13. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son
qarori
bilan tasdiqlangan
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti
to‘g‘risidagi nizomning
8-bandi
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Departament joylashgan yeri (pochta manzili): 100017, Toshkent shahar, Yunusobod
tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-uy.
Departament Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-uy
manzilda joylashgan binoning 2 ta qavatiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 291-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi
QT, 2019-y., 15-son, 284-modda) bilan tasdiqlangan Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi
to‘g‘risidagi
nizomda
:
48-band
“Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,” so‘zlaridan keyin “Yoshlar ishlari
agentligi,” so‘zlari qo‘shilsin;
52-band
“mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari,” so‘zlaridan keyin “Yoshlar
ishlari agentligi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
boshqarmalari” so‘zlari qo‘shilsin;
1-ilovaga
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi vakili”;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar
tegishlicha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb
hisoblansin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan
O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish
bo‘yicha tadbirlar rejasining
18-bandi
“Moliyalashtirish manbai” ustunidagi “Yoshlar —
kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan
tashqari mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq
o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning zo‘ravonlik
xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tishi tartibi to‘g‘risida nizomning 11-bandi
oltinchi xatboshisidagi
“Yoshlar ittifoqining hududiy bo‘linmalarida” so‘zlari “Yoshlar ishlari
agentligining hududiy boshqarmalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 58-son qarori bilan tasdiqlangan
Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida 2020 — 2022-yillarda yangi ish o‘rinlari yaratish
hamda yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish
chora-tadbirlari
dasturining
18-bandida:
“Moliyalashtirish manbai” ustunidagi “Yoshlar ittifoqi jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari
“Mahalliy budjetning qo‘shimcha manba mablag‘lari hisobidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi” so‘zlari
chiqarib tashlansin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy
ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
nizomga
quyidagi mazmundagi 20 -band qo‘shilsin:
“20 . Oliy ta’lim muassasalaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot
yetakchisi bo‘lgan bakalavr va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talabalarga, ularning
ta’lim olish turi (grant yoki to‘lov-shartnoma asosida) va o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar,
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy stipendiyaning besh baravari miqdorida har oylik
qo‘shimcha haq to‘lanadi.”.
Do'stlaringiz bilan baham: