Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayman»


BIRINCHI PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIKKA ERISHISH OSTONASIDA” KITOBINING TAFAKKUR YANGILANISHIGA TA’SIRI



Download 0,97 Mb.
bet52/110
Sana21.02.2022
Hajmi0,97 Mb.
#61051
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110
Bog'liq
Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayma-fayllar.org

4. BIRINCHI PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIKKA ERISHISH OSTONASIDA” KITOBINING TAFAKKUR YANGILANISHIGA TA’SIRI.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizning o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritish arafasida va undan keyingi dastlabki oylarda olib brogan jo’shqin va serqirra siyosiy – ijtimoiy faoliyatini aks ettiradigan “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasi” deb nomlangan kitobida oqilona siyosat, xalq birligi, demokratiya, insoniylik va ezgulik yo’lining tanlanishini alohida qayd etishimiz lozimki, uning ijtimoiy mohiyati, ilmiy-nazariy qimmati va ahamiyati naqadar beqiyos ekani bugun, vaqt o’tib, Vatanimiz mustaqilligining 20 yillik taraqqiyoti davomida, ayniqsa yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Davlatimiz rahbarining ushbu kitobida mamlakatimizning mustaqillikka erishish arafasi o‘tgan asrning 80-yillar oxiri hamda 90-yillar boshida kechgan tahlikali kunlar, jamiyat hayotidagi tub burilish va odamlar ongu tafakkuridagi o‘zgarishlar, sovet davlati hali o’zining hukmronlik kuchini yo’qotmagan, repressiv siyosati davom etayotgan, “paxta ishi” degan tuhmat bilan qancha-qancha odamlar nohaq qamalgan, tazyiq va ta’qiblarga uchragan, xalq o’rtasida tushkunlik, ertangi kunga ishonchsizlik kayfiyati, qo’rquv va vahima keng tarqalgan bir paytda O’zbekiston rahbari Islom Karimov mustaqillikka erishish masalasini kun tartibiga qat’iy qilib qo’ygani aniq tarixiy hujjatlar orqali esga olinadi.
Katta avlod vakillari o‘sha davrning bevosita guvohi bo‘lsalar-da, bu jarayonlar haqida yoshlar yetarli tushuncha va tasavvurga ega emas. Shuning uchun joriy o‘quv yilida yurtimizdagi oliy o‘quv dargohlari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mazkur asarni o‘rganish bo‘yicha maxsus o‘quv-kurslar tashkil etilmoqda. Bu orqali talaba va o‘quvchi-yoshlar mustaqillik o‘z-o‘zidan, osonlikcha qo‘lga kiritilmagani, bu yo‘lda Islom Karimov ko‘rsatgan jasorat va qat’iyat, uzoqni ko‘zlab olib borilgan oqilona siyosat to‘g‘risida har tomonlama chuqur bilimga ega bo‘ladilar. Kitobda ilgari surilgan g‘oya va qarashlar yoshlarning ijtimoiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Xususan, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobini chuqur o‘rganish orqali istiqlol yillarida qo‘lga kiritilgan barcha sohalardagi yutuqlar zamirida mamlakatimizda oqilona tarzda olib borilayotgan siyosat va xalqimizning mehnatsevarligi yotgani, ana shunday yaratuvchanlik, yurtga, ona yerga muhabbat tuyg‘ularini keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlar orasida targ‘ib qilishda jonkuyar, o’z kasbining haqiqiy bilimdoni bo’lgan o’qituvchi – pedagoglarning ham zimmasiga muhim vazifa yuklaydi.
Davlatimiz rahbarining olib borgan oqilona siyosati va O‘zbekistonning beshta muhim tamoyilga asoslanib tanlagan o‘z rivojlanish yo‘liga tayanib amalga oshirilgan tub yangilanish va islohotlar bugun o‘z samarasini bermoqda. Milliy iqtisodiyotimiz ko‘p tarmoqli barqaror rivojlanish bosqichiga ko‘tarilgani hamda yurtdoshlarimiz qalbidagi Vatanga muhabbat tuyg‘usi, ularni mamlakatimiz rivoji uchun buyuk ishlar qilishga qodirligi, bu esa xalqaro hamjamiyat tomonidan rivojlanish bosqichlarida “o‘zbek modeli”ning hayotga izchil tatbiq etilayotgani natijasi ekanligi alohida e’tirof etilmoqda.
Bugungi saodatli kunlar, bugungi tinchlik, osoyishtalik, turmush tarzimizdagi qut-baraka bu bizga g‘oyibning inoyati emas. Shaxsan Yurtboshimizning oqilona va dono siyosati tufayli erishilgan natija. Shu bois, kitobdagi har bir ma’ruza o‘z vaqtida xalqimiz tinchligini, baxt-saodatini, ertangi istiqbolini o‘ylab aytilgan fikrlardir. Kitobning har bir sahifasi kishini fikrlashga undaydi, ana shu kurashlar jarayonida men qayerda edim? Qaysi harakatim, qaysi o‘y-fikrim bilan elning koriga yaraganman, degan o‘y bugun ozod va obod Vatanda erkin va farovon yashaydigan har bir fuqaroning qalbida jaranglashi tabiiy.
O‘tgan 20 yil mobaynida biz qudratli davlatning fuqarosiga aylandik. Endilikda mana shu bunyodkor, zahmatkash xalqqa munosib farzand bo‘lishni, el-yurt oldida fuqarolik pozitsiyamizni to‘g‘ri anglashni o‘z burchimiz deb bilmog‘imiz shart.
Birinchi Birinchi Prezidentimiz o‘zlari ta’kidlaganlaridek, dunyoga kelgan chaqaloq avval emaklaydi, keyin g‘oz-g‘oz turadi, undan so‘ng yurib ketadi. O‘zbekiston esa yangi davlat sifatida tug‘ilgan kuniyoq yurib ketgan. Yurib ketishga majbur bo‘lgan!
O‘zbekistonning bu borada olib borayotgan oqilona siyosati Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g‘oyalarni barcha yurtdoshlarimiz bilan hamkor va hamjihat bo‘lib amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik beradiki, olijanoblik va insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridandir. Istiqlol bizga ana shu ezgu an’analarni izchil davom ettirish va avloddan avlodga yanada mukammal bo‘lib o‘tishini ta’minlash imkonini berdi.
Kitobning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlanishi albatta bejiz emas. Bu kitob yaqin o‘tmishimizning murakkab tarixiy-siyosiy bosqichlarini, jumladan, tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan g‘oyat og‘ir va tahlikali bir vaziyatda O‘zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan Islom Karimovning o‘lkamizni chuqur inqirozdan olib chiqish, uni qat’iyat va matonat bilan istiqlol sari boshlash, Vatanimiz mustaqilligini e’lon qilish, umumxalq saylovida g‘olib chiqib, Birinchi Prezidentlik qasamyodini qabul qilishigacha bo‘lgan, tinimsiz kurashlar, keskin sinov va mashaqqatlar bilan o‘tgan faoliyat davrini o‘z ichiga oladi.
Kitobga kiritilgan nutq va ma’ruzalarda o‘sha davrdagi o‘ta dramatik voqealar, tarixiy o‘zgarishlar qanday murakkab vaziyatlarda yuz bergani, ularning tafsiloti, sabab va oqibatlari atroflicha yoritib beriladi.
Ma’lumki, 1989-yilning o‘rtalarida KPSS Markaziy Komiteti, sovet hukumati tomonidan O‘zbekistonga nisbatan qatag‘on siyosati yangi bosqichda davom ettirilib, “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deb nom olgan siyosiy kampaniyalar avj olgan edi. Kommunistik partiyaning bosh nashri bo‘lgan “Pravda” gazetasining “Oltin xazinasi ustidagi ilon” deb nom olgan maqolasida, boshqa yetakchi markaziy nashrlarda xalqimiz boshiga tinimsiz tuhmat va bo‘htonlar yog‘dirilmoqda edi. Sobiq Markazdan yuborilgan, el-yurtimiz o‘rtasida “desantchilar” deb nom olgan guruhlar tomonidan qancha-qancha begunoh insonlar, butun-butun oilalar tazyiq va ta’qiblarga uchraganini jamoatchiligimiz yaxshi eslaydi.
Ana shunday og‘ir bir sharoitda Yurtboshimiz tomonidan xalqimiz qalbidagi asriy orzu – istiqlol g‘oyasi ulkan jasorat bilan ilgari surilib, uni amalga oshirish uchun tarixiy qadamlar qo‘yilgani kitobning asosiy mavzusini tashkil etadi. Agarki bu kitobning ma’no-mazmunini bir so‘z bilan ifoda etadigan bo‘lsak, Vatanimiz mustaqilligi, ta’bir joiz bo‘lsa, yangi hayot, yangi jamiyat binosi uchun zamin bo‘lgan hal qiluvchi dasturiy maqsad va g‘oyalarni Islom Karimov o‘sha dolg‘ali yillardayoq, uzoqni ko‘rgan holda, o‘ziga nechog‘lik aniq-ravshan tasavvur etgani mazkur to‘plamning har bir sahifasidan bamisoli “qizil ip” bo‘lib o‘tishini ta’kidlash o‘rinlidir.
Shu davr mobaynida o‘lkamizda ro‘y bergan Farg‘ona, Guliston, Bo‘ka, O‘sh, Namangan voqealari paytida, tarixda “GKCHP” deb nom olgan, SSSR davlatining so‘nggi kunlarida bir guruh imperiyaparast kuchlar tomonidan amalga oshirilgan siyosiy to‘ntarish chog‘ida va boshqa shu kabi o‘ta keskin vaziyatlarda Islom Karimovning yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lni topa olgani, xalqimizning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash uchun kechayu kunduz tinimsiz mashaqqatli faoliyat olib borganini tasdiqlaydigan tarixiy manbalar ham ushbu kitobda o‘z aksini topgan.
Mamlakatimizni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni o‘nglash, xalq dardiga darmon bo‘lish, yillar davomida yechilmasdan kelgan muammolarni hal etish maqsadida aholiga uy-joy qurish uchun uchastka maydonlari va tomorqa yerlari ajratish, paxta yakkahokimligiga barham berish borasida davlatimiz rahbari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli respublika bo‘yicha 700 mingta oilaga yer berilgani, muallif ta’biri bilan aytganda, kichikroq bir davlatning aholisiga teng bo‘lgan 1,5 million yangi oila paydo bo‘lgani, qurilish materiallari ishlab chiqarish, odamlarga kredit berish, o‘z xo‘jaligini yuritish uchun urug‘lik, chorva mollari va parranda ajratishga qaratilgan ulkan ishlar haqida ma’lumot beradigan chiqishlar ham shu to‘plamdan o‘rin olgan.
Mustaqillik g‘oyalari keng qanot yoza boshlagan, xalqimiz ozodlik va erkinlikka intilgan bir paytda yurtimizning dadil qadamlarini ko‘rolmaydigan g‘arazli kuchlar sobiq Markazda ham, o‘zimizda ham topiladi. Bunday siyosiy o‘yin va fitnalarga bir misol sifatida 1991-yil 17-19 – avgust kunlari – Islom Karimov Hindiston Respublikasida rasmiy safarda bo‘lgan paytda yuz bergan voqealarni keltirish mumkin. Mamlakat rahbarining O‘zbekistonda emasligidan foydalanib, yurtimizdagi ayrim rahbarlar GKCHPning noqonuniy qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shu tariqa o‘zining siyosiy va ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadi. Faqatgina Yurtboshimizning mustahkam irodasi, oqilona va vazmin siyosati tufayli GKCHP tarafdori bo‘lgan siyosiy avantyuristlar o‘z qabih niyatiga yetolmagani ham kitobdagi chiqishlarda ifodasini topgan.
Afsuski, bugun vaqt o‘tishi bilan ana shu voqealarni ko‘rgan-bilgan, ularga bevosita guvoh bo‘lgan odamlarning soni tobora kamayib bormoqda. Yaqin tariximizning mash’um bir davrida sodir bo‘lgan bu voqealarni bilmasdan, ularning mohiyatini chuqur anglamasdan turib el-yurtimizning istiqlolga erishish yo‘lidagi kurashlar tarixini barcha murakkabliklari bilan to‘liq tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur kitobdan o‘rin olgan tarixiy hujjatlar, nutq va ma’ruzalarning bugungi va ertangi kunimiz uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega ekani yanada yaqqol ayon bo‘ladi.
Muxtasar aytganda, to‘plamga kiritilgan har bir chiqishni mutolaa qilish jarayonida biz yangi tariximizning o‘zimiz bilmagan, anglamagan yana ko‘plab qirralarini yangitdan kashf etamiz, istiqlol mohiyatini, “tarixiy burilish pallasida xalq dardi, millat qayg‘usi buyuk shaxslarni yaratishi”ni yanada chuqurroq anglaymiz.
Shu ma’noda, Birinchi Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga qo‘shilgan bebaho hissa bo‘lib, mamlakatimizning istiqlol tarixini o‘rganish va anglashda beqiyos tarixiy ahamiyat kasb etadi.
XULOSA
Mustaqilligimizni qo’lga kiritgach, mam­lakatimiz o’tmishiga, xalqimizning boy tarixiy merosiga, milliy ma’naviy qadriyat va an’analarga bo’lgan munosabatimiz tubdan o’zgardi. Istiqlol davrida millatimiz va xalqimizning g’ururi, u haqdagi barcha tarixiy haqiqatlar tiklandi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi milliy madaniyatimiz tarixini o’rganish, u haqda xolisona fikr bildirish borasida katta imkoniyatlar yaratdi. Osori-atiqalarimizni asrash, milliy qadriyatlarimizni tiklash, qadimiy va boy tariximizni to’laqonli yoritish imkoni tug’ildi.
Qonun ustuvor bo’lgan demokratik davlat tizimi, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilib, davlat boshqaruvini demokratlashtirish va jamiyat hayotini modernizatsiya qilishda “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi hayotga izchillik bilan joriy etilmoqda.
Erishilgan yutuqlardan faxrlanish bugungi kunda fuqarolarimizda istiqlol uchun mas’uliyat bilan birga Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg’usini ham shakllantirmoqda. O’tgan yigirma ikki yil davomida mustaqillik biz uchun eng ulug’, eng aziz qadriyat bo’lib, milliy o’zligimiz, or-nomusimiz, g’urur-iftixorimiz timsoli, ezgu orzu-intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbaxsh manbai sifatida shu muqaddas zaminda yashayotgan barcha vatandoshlarimiz qalbidan mustahkam o’rin egallamoqda.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish