Qarori yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Download 175,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana24.06.2022
Hajmi175,85 Kb.
#700690
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
132-сон 11.03.2021. Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-mart,
132-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-
martdagi 132-son 
qaroriga 
1-ILOVA
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yoshlar daftari” jamg‘armasi) faoliyatini tashkil etish, uning
mablag‘larini shakllantirish, ulardan foydalanish, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
2. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi belgilangan tartibda xalq deputatlari tuman (shahar)
Kengashlari qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
3. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari tuman
(shahar) g‘aznachilik bo‘linmalarida alohida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yig‘iladi.
2-bob. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish
4. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman
(shahar)lar mahalliy budjetlarida shakllangan qo‘shimcha manbalarning kamida 15 foizi
miqdorida har chorakda ajratiladigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro
etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-
6118-son Farmonining 12-bandida belgilangan tushumlar mazkur Farmonga 
3-ilovaga 
muvofiq
miqdorda;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari
va grantlari;
homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3-bob. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish
5. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari:
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining
(keyingi o‘rinlarda — BHM) 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga;
yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga
sarflangan xarajatlarining 75 foizigacha qismini qoplashga. Bunda yoshlarni tadbirkorlikka
o‘qitish xarajatlarining har bir bitiruvchiga BHMning 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan qismi, kasb-
hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning bir oygacha, bir oydan ikki oygacha, ikki oydan
ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun tegishlicha BHMning 4, 8, 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan
qismi qoplanadi;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga BHMning 8 baravarigacha miqdorda urug‘lik va
ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiya ajratishga;
Oldingi
 tahrirga qarang.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish
maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda 30 foizi, biroq
BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;


(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-
iyundagi 450-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y.,
09/21/450/0691-son)
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band
qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40
baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
Oldingi
 tahrirga qarang.
mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir
daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning
to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan
miqdorda to‘lab berishga;
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-
iyundagi 450-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y.,
09/21/450/0691-son)
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda
yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan
miqdorda qoplashga;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga, jumladan, yosh oilalarga turar joy ijarasi
kompensatsiyasiga;
psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlari
hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq
xarajatlarni qoplashga;
yoshlarning ehtiyojlari va xohish-istaklarini o‘rganish natijalari bo‘yicha ularning
iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, besh muhim tashabbusni ro‘yobga chiqarish va uning
doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirishga;
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi.
6. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lar 5-bandda nazarda tutilmagan maqsadlarga
yo‘naltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni daftardan
chiqarish uchun bajariladigan ishlarning moliyaviy manbalarini aniq ko‘rsatilgan hamda
sektorlar rahbarlari, tegishli idoralar va tashkilotlar bilan kelishilgan manzilli ro‘yxatlari
shakllantiriladi.
8. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan
foydalanish maqsadida ushbu nizomga ilovaga muvofiq manfaatdor muassasalar rahbarlari va
jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.
Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Vasiylik kengashi raisi, tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati,
ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — Vasiylik kengashi raisi
o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i — Vasiylik kengashi
mas’ul kotibi hisoblanadi;
Vasiylik kengashi tarkibi tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Vasiylik kengashi raisi va a’zolari “Yoshlar daftari” jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha
faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Vasiylik kengashi raisi “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini boshqaruvchi
hisoblanadi.
9. “Yoshlar daftari” jamg‘armasining ishchi organi — Yoshlar ishlari agentligining tuman
(shahar) bo‘limi hisoblanadi.
10. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash Vasiylik kengashi
qarori asosida amalga oshiriladi.
Vasiylik kengashi yig‘ilishlari kengash raisi, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi ishchi organi
tashabbusiga ko‘ra hamda zaruratga ko‘ra, ammo bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
11. Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashi yig‘ilishlariga raislik qiladi.


12. Vasiylik kengashlari qarorlari Vasiylik kengashlari yig‘ilishi bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
13. Vasiylik kengashi:
“Yoshlar daftari” jamg‘armasiga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyatini nazorat qiladi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarini, ularning ijrosi
to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni, shuningdek, “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga yuklatilgan
vazifalarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasining yillik ish rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishda shaffoflikni ta’minlaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan alohida tadbirlarni moliyalashtirish
tartibini belgilaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasiga homiylik xayriyalari, shuningdek, xorijiy donorlarning
texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlarini jalb qilishga ko‘maklashadi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasiga yuklatilgan vazifalarni kengash a’zolari o‘rtasida
taqsimlaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi faoliyatiga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha
qarorlar qabul qiladi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan
bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi faoliyatiga aloqador boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va ular
bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
14. “Yoshlar daftari” jamg‘armasining ishchi organi:
“Yoshlar daftari” jamg‘armasining yillik ish rejasi va dasturlarini ishlab chiqadi;
Vasiylik kengashi yig‘ilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yig‘ilish
bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;
Vasiylik kengashi a’zolariga Vasiylik kengashi yig‘ilishi vaqti va o‘tkaziladigan joyi to‘g‘risida
xabar beradi;
davlat tomonidan berilgan ijtimoiy ko‘mak va moddiy yordam to‘g‘risida ma’lumotlarni
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yakka tartibdagi anketasiga qayd etib boradi;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning murojaatlari bilan ishlaydi va ko‘rib chiqish uchun
Vasiylik kengashiga taqdim etadi;
Vasiylik kengashi tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida murojaatchiga xabar
yuboradi;
Vasiylik kengashi qarori bilan Ishchi organga qo‘shimcha vazifalar yuklatilishi mumkin.

Download 175,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish