Avgustin xristianlik yetakchi din sifatida tan olinganidan va Rim imperiyasi bо‘lingandan keyingi davrda, german qabilalari bosqini natijasida g‘arbiy Rim parchalanishi arafasida yashadi. Bu jahon imperiyasi tanazzulga yuz tutgan davrda turli cherkov tashkilotlari yuzaga keldi. Imperatorlik hokimiyati zaiflashgan sharoitlarda siyosiy ma’suliyatni cherkov о‘z zimmasiga oldi.
XIV-XVI asrlarda g‘arbiy Yevropada uyg‘onish davri ( Renessans ya’ni antik madaniyatning tiklanishi) hisoblanadi. Bu davrda, dastlab Italiyada, sо‘ngra Yevropaning boshqa davlatlarida kapitalistik ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoji tabiat ilmini, falsafani taraqqiyotga olib keldi. Tabiat - bilimning yagona manbai va taraqqiyotning asosi bо‘lib qoldi. Ana shunday sharoitda О‘rta asr sxolastikasini inkor etuvchi, inson aql-zakovatini ulug‘lovchi falsafiy qarashlar vujudga kela boshladi. Bunday g‘oyalarning dastlabki ifodasi sifatida Nikolay Kuzanskiyning (1401-1464) ta’limotini kо‘rsatish mumkin. U о‘zining ilg‘or falsafiy g‘oyalarida “borliq – bu hamma narsadir” deydi. N. Kuzanskiy ilgari surgan g‘oyalarga N. Koopernik va G. Galileyning qarashlari ta’sir о‘tkazdi. Uning “bepoyonlik”, “cheksizlik” haqidagi g‘oyalari N. Koopernik tomonidan geliotsentrik g‘oyani asoslashda katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Uning hamma narsaning birligi haqidagi panteistik g‘oyasi Jordano Brunoning panteistik falsafasini keltirib chiqardi.
Yangi davr falsafasida fransiyalik mutafakkirlar P.Golbax (1723-1789), D. Didro (1713-1784), K. Gelvetsiy (1715-1771), J. Lametri (1709-1751) hisoblanadi. Ularning ta’limoticha hamma narsa materiyadir. Fransuz faylasuflari ijtimoiy hodisalarni tushunishda ham bir qator yangi g‘oyalarni ilgari surdilar. Ularning fikricha, kishi ijtimoiy muhitning mahsuli, ijtimoiy muhit qanday bо‘lsa, kishi ham shunday bо‘ladi.
Nemis klassik falsafasining asosiy vakillari I.Kant, I.G.Fixte, F.Shilling, G.F.Gegel va L.Feyerbaxlardir.
Kantning siyosiy qarashlariga nazar solsak, kо‘rinadiki, ... davlatlar bir-biriga zid manfaatlarga ega bо‘lishi mumkin. Ular turli iqtisodiy tizimlarga ega va kо‘pincha turli siyosiy mafkuralarga asoslanadi. Davlatlararo munosabatlarning tamoyillariga yondashuvda Kant uchun xos narsa shu bо‘ldiki, u doimo davlatlararo munosabatlar masalasini diniy va mafkuraviy masalalardan ajratishga harakat qildi. Kant ta’kidlaydiki, maqsad barcha xalqlarning yagona oilasini tuzish emas, balki dunyo hamjamiyatini tashkil qilish. Kantning tinchlik falsafasi ikkinchi jahon urushidan keyin BMT tuzilganda amaliy ifodasini topdi.
Gegel о‘z falsafiy tizimini yaratib mutloq g‘oya о‘zining boy mazmunini moddiy olam – tabiat va jamiyat sifatida ifoda etishini kо‘rsatar ekan, avvalo dunyo uzluksiz taraqqiyotda ekanligini qayd etadi. Dialektik tafakkur uslubini va uning asosiy qonunlarini tatqiq etish bilan Gegel falsafiy fikr taraqqiyotiga bebaho hissa qо‘shdi. Gegelning tarix falsafasi bu – о‘zgarishlar falsafasidir. Fransuz inqilobi va boshqa kо‘plab dramatik voqealarga zamondosh bо‘lgan Gegel tarixga “sakrab yuruvchi” va о‘ziga rom etuvchi formativ jarayon sifatida qarashga о‘rgangan.
Marks siyosatga ham, siyosiy munozaralarga ham eng kо‘p ta’sir о‘tkazgan siyosiy nazariyotchilardan biridir. Uning g‘oyalariga turli “manfaat guruxlari” nuqtai nazaridan baho berish mumkin.
Ayni paytda iqtisodiy muammolarni oqilona va samarali usul bilan yecha olmagan SSSR va sobiq Sharqiy Yevropa sotsialistik mamlakatlari о‘z ma’no-mazmuniga kо‘ra о‘tmish sahifalaridan joy oldi.
4. XIX asrda ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar rivoji va ularning Yevropa siyosiy hayotida va ijtimoiy ongida aks etishi hamma vaqt ham silliq kechgan emas. Natijada, kо‘pgina siyosiy g‘oyalar paydo bо‘lib, yangi davr siyosiy g‘oyashunosliging asosini tashkil etgan edi. Shunday qilib, Yevropada uchta asosiy g‘oyaviy-siyosiy oqim – konservatizm, liberalizm va sotsializm oqimlari vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |