Hududiy jihatlariga qarab: milliy, mintaqaviy, lokal va xalqaro (eksport, global va jahon) marketingi; qo‘llanish sohasiga qarab iste’mol, sanoat, investitsion va xizmatlar marketingi xarakterlanadi.
Bugungi kunda jismoniy shaxs yoki tashkilotning faoliyat turiga qarab tashkilot marketingi, shaxs marketingi, joy marketingi, ijtimoiy marketing qo‘llaniladi.
Tarmoqli marketing – sotish tizimi bo‘lib, mahsulot iste’molchilarining o‘zlari ham uning tarqatish jarayonida qatnashishlari yangi tarmoqlarni yaratishlariga imkoniyat beriladi. Tarmoqli marketing – bu tovarlarni mustaqil ravishda tarqatuvchi sotuvchi agentlarning tarmoqli tashkilotini yaratishga asoslangan tovarlar chakana savdosining bir turidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |