbiotik bakteriyalar va zamburug‘lardan mikrobiologik sintez qilingan bir qator preparatlardan foydalanish ham mumkin. O’simlikshunoslik amaliyotida nihollarning bo‘yiga o‘sishini to‘xtatishni ham boshqarish mumkin. Fitoregulatorlar orasida O’simliklaming vegetativ O’sishini to‘xtatuvchi retardantlar ham muhim o‘rmni egallaydi. Bu sinf fitoregulatorlarining birinchi preparati 1950-yilda AQSH professori Tolbert tomonidan sintezlangan va bug‘doyning yerga yotib qolishini oldini olishda samarali qo’llanilgan.
Fotosintezni boshqarish. Fitogormon tizimining barcha komponentlari fotosintezga qandaydir ta’sir ko‘rsatadi. Lekin bu jarayon asosan sitokininlar va abssiz kislotasi tomonidan nazorat qilinadi.
Sitokininlar xlorofill sintezini, xloroplastlarning differensiyalanishini stimullaydi va barg og‘izchalari ochilishini ta’minlaydi. Abssiz kislotasi esa barg og‘izchalarni yopilishiga javobgardir. Fitoregulatorlaming fotosintez jarayoniga ta’siri morfologiya bilan ham bog'liq bo’lishi mumkin, masalan, fotosintezning mahsuldorligi barg plastinkasi qiyalik burchagining poyaga nisbatan o‘zgarishi bilan o‘lchanadi.
Fotosintez jarayoniga retardantlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu preparatlar O’simliklaming vegetativ o'sishini qisqartirish va generativ organlar paydo boiish jarayonlarini stimullash maqsadida qo‘llanilganda, ko‘pincha, barglar maydoni, xlorofill miqdori, bargdagi qand miqdorining oshishi kuzatilgan. Moddalar tashilishini va hosilning sifatini boshqarish. O’simliklarda moddalaming transporti jarayonini boshqarishda auksinlar, gibberellinlar4 va sitokininlar hamkorlikda qatnashishi aniqlangan. Fotosintez mahsulotlarining bargdan zaxira organlarga tashilishini stimullovchi qator sun’iy fitoregulatorlar yaratilgan.


Download 45,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish