Qарши-2007 Taqrizchilar: I f. n dots. Sh. Karimov



Download 0,9 Mb.
bet98/208
Sana31.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#247267
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   208
Bog'liq
Ekologiya

3. Marketing davri.

Marketing davrining boshlanishi 1950-yillarga borib taqala- di. Aynan shu davrda kompaniyalar marketing bilan uning hozirgi shaklida shug‘ullana boshladilar. Asr boshida samarali ishlab chiqarish usullarining rivojlanishi ko‘pchilik tovarlarning mo‘l-ko‘l bo‘lishi uchun asos yaratdi. Agar ilgari firmalar muvaf- faqiyatga erishish uchun iste’molchilarga o‘z tovarlarini tiqishtirishgan bo‘lsalar, endi ular xaridorlarga nima kerakligini aniqlab, konkret ehtiyojlarini qondira boshladilar.

Marketing tushunchasi rivojlanib bordi va tadbirkorlar diq- qat markaziga iste’molchilarning uzoq muddatli rentabellikka va marketingni kompaniya faoliyatining boshqa element (unsur)lari bilan integratsiyalashuviga, erishuviga olib keluvchi ehtiyoj hamda talablarni qondiruvchi marketing konsepsiyasi haqida gapira boshladilar. Marketing konsepsiyasi 60-yillarda paydo bo‘ldi. U hozircha keng tarqalmagan bo‘lsada rivojlanish va ken- gayishda davom etmoqda. Ko‘pchilik kompaniyalar shu vaqt- gacha sotish davri bilan yashamoqdalar, boshqalari esa ishlab chiqarish davri qadriyatlarini ustun qo‘yishda davom etayaptilar. Marketing konsepsiyasiga muvofiq biznesda uzoq muddatli rentabellik asosiy ahamiyatga ega. Marketing konsepsiyasi maqsadli bozorlarning talab va ehtiyojlarini aniqlash hamda ularning istagini qondirilishi raqobatchilarga qaraganda sama- raliroq va sifatliroq tarzda ta’minlash tashkilotning maqsadlariga

erishishining garovi ekanligini tasdiqlamoqda.

Marketing konsepsiyasining mohiyatini «Talablarni izlab topish va ularni qondirish», «nimani ishlab chiqara olsangiz, shuni sotishga harakat qilish o‘rniga nimani sota olsangiz, shuni ishlab chiqaring», «tovarni emas mijozni yaxshi ko‘ring», «siz aytgancha bo‘la qolsin», «siz bizning xo‘jamizsiz», «sarflangan har bir so‘mni qiymat, ahamiyat, sifat va qoniqish bilan kuchi- miz yetgancha maksimal tarzda to‘ldirish uchun hamma ishni qilamiz» kabi turdagi chiroyli iboralar yordamida belgilaydilar. (2-rasm)

Sotish harakatlari va marketing konsepsiyalarini ko‘pincha bir-birlari bilan chalkashtiradilar. Sotish harakatlari konsep- siyasidagi asosiy diqqat obyekti — firmaning mavjud tovari, uni foyda bilan sotishni ta’minlash esa tijorat harakatlarining kuchaytirish hamda rag‘batlantirish choralarini ko‘rishni talab etadi. Marketing konsepsiyasida firmaning o‘z talab va ehtiyoj- lariga ega bo‘lgan mijozlari ana shunday obyektlar hisoblanadi. Firma aynan iste’molchining qoniqishini vujudga keltirgani va qo‘llab-quvvatlab turganidan foyda olar ekan butun faoliyatini mijozlarning qoniqishlarini ta’minlashni hisobga olib integra- tsiyalashtirib muvofiqlashtiradi. Marketing konsepsiyasi o‘z mohiyatiga ko‘ra — mijozning marketingning harakatlari maj- muasi bilan mustahkamlangan, tashkilotning maqsadlariga erishishi uchun asos sifatida iste’molchining qoniqishini yaratishga qaratilgan, mijozlarning talab va ehtiyojlariga mo‘ljal olishdir. (3-rasm)








Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish