Iste'molchilar tavsifiga qarab segmentlash. Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, bozorni segmentlashning uchinchi usuli - bu iste'molchilarni tavsifi bo’yicha guruhlash hisoblanadi. Bu erda asosiy belgi bo’lib iste'molchilarning demografik, geografik tavsiflari va ularning hayot tarzi hisoblanadi.
Demografik segmentlash deganda iste'molchilarni daromadlar darajasi, yoshi, jinsi, millati, kasbi-kori, oilaviy ahvollari kabi belgilari bo’yicha guruhlarga ajratish tushuniladi.
Geografik segmentlash - geografik kartani qo’llashga asoslangan eng oddiy usul hisoblanadi. Bu usulni aholining madaniy urf-odatlarida va ular yashayotgan hududlarning iqlimida farq bo’lganda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Geografik belgi bo’yicha segmentlash bozorning har xil geografik zonalariga bo’linishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |