(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-
iyundagi 450-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y.,
09/21/450/0691-son)
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band
qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40
baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
Oldingi
tahrirga qarang.
mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir
daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning
to‘lov-kontrakt summasining 50
foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan
miqdorda to‘lab berishga;
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-
iyundagi 450-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y.,
09/21/450/0691-son)
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda
yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan
miqdorda qoplashga;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga,
jumladan, yosh oilalarga turar joy ijarasi
kompensatsiyasiga;
psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlari
hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq
xarajatlarni qoplashga;
yoshlarning ehtiyojlari va xohish-istaklarini o‘rganish natijalari bo‘yicha ularning
iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, besh muhim tashabbusni ro‘yobga
chiqarish va uning
doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirishga;
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi.
6. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lar 5-bandda nazarda tutilmagan maqsadlarga
yo‘naltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni daftardan
chiqarish uchun bajariladigan ishlarning moliyaviy manbalarini aniq ko‘rsatilgan hamda
sektorlar rahbarlari, tegishli idoralar va tashkilotlar bilan kelishilgan manzilli ro‘yxatlari
shakllantiriladi.
8. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish,
boshqarish va ulardan
foydalanish maqsadida ushbu nizomga ilovaga muvofiq manfaatdor muassasalar rahbarlari va
jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.
Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Vasiylik kengashi raisi, tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati,
ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — Vasiylik kengashi raisi
o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i — Vasiylik kengashi
mas’ul kotibi hisoblanadi;
Vasiylik kengashi tarkibi tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Vasiylik kengashi raisi va a’zolari “Yoshlar daftari” jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha
faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Vasiylik kengashi raisi “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini
boshqaruvchi
hisoblanadi.
9. “Yoshlar daftari” jamg‘armasining ishchi organi — Yoshlar ishlari agentligining tuman
(shahar) bo‘limi hisoblanadi.
10. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash Vasiylik kengashi
qarori asosida amalga oshiriladi.
Vasiylik kengashi yig‘ilishlari kengash raisi, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi
ishchi organi
tashabbusiga ko‘ra hamda zaruratga ko‘ra, ammo bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
11. Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashi yig‘ilishlariga raislik qiladi.
12. Vasiylik kengashlari qarorlari Vasiylik kengashlari yig‘ilishi bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
13. Vasiylik kengashi:
“Yoshlar daftari” jamg‘armasiga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyatini nazorat qiladi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarini, ularning ijrosi
to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni, shuningdek, “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga yuklatilgan
vazifalarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasining yillik ish rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishda shaffoflikni ta’minlaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan alohida
tadbirlarni moliyalashtirish
tartibini belgilaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasiga homiylik xayriyalari, shuningdek, xorijiy donorlarning
texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlarini jalb qilishga ko‘maklashadi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasiga yuklatilgan vazifalarni kengash a’zolari o‘rtasida
taqsimlaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi faoliyatiga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha
qarorlar qabul qiladi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish
va ulardan foydalanish bilan
bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi faoliyatiga aloqador boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va ular
bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
14. “Yoshlar daftari” jamg‘armasining ishchi organi:
“Yoshlar daftari” jamg‘armasining yillik ish rejasi va dasturlarini ishlab chiqadi;
Vasiylik kengashi yig‘ilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yig‘ilish
bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;
Vasiylik kengashi a’zolariga Vasiylik kengashi yig‘ilishi vaqti va o‘tkaziladigan joyi to‘g‘risida
xabar beradi;
davlat tomonidan berilgan ijtimoiy ko‘mak va moddiy yordam to‘g‘risida ma’lumotlarni
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yakka tartibdagi anketasiga qayd etib boradi;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning murojaatlari bilan ishlaydi va ko‘rib chiqish uchun
Vasiylik kengashiga taqdim etadi;
Vasiylik kengashi tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida murojaatchiga xabar
yuboradi;
Vasiylik kengashi qarori bilan Ishchi organga qo‘shimcha vazifalar yuklatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: