O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
YOSHLARNI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR
TO‘G‘RISIDA
Yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va
psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash ishlarini samarali
tashkil etishning doimiy moliyaviy manbalarini va ulardan foydalanish tartibini belgilash
maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish
maqsadida tuman va shaharlarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek,
tumanlar (shaharlar) mahalliy budjetlarida shakllangan qo‘shimcha manbalarning kamida 15
foizi miqdorida har chorakda ajratiladigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro
etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-
6118-son Farmonining
12-bandida
belgilangan tushumlarning mazkur Farmonga
3-ilovaga
muvofiq miqdordagi qismi;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari
va grantlari;
homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
budjetlarida shakllangan qo‘shimcha manbalarning kamida 15 foizi miqdoridagi mablag‘lar har
chorakda tegishli hududning qo‘shimcha manbalari nisbatan kam miqdorda shakllangan
tumanlar
(shaharlar)ning
“Yoshlar
daftari”ga
kiritilgan
yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armalariga ushbu jamg‘armalar Vasiylik kengashining ushbu qarorda belgilangan
xarajatlarni qoplashga ko‘maklashish haqidagi talabnomasiga asosan yo‘naltiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyundagi 450-sonli
qaroriga
asosan oltinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y.,
09/21/450/0691-son)
3. Jamg‘arma mablag‘lari:
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining
(keyingi o‘rinlarda — BHM) 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga;
yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga
sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga yo‘naltiriladi. Bunda yoshlarni
tadbirkorlikka o‘qitish xarajatlarining har bir bitiruvchiga BHMning 4 baravaridan ortiq
bo‘lmagan qismi, kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning bir oygacha, bir oydan
ikki oygacha, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun tegishlicha BHMning 4, 8, 12
baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplanadi;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga BHMning 8 baravarigacha miqdorda urug‘lik va
ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiya ajratishga;
Oldingi
tahrirga qarang.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish
maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda 30 foizi, biroq
BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-
iyundagi 450-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y.,
09/21/450/0691-son)
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band
qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40
baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
Oldingi
tahrirga qarang.
mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir
daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning
to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan
miqdorda to‘lab berishga;
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-
iyundagi 450-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y.,
09/21/450/0691-son)
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda
yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan
miqdorda qoplashga;
psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlar
hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq
xarajatlarni qoplashga;
yoshlarning ehtiyojlari va xohish-istaklarini o‘rganish natijalari bo‘yicha ularning
iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, besh muhim tashabbusni ro‘yobga chiqarish va uning
doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirishga;
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi.
4. Quyidagilar:
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi
namunaviy nizom
1-ilovaga
muvofiq;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik
kengashining namunaviy tarkibi
2-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki:
Jamg‘armaning daromad va xarajatlari yillik parametrlarini, ularning ijrosi to‘g‘risidagi yillik
hisobotlarni, yillik ish rejalarini tasdiqlash hamda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va
ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) tomonidan
amalga oshiriladi;
tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Vasiylik kengashi raisi, tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati,
ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — Vasiylik kengashi raisi
o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i — Vasiylik kengashi
mas’ul kotibi hisoblanadi;
Vasiylik kengashi a’zolari “Yoshlar daftari” jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha faoliyatlarini
jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki, Yoshlar ishlari agentligi va “Yoshlar — kelajagimiz”
jamg‘armasi bilan birgalikda yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish, biznes loyihalarini ishlab chiqish va
kredit olishda ko‘maklashish, kredit ajratilgandan so‘ng yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish
borasida amaliy yordam ko‘rsatib borsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
3-ilovaga
muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining xalqaro yoshlar oromgohini
tashkil etish to‘g‘risida”gi 2018-yil 26-fevraldagi 143-son
qarori
o‘z kuchini yo‘qotgan deb
hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga
yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |